6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari


Download 100.29 Kb.
bet10/16
Sana16.06.2023
Hajmi100.29 Kb.
#1513233
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi (1)

67-jadval
(mln.so’m)

Davrlar

Boshlang’ich qiymati

Yillik amortizatsiya summasi

Jamlangan amortizatsiya summasi

Balans qiymati

Xarid sanasi

100

-

-

100

1 yil oxiri

100

(40%x100)=40

40

60

2 yil oxiri

100

(40%x60)=24

64

36

3 yil oxiri

100

(40%x36)=14.4

78.4

21.6

4 yil oxiri

100

(40%x21.6)=8.64

87.04

12.96

5 yil oxiri

100

2.96

90

10

Jadvaldan ko’rinib turganidek, amortizatsiyaning qat’iy me’yori doimo oldingi yilning balans qiymatiga nisbatan ishlatilgan. Amortizatsiya summasi (eng kattasi birinchi yilda) yildan-yilga kamayadi va nihoyat, oxirgi yildagi amortizatsiya summasi balans qiymatining qoldiq qiymatigacha kamaytirish uchun zarur bo’lgan summa bilan cheklangan.


Sobiq S davrida amortizatsiya ajratmalari asosiy vositalarning yuzlab guruhlari, ularning ichida esa minglab asosiy vositalarning har bir turi bo’yicha alohida amortizatsiya me’yorlari belgilangan bo’lib, shu me’yorlarda amortizatsiyaning har oydagi summalari hisoblanar edi.
S xalq xo’jaligidagi asosiy vositalarning to’la qayta tiklashga yo’naltiriladigan amortizatsiya ajratmala­rining yagona me’yori S Ministrlar Sovetining 1990 yil 22 oktyabrida 1072-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo’lib, uni 1991 yilning 1 yanva­ridan boshlab amalga kiritilgan edi. Unda asosiy vo­sitalarning kamida 200 guruhi va 2000 ortiq turlari bo’yicha alohida -alohida me’yor(norma)lari belgilangan bo’lib, asosiy vositalarning har oydagi amortiza­tsiyasi (eskirishi) shu me’yorlar bo’lib hisoblanar edi. Undan tashqari bu hujjatda asosiy vositalarning ishlatilayotgan sharoitlari (namlik, zararli va og’ir sharoitlar) hamda ishlash rejimi (smenalar soni)ning o’zgarishiga qarab me’yorlarni oshiradigan yoki kodlar­dan foydalanish tavsiya etilgan edi. Bu me’yorlarga O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda 1996 yilning oxirigacha amal qilib kelindi.
1996 yil 31 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 469-sonli qaroriga binoan Respublika Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan «Asosiy vositalarning guruhlari bo’yicha amortizatsiya­ning yagona me’yorlari to’g’risida»gi yangi tartibi ish­lab chiqildi. Bu qarorga binoan, amortizatsiya ajrat­malarini hisoblashni soddalashtirish maqsadida 1997 yil 1 yanvardan boshlab barcha asosiy vositalar bir yillik amortizatsiya me’yorlari bo’yicha quyidagi besh guruhga bo’lingan:
1. Imoratlar, inshootlar va qurilishlar – 5 foiz.
2. Yengil avtomobil, taksi, yo’llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi, maxsus uskunalar va jihoz­lar. Kompyuterlar, uning yonlaridagi jihozlari va ma’lumotlarni ishlash bo’yicha asboblar – 20 foiz.
3. Avtotransportning harakatdagi tarkibi /sostavi/: yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkovlar. Sanoatning barcha tarmoqlari, tikuv ishlab chiqarish uchun mashina va asbob-uskunalar, temirchi-presslash asbob-uskunalari, qurilish asbob-uskunalari, qishloq xo’jalik mashina­lari va asbob-uskunalar, ofis uchun mebellar – 15 foiz.
4. Boshqa guruhlarga kiritilmagan amortizatsiyala­nadigan aktivlar – 10 foiz.
5. Temir yo’l, dengiz, daryo va havo transporti vosi­talari. Kuchlantiruvchi mashinalar va asbob-uskunalar, issiqlik-texnikaviy asbob-uskunalar, turbina asbob-uskunalari, elektr dvigatellari va dizelь generator­lar. Elektr o’tkazgich va aloqa qurilmalari. Turubopro­vodlar – 8 foiz.
Bu yangi qarorda korxonalarga, kerak bo’lsa, amor­tizatsiya me’yorlarni tasdiqlangan me’yorlarga qaraganda kamaytirish yoki tezlashtirilgan amortiza­tsiya hisoblash usulidan foydalanishga ro’xsat etilgan.
Tezlashtirilgan amortizatsiyadan foydalanilganda qo’llanilgan koeffitsient "Nizom" bilan belgilangan me’yo­rdan 2 barobardan oshmasligi va tasdiqlangan me’yorlardan ortiq bo’lgan summani foyda-daromadga solinadigan soliq bo’yicha soliqqa tortiladigan bazaga qo’shilishi kerakligi ta’kidlangan.
Yangi tartibga asosan amortizatsiya quyidagi asosiy vositalar bo’yicha hisoblanmaydi:

  • mahsuldor hayvon­lar, qo’tos va ho’kizlar;

  • kutubxona fondlari;

  • hoqimiyatlarga va umumiy foydalanishdagi avtombil yo’llariga qarashli shahar obodonchiligi insho­otlari:

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi­ning qarori bilan konservatsiyaga o’tkazilgan asosiy vositalar;

To’la amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
Qurilayotgan korxonaning sotib olingan asosiy vositalari hamda tugallanmagan qurilishdagi ob’­ekt­lar bo’yicha amortizatsiya kuruvchi tashkilot tomoni­dan asosiy fondlarning qiymati to’g’risidagi ma’lu­mot­nomaga asoslangan holda sub’ekt tomonidan belgi­langan me’yorlar asosida hisoblanadi.
Shunday qilib «Amortizatsiyaning me’yorlari to’g’risida»gi nizomda amortizatsiya me’yorlarining ancha qisqartirilganidan tashqari qo’shimcha ravishda qo’llash uchun tavsiya etiladigan koeffitsientlar ham chiqarib tashlangan.
Shubhasiz, bu yangilik amortizatsiya ajratmalarini hisobga olishni ancha osonlashtiradi va ishlatilayotgan asosiy vositalarning qiymatini va ulardan foydalanish muddatini aniqlashni soddalash­tiradi. Ilgari mavjud bo’lgan amortizatsiya aj­ratmalarini tiklab olish, hisoblash va ularni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga adolatli kiri­tish imkonini beradi, lekin bu aniqlik va ob’ektiv­likka putur yetkazishi mumkin.
Ma’lumki, shu vaqtgacha qo’llanib kelinayot­gan amortizatsiya me’yorlari mukammal, asoslangan hisob-kitoblar bilan hisoblangan bo’lib, ularning katta-kichikligi asosiy vositalarning bir guruhi ichida ham katta farq qiladi. Masalan, faqat yengil sanoatdagi mashina va asbob-uskunalarining guruhini olsak ay­rim ob’ektlar bo’yicha amortizatsiya me’yorlari 4,3 dan 14,3 foizgacha belgilangan bo’lsa, qurilish material­lari sanoatida ular 5 dan 25 foizgacha farqlanadi va hokazo.
Agar 1997 yildan boshlab amal qilayotgan yangi amor­tizatsiya me’yorlarini hayotga tatbiq etish «Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashni soddalash­tirish» bo’lsa, bunday soddalashtirish usuli yuqorida nomlangan 1072-qarorda ham mavjud. Bu qarorga bi­noan amortiza­tsiya ajratmalarining bir oylik summasi korxona­dagi barcha asosiy vositalarning ob’ekt­lari bo’yicha faqat bir marta, u ham bo’lsa korxona ishga tushirila­yotgan oyda hisoblab chiqiladi.
Buning uchun, masalan, korxona yanvar oyida ishga tushiriladigan bo’lsa, ushbu korxonadagi barcha asosiy vositalarning ob’ektlari joylashgan joylari va belgilan­gan yagona amortizatsiya ajratmalarining me’yorlariga ko’ra turlari (shifrlari) bo’yicha guruhlanib chiqiladi. Buning uchun ma’lumotlar har bir asosiy vositaning ob’ekti uchun ochiladigan analitik kartochkalardan olinadi.
Har oydagi amortizatsiya ajratmalarni hisoblash uchun buxgalteriyada qo’llaniladigan maxsus 6-sonli ishlov jadvalidan, avtotransport bo’yicha esa 9-sonli ishlov jadvalidagi shaklidan foydalaniladi.
Bu jadval shunday tuzilganki, uning ma’lumot­lari asosida har bir navbatdagi hisobot oyining amor­tizatsiya ajratmalari summasini o’tgan oydagi hisob­lab topilgan amortizatsiya summalari asosida osonlik bilan topish mumkin. Masalan, bizning mi­solimiz­dagi sub’ekt bo’yicha yanvar oyida ishga tushi­rilgan fevral oyining amortizatsiya ajrat­malari summasini topish uchun ishlov jadvalida yan­var oyining amortizatsiya summasiga shu yanvar oy­ida ishlatilgan va topshirilgan asosiy vositalar ob’ek­ti­ning har biri bo’yicha bir oylik amortizatsiya aj­rat­malarining summalari qo’shilib, o’sha oyda foydala­nishdan chiqib ketgan asosiy vositalarning ob’ektlari bo’yicha bir oylik amortizatsiya ajratmalarining summasi chegirib (olib) tashlanadi. Agar yanvar oyidagi asosiy vosita­lar tarkibida hech qanday o’zgarishlar bo’lmasa, unda fevral oyidagi amortizatsiya summasi yanvar oyi­dagi amortizatsiya summasiga teng bo’ladi.
Shunday qilib, ishlov jadvalining ma’lumotlari har oydagi amortizatsiya ajratmalarining summasini te­gishli sex va uchastkalarning xarajatlarida aks ettirish, ya’ni debetlanuvchi 2010, 2300, 2510, 2610, 9410, 9420, 9450 va boshqa schyotlarning debetiga «Asosiy vositalarning eskirishi» summasini yozish uchun asos bo’lib hisoblanadi.



Download 100.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling