6- qalbakilashtirilgan dori vositalarining tahlilida qo‘llaniladigan zamonaviy usullar
O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida qalbakilashtirilgan dori vositalari muammosi va uning holati
Download 282.85 Kb.
|
маъруза-6
O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika bozorida qalbakilashtirilgan dori vositalari muammosi va uning holati
Hozirda qalbakilashtirilgan dori vositalari muammosi butun dunyo uchun dolzarb. Bundan 6-8 yil avval dori vositalari sifatining kuchli nazorati tashqil etilgan O‘zbekiston Respublikasini ham dori vositasini qalbakilashtirish muammosi chetlab o‘tmadi. Birinchi qalbaki dori vositasi to‘g‘risidagi ma’lumot 1998 yil Krosnoyarskning «Krasfarma» farmatsevtik zavodi ishlab chiqargan, qon o‘rnini bosuvchi qalbaki «Poliglyukin» dori vositasi asosida aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra qalbaki dori vositalari miqdori 1998 yilga nisbatan 10 martaga oshgan. Bunda faqat absolyut ko‘payish emas balki, assortimentning kengayishi ham belgilanadi. Hozirgi paytda O‘zbekiston farmatsevtika bozorida barcha farmatsevtik guruhlar bo‘yicha qalbaki dori vositalari aniqlangan. Ular quyidagi guruhlar asosida taqsimlanadi: Antikbakterial preparatlar-47,8% Oshqozon- ichak tizimiga ta’sir qiluvchi dori vositalari – 13,5% Analgetiklar- 10,9% To‘qimalar almashinuviga ta’sir etuvchi vositalar-9,5% Zamburug‘larga qarshi preparatlar -7,7% Gormonal preparatlar – 5,6% Boshqa dori vositalari – 5% Qalbakilashtirilgan dori vositalari muammosi ko‘lamlari haqida ma’lumotlar xozircha etarli emas. Xozirgi paytda bu muammo rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda, rivojlanib kelayotgan mamlakatlarga ham ta’sir qilmoqda. Bu muammo ko‘proq dori vositalarini ishlab chiqarish, importi, tarqatilishi, etkazib berish tartibga solinishi va nazorati kuchsiz bo‘lgan mamlakatlarda kuzatilmoqda. Qalbakilashtirishga qarshi kurashish yanada samarali bo‘lishi uchun “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan “Dori vostilari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415-1-sonli Qonuninga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, №4-5, 120-modda; 1999 yil, №5, 124-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, №10, 536-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: 1) 2-modda: Ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “dori vositalari – kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qo‘llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi”. o‘n ettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “tibbiy buyumlar – kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan buyumlar”; quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi, o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “qalbakilashtirilgan dori vositasi – tarkibi va (yoki) ishlab chiqaruvchisi haqida yolg‘on ma’lumot ilova qilingan dori vositasi; Sifatsiz dori vositasi – yaroqsiz holga kelgan dori vositasi va (yoki) yaroqlik muddati o‘tgan dori vositasi; O‘zbekiston Respublikasi ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari – intellektual mulk to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari”; 2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi”; 3) 13-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin; “Qalbakilashtirilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi. Sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi”; 4) 14-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi”. Ushbu Qonun 28 avgust 2009 yildan e’tiboran kuchga kirdi. O‘zbekiston xududida faqat mos kelish sertifikatiga ega bo‘lgan dorilargina sotuvga chiqariladi. Bunday sertifikatlar akkreditatsiyadan o‘tgan “Dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazish va standartlash davlat markazi”qoshidagi laboratoriyalar tomonidan beriladi. Sertifikatlashtirish ishlarini engillashtirish maqsadida Andijon (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida), Urganch (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston), Samarqand (Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari) va Qarshida (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari) regional sertifikatlashtirish markazlari tashkil etilgan. Ushbu organlarning sertifikatlari hamdo‘stlik davlatlari tomonidan tan olingan. Download 282.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling