6- qalbakilashtirilgan dori vositalarining tahlilida qo‘llaniladigan zamonaviy usullar
Qalbakilashtirilgan dori vositalarini muomalaga kirib kelish sabablari
Download 282.85 Kb.
|
маъруза-6
Qalbakilashtirilgan dori vositalarini muomalaga kirib kelish sabablari
Dori vositalari sog‘liqni mustahkamlashda va farovonligining o‘sishida katta ahamiyatda ega. Ammo kutilayotgan natijaga erishish uchun dori vositalari xavfsiz, samarali, sifatli bo‘lishi, shuningdek maqsadga muvofiq ishlatilishi zarur. Samarasiz va past sifatli dori vositalarining ishlatilishi davolash jarayoniga zarar etkazishi bilan bir qatorda respublikamiz sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchni kamaytiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra qalbakilashtirilgan dori vositalarini muomalaga kirib kelishiga sabab bo‘luvchi omillar: Dori vositalarining muomalasini me’yorlashtiruvchi qonunlardagi kamchiliklar va kuchsiz jazo choralarining qo‘llanishi; Dori vositalari muomalasini boshqaruvchi milliy bo‘g‘imining mavjud emasligi yoki uning kuchsizligi; Korrupsiya va dorilar muomalasida markaziy o‘rin tutuvchi tashkilotlarning o‘zaro kelishmovchiligi; Dori vositalari muomalasida ko‘plab vositachilarning ishtirok etishi; Taklifga nisbatan talabning yuqori bo‘lishi; Dori vositalari narxining balandligi; Dori vositalari ishlab chiqaruvchi noqonuniy korxonalarning mavjudligi va ularning takomillashib borishi; Dorilar muomalasiga mas’ul bo‘lgan tomonlar hamkorligidagi samaradorlikning etarli emasligi. Oxirgi o‘n yillikda, ishlab chiqarish sur’atlarining jadallashtirilishi sababli, milliy va xalqaro bozorlarda dori muomalasini sezilarli darajada oshirdi. Undan tashqari, ishlab chiqarishni va dori vositalari savdosini eksporter va importer davlatlar tomonidan samarasiz boshqarilishi tufayli muomalada qalbakilashtirilgan va sifatsiz dori vositalarining miqdorini oshirishga olib keldi. Bunday dori vositalarining qo‘llanilishi oqibatlari juda achinarli bo‘lishi mumkin, chunki mazkur mahsulot legal ishlab chiqarish uchun belgilangan sifat nazorati qoidalariga javob bera olmaydi. SHu sababli dori vositalari sifatini ta’minlash dolzarb tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy muammo hisoblanib, bu muammo dori vositalari xarakatining barcha bosqichlari ularni yaratishdan iote’molchigacha etib kelishigacha turli xil omillar majmuasini nazorat qilishni talab etadi. Dori vositalari sifatini ta’minlashda turli xil tashkilotlar: ishlab chiqarish korxonalari, klinik sinovlar o‘tkazuvchi davolash-profilaktika muassalari (DPM), chakana va ulgurji korxonalar, nazorat-tahlil tizimi bo‘limlari va boshqalar ishtirok etadi. Qalbakilashtirilgan dorilarni farmatsevtika bozoriga kirib kelishidan kuzatiladigan noxush holatlar quyidagilardan iboratdir: Iste’molchi-bemor organizmiga zarurat tug‘ilib turgan holda tegishli farmakoterapevtik yordam ko‘rsatilmasligi, ya’ni dori deb qabul qilingan vosita tarkibida ta’sir etuvchi moddalarni umuman yo‘qligi yoki etarli miqdorda bo‘lmasligi; Bemor organizmiga zararli va unga kerak bo‘lmagan biologik faol moddalarning kiritilishi, ya’ni yorliqda ko‘rsatilgan dori moddasi o‘rniga boshqa ta’sir etuvchi modda bo‘lishi; Haqiqiy dori vositasi ishlab chiqaruvchi firma va dori vositasiga nisbatan iste’molchilarda ishonchsizlik uyg‘onishi; Ishlab chiqaruvchi firma va (yoki) davlat tashkilotlariga etkaziladigan iqtisodiy zarar. Afsuski, hozirgi kunda O‘zR da qalbakilashtirilgan dori vositalari ko‘lami haqida etarli ma’lumot mavjud emas, mazkur masalani hal etishning sodda va standart usullari hech qaysi davlat tomonidan ishlab chiqarilmagan. Agar ma’lum sharoit, infrastruktura va amaliyot hisobga olinmasa, qalbakilashtirilgan vositalar muammosi davlat tomonidan, shu jumladan, xuquqni himoya qilish organlari tomonidan jiddiy e’tiborga olinishi zarur ekanligi ma’lum bo‘ladi. Turli xil ma’lumotlarga ko‘ra, MDH davlatlarida qalbakilashtirish darajasi tovar muomalasining taxminan 10-30% ini tashkil etishi mutaxassislar tomonidan zudlik bilan choralar ko‘rilishini talab etadi. Qalbakilashtirilgan dori vositalarini identifikatsiyalashning ilmiy asoslangan usullari ishlab chiqilmagan. Dori vositalarning sifatini nazorat qilishning amaldagi usullarini qo‘llash substansiyasi o‘xshash funksional guruhga ega bo‘lgan falsifikatlarni aniqlashda xar doim ham samara bermaydi. Dori vositalari malakali ekspert tahlilidan o‘tkazilishi zarur. Birinchidan, bu tahlil sezilarli moddiy resurslar va jamg‘armalarni talab etadi, chunki bunday usullar xalqaro standartlar talabiga javob berishi zarur, ikkinchidan esa har bir davlat uchun o‘rinli bo‘lgan farmakopeya standartlari tomonidan belgilanmagan sifat ko‘rsatkichlarining yangi yondashuvini talab etadi. Dori vositalarining qalbakilashtiriladigan ob’ektlari quyidagilardan iborat: ta’sir etuvchi moddalar; dori shakli: dozasi-davolash uchun belgilangan miqdori: umumiy miqdori-nominal massasi; joylanishi (upakovka); yaroqlilik muddati; seriya raqamlari; ta’siri va davolash yuzasidan yozilgan yo‘riqnoma (vkladыsh); sifat nazoratiga taaluqli yo‘llanma hujjatlar. Download 282.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling