6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari


Asosiy vositalar inventarizatsiyasi va ularni natijalari hisobi


Download 100.29 Kb.
bet13/16
Sana16.06.2023
Hajmi100.29 Kb.
#1513233
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi (1)

5. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi va ularni natijalari hisobi
Asosiy vositalarni inventarlashning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashli bo’lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlanishda bo’lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko’ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak.
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo’yicha o’tkaziladi.
Quyidagi hollarda inventarlash o’tkazilishi shart:
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o’zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog’da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o’tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan ro’yxatga olingan "Tovar-moddiy zaxiralar" deb nomlangan 4-son BHMAga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.09.98 yilda 491-son bilan ro’yxatga olingan "Asosiy vositalar" deb nomlangan 5-son BHMAga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg’i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo’riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavso’miy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi:
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida);
- o’g’irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar, yong’inlar faloqatlar yoki g’ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash jamoa rahbari o’zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o’tkaziladi.
Komissiya tomonidan qabul qilinayotgan har bir ob’ektga AV-1 shaklda «Qabul qilish-topshi­rish dalolatnomasi» tuziladi. Unda qabul qilib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati, qanday ishlarni bajarishi, qachon qurilganligi yoki ishlab chiqarilganligi, qisqacha texnikaviy tavsifi va boshqa ko’rsatkichlar keltirilgan bo’ladi. Dalolat­nomaga ushbu asosiy vositalarning texnikaviy hujjatlari ilova qilinadi.
Sub’ektga qabul qilingan har bir asosiy vositaning ob’ektiga inventar raqami (nomer) beradi va butun foydala­nish muddatida ob’ektga tegishli barcha muomalalalar tegishli hujjatlarda shu raqam bilan yuritiladi. Asosiy vositalarga inventar raqami berilayotganda bu raqamlarning birinchi va ikkinchi navbatdagi raqamlari asosiy vositalarning tarmoq va qanday guruhlarga tegishli ekanligini bildirishi kerak. Ma­salan, binolarga – 001 dan 099 gacha, inshootlarga – 100 dan 199 gacha, o’tkazuvchi moslamalarga – 200 dan 299 gacha va hokazo raqamlar berilishi mumkin.
Raqamlarning seriyasi odatda asosiy vositalar guruhiga berilib, so’ngra shu seriyadagi uchinchi navbatdagi raqamlar alohida ob’ektlarga beriladi. Chiqib ketayotgan aso­siy vositalarning inventar raqamlari yangi qabul qilingan ob’ektlarga berilmaydi. Yirik bo’lgan vo­sitalarga bosh mexaniq bo’limida pasport tuziladi. Bu pasportda asosiy vositalarning ishga tushirilgan vaqti, uning texnikaviy tavsifi, kapital ta’mirlashning amalga oshirilgan vaqti va qiymati, eskirish me’yorlari va boshqa ma’lumotlar keltiriladi. Bu pasport asosiy vositalarni hisobga olishni va undan foydalanish ustidan nazorat qilishni yanada yaxshilash imko­nini beradi.
Asosiy vositalarning hisobi shunday tashkil qilingan bo’lishi kerakki, uning yordamida asosiy vo­sitalarning har bir turkumidagi guruhlariga tegishli bo’lgan asosiy vositalar va uning har bir ob’ekti, uning joylashgan joyi va alohida inventar kar­tochkada analitik hisobi va 0100-«Asosiy vositalar» schyotlarida tegishli vositalarning sintetik hisobini yuritish bilan ta’minlanadi. Analitik hisob AV-6 shakldagi namunaviy varaqlarda yuritiladi. Uncha katta bo’lmagan sub’ektlar asosiy vositalarning analitik hisobini inventar daftarlarida yuritishlari mumkin.
Inventar kartochkalarda asosiy vositalar ob’ek­tining nomi, uning inventar raqami, uni tayyorlagan sub’ektning nomi, ishlab chiqarilgan yili, dalolatnoma raqami va sanasi, dast­labki qiymati, sotib olish manbai, qisqacha tavsifi va boshqa ma’lumotlar keltiriladi.
Sub’ektlarda ushbu inventar kartochkalar (AV-6 shakli) ikki nusxada tuzilib, ulardan biri buxgalteriyada, ikkinchisi esa asosiy vositalar joylashgan sex va bo’limlarda saqlanadi. Inventar kartochkalar asosiy vositalarning guruhlariga qarab, guruhning ichida esa ular­ning joylashgan o’rinlariga va ob’ekt turlariga qarab kartotekalarda joylashtiriladi. Ishlatilayot­gan aso­siy vositalarning kartochkalari alohida saqlanadi.
Ayrim sub’ektlarda inventar kartochkalar faqat bir nusxada to’ldirilib, ular asosiy vositalarning buxgalteriyadagi hisobini olib borish uchun xizmat qiladi. Sex va bo’limlardagi asosiy vositalar inven­tar kartochkalarning ro’yxati asosida hisobga olinadi. Bu ro’yxat quyidagi namunaviy shaklga ega:

Download 100.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling