6- qalbakilashtirilgan dori vositalarining tahlilida qo‘llaniladigan zamonaviy usullar
Qalbakilashtirilgan dori vositalarini aniqlash bosqichlari
Download 282.85 Kb.
|
маъруза-6
Qalbakilashtirilgan dori vositalarini aniqlash bosqichlari
Mutasaddi tashkilotlar: Dorixona muassasalari, ulgurji tashkilotlar mutaxassislari, Davlat inspeksiyasining xududiy inspektorlari va boshqalar. I- bosqich: Aniqlash: Vizual usulda dori vositasining qadoqlanishi, jihozlanishi va yorliqlanishini me’yoriy hujjatlarga yoki preparat originaliga mosligi solishtirib tekshiriladi. Qalbakilashtirilganlik belgilari: Birlamchi va ikkilamchi o‘ramlar: karton qutining deformatsiyasi; o‘rov materiallarining rangi o‘chganligi; o‘rov materiallarining rangi o‘zgarganligi; o‘rov materiallari sifatining MHga mos kelmasligi; matndagi harf o‘lchamlarining MHga mos kelmasligi; muhr sifati, sertifikat shtampi, belgilar va boshqalar; xona haroratidan o‘zga sharoitda saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud emasligi; yorliqda dori vositasining zaharli, kuchli ta’sir etuvchi yoki tez buzilishi mumkinligi va shunga o‘xshash ma’lumotlarning bo‘lmasligi; dori vositasi sertifikatida va tashish hujjatlarida ko‘rsatilgan yorliqlash bo‘yicha ma’lumotning dori vositasi yorlig‘ida bo‘lmasligi; II-bosqich Aniqlash: Dori vositasi tasnifini MH talablariga yoki original preparatga mosligini solishtirish. Aniqlash organoleptik usulda olib boriladi. Qalbakilashtirilganlik belgilari: Dori vositasi namunalari: dori vositasining original preparatga mosligi; dori vositasi rangining original preparatga mosligi; dori vositasi hidining original preparatga mosligi; dori vositasi mazasining original preparatga mosligi; dori vositasi shaklining original preparatga mosligi; dori vositasi massasining original preparatga mosligi; dori vositasi sirtining etarli darajada bir tekis va tiniq bo‘lmasligi; dori vositasida yot zarrachalarning mavjudligi; suyuq dori vositalarining loyqalanishi va cho‘kmaga tushishi. Download 282.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling