Ikki uchi ochiq bo’lgan kapillyarda yоg’ni ko’tarilishi bo’yicha erish haroratini aniqlash.
Kerakli reaktiv va asboblar: yоg’, muz, kapillyar shisha naycha (2-rasm), termometr, mahkamlash rezinasi, suvli stakan, shtativ, magnit aralashtirgichli elektroplita.
I shning bajarilishi. Toza, quruq shisha kapilyar naychaga 10 mm
balandligi hajmida eritilgan va filtrlangan yog’ olinadi. Shisha naychani 10 minut muzda ushlab turiladi. So’ng kapillyar termometrga mahkamlanib, sovuq suvli stakanga 3-4 sm qilib cho’ktiriladi. Stakandagi suv harorati 15-180C bo’lishi kerak. So’ngra suv minutiga 20C tezlikda asta-sekin aralashtirib isitiladi.
10-rasm. Ikki uch ochiq kappilyarda erish haroratini aniqlash.
Kutilayotgan erish nuqtasiga yaqinlashganda minutiga 10C tezlikda isitiladi. Shisha naychadagi yоg’ ko’tarila boshlagandagi harorat erish harorati deb qabul qilinadi. Aniqlash ikki marta amalga oshirilib, hisob uchun o’rtacha qiymat olinadi.
Qotish haroratini aniqlash.
Har bir suyuq jismni sovutishda, qattiq jismni isitishga teskari jarayon boradi. Harorat pasayishi bilan suyuqlik molekulalari harakatining o’rtacha energiyasi kamayadi, ma’lum vaqtda kristall struktura paydo bo’lib, suyuq jism qattiq holatga o’tadi. Demak erish va qotish qaytar jarayonlardir. Kimyoviy toza individual moddalar uchun erish va qotish harorati to’g’ri keladi. Biroq, yоg’ kislotalar va glitseridlarning qotish harorati erish haroratiga nisbatan bir necha gradusga past bo’ladi. Bunday holat bir nechta sabablar bilan tushintiriladi. Shulardan biri glitseridlar tarkibiga kiruvchi turli xil kislotalarning kristall panjara hosil bo’lishini qiyinlashtirishidir. Sovutish vaqtida avval yuqori haroratda eruvchi kislotalar glitseridlari kristallanib, yоg’ xiralashadi. Sovutish davom ettirilganda past haroratda eruvchi yоg’ kislotalar glitseridlari kristallanib, yоg’ to’liq qotadi. Kristallanish jarayonida glitseridlar yoki yоg’ kislotalar aralashmalarining ohirgi qotish vaqtini aniqlash qiyin. Erish va qotish haroratlari orasidagi farqning sabablaridan yana biri o’ta sovish hodisasining mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |