6- qalbakilashtirilgan dori vositalarining tahlilida qo‘llaniladigan zamonaviy usullar


Download 282.85 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi282.85 Kb.
#1561747
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
маъруза-6

III-bosqich:
Aniqlash:

  • Ekspress tahlil usullari.

  • Dori vositasi namunalarida:

  • chinligini mikrokimyoviy reaksiyalar yordamida aniqlash;

  • maydalangan dorivor o‘simlik qismlarini va erimaydigan zarrachalarni mikroskopik tahlil qilish;

  • dori vositalarining ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash.

Qalbakilashtirilganlik belgilari:

  • Dori vositasi sifatini MH ga mosligini ainklash.

  • Dori vositalari namunalarida:

  • MH (FM - farmakopeya maqolasi, VFM - vaktinchalik farmakopeya maqolasi, KFM - korxona farmakopeya maqolasi, firma spetsifikatsiyasi va boshqalar) keltirilgan sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha chinligini yoki boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash.

IV-bosqich:
Aniqlash:
Hujjatlarni tekshirish.
Qalbakilashtirilganlik belgilari:
Ishlab chiqaruvchi sertifikatlari, analitik pasportlar, yuk hujjatlari va boshqalar:

  • matnni o‘qish mumkinligi;

  • dori vositasi nomining, dori shaklining, dozasi, seriyasining hujjatlarga mosligi;

  • dori vositasi sertifikatini MH ga mosligi;

  • Dori vositasi sifat ko‘rsatkichlarining MH bo‘yicha to‘liq bajarilganligi;

  • Dori vositasi sertifikati, analitik pasportini bergan mas’ul ijrochining ismi sharifi va manzili, korxona nomini mavjudligi;

  • Muhr, sertifikat shtamplarining sifati va boshqa belgilar mavjudligi

V-bosqich:
Aniqlash:

  • Dori preparati chinligini zamonaviy o‘ta sezgir va aniq usullarda tahlil qilish.

  • Qalbakilashtirilganlik belgilari:

  • Dori preparat namunalari:

zamonaviy tahlil usullari yordamida dori vositasining qaysi korxona tomonidan ishlab chiqarilganligini ko‘rsatadigan ayrim testlarni aniqlash.
Tahlil natijalariga ko‘ra, aksariyat hollarda qalbakilashtirilgan dori vositalarini me’yoriy hujjatlarning «CHinligi», «Tashqi ko‘rinishi» va «Miqdoriy tahlil» ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi.
Dori vositalarining sifatiga qiziqish dori vositalarining yaratilishi bilan bir davrda yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi IV asrning yozma hujjatlarida qalbakilashtirilgan dori vositalarining zarari haqida ogohlantirishlar keltirilgan. Eramizning III asrida yunon shifokori Dioskorid bunday preparatlarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. YAqin o‘tmishdagi farmatsevtika sanoati va uning mahsulotlarining nazoratsiz miqdoriy o‘sishi natijasida turli xil muammolarni yuzaga keltirdi.
So‘nggi yillarda yangi iqtisodiy munosabatlar rivojlangan davrda fan va texnikada erishilgan yutuqlarni tadbiq etish asosida, ba’zi an’anaviy qonunbuzarlik holatlari keskinlashdi, xolbuki avvalroq bu holat keng tarqalmagan edi. SHulardan biri qalbaki dori vositalari hisoblanadi.
Dastlab aynan kontrafakt dori vositalari farmatsevtika bozorida asosiy qismni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib qalbaki dori vositalarining turi ko‘paydi. Bir necha yillar avval e’tibor kontrafakt mahsulot va ba’zan urcharvu qalbaki mahsulotlarga qaratilgan edi. Bugungi kunga kelib JSST mutaxassislarining ta’kidlashicha, qalbaki dori vositalari jaxon bozorida tovar ayirboshlashning 7% ini tashkil etadi. Hozirgi davrda aniq tahliliy hisobga ko‘ra bunday ko‘rsatkich mavjud emas.
1948 yilda JSST tashabbusi bilan dori mahsulotlarining sifati haqida muammolar xalqaro savdoda global miqyosgacha ko‘tarildi.
1985 yilda Keniyaning Nayrobi shahrida, qalbakilashtirilgan dori vositalarini maqsadga muvofiq qo‘llash borasidagi mutaxassislarning anjumanida ilk bor qalbakilashtirilgan preparatlarga oid muammolarga e’tibor qaratildi. Bu anjuman JSST boshqa xalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda qalbaki dorilarning tarqalish miqyosi va xususiyati to‘g‘risida ma’lumot beruvchi axborot palatalarini tashkil etish uchun imkoniyatlar berishni o‘rganishga tavsiya etdi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, qalbakilashtirilgan dori vositalari dunyoning 28 mamlakatida aniqlangan. 1992 yil 2-3 aprel kunlari JSST bilan xalqaro farmatsevtik ishlab chiqaruvchi firmalar assotsiatsiyasi xamkorlikda o‘tkazgan dori vositalarini qalbakilashtirish muammolariga bag‘ishlangan birinchi jaxon anjumanida «qalbaki dori vositasi» tushunchasiga ta’rif berildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ta’rifi bo‘yicha, «Qalbakilashtirilgan dori vositasi deb, bila turib yoki aldov yo‘li bilan haqiqiy ishlab chiqaruvchisi yoki tarkibi ataylab soxtalashtirilib yorliqlangan original, patentlangan, shuningdek generik dorilarga aytiladi.
Qalbakilashtirilgan dori vositalari tarkibida tegishli ingredientlarni to‘la saqlashi yoki ularning nisbati buzilgan bo‘lishi, tegishli faol ingredientlarni etarli miqdorda bo‘lmasligi yoki umuman bo‘lmasligi, shuningdek qalbakilashtirilgan idishlarga joylangan bo‘lishi mumkin».
Agar lingvistik ildizlarga yondoshadigan bo‘lsak, (fransuzcha contrafaction yoki lotincha contrafactio) qalbaki deb tarjima qilinadi. SHunisi ahamiyatliki, qalbaki mahsulot klinik sinovdan o‘tmagan va shuning uchun uning qo‘llanilishi natijalari ma’lum emas.
Turli davlatlarda qalbakilashtirilgan dori vositalari bo‘yicha aniqlangan rasmiy ma’lumotlar JSST da to‘planishiga kelishildi.
Bugungi kunda qalbaki dori vositalari butun dunyo miqyosida dolzarb muammodir. Xalqaro farmatsevtik ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, qalbakilashtirilgan dori vositalari rivojlangan mamlakatlar farmatsevtik bozori ulushining 5-8% ini tashkil etadi. Butun dune farmatsevtika tovar ayirboshlashining 500 mlrd AQSH dollarini tashkil etsa, 25-28 mlrd AQSH dollari qalbakilashtirilgan dori vosiatlari ulushiga to‘g‘ri keladi. Hattoki, iqtisodiy rivojlangan mamlakatda, ya’ni AQSH da rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 1997 yilda aniqlangan qalbakilashtirilgan dori vositalarining miqdori umumiy dorilar ulushining 7% ini tashkil etgan.
Dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi qamrovi haqida ma’lumotlar etarlicha emas. Hozirgi paytda bu muammo rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda, rivojlanib kelayotgan mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.



Download 282.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling