6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalarning tasnifi, baholanishi va ularning hisobga olish vazifalari


Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobi


Download 100.29 Kb.
bet11/16
Sana16.06.2023
Hajmi100.29 Kb.
#1513233
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-mavzu. Asosiy vositalar hisobi (1)

4. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobi
Asosiy vositalarni xarid qilib olgandan so’ng uni asrash va foydalanish bilan bog’liq ko’pdan-ko’p xarajatlar paydo bo’lishi boshlanadi. Masalan, ularni asrash, ta’mirlash, ishlatish, rekonstruksiya qilish va joylarini almashtirishni e’tiborga olish zarur bo’ladi. Ushbu xarajatlarni hisobga olish balansning tegishli moddalarini guruhlashtirish va keyinchalik amortizatsiya chegirmalarini hisoblashga ta’sir etadi.
Xarid qilib olinganida, baholangan boshlang’ich haqiqiy qiymati, xizmat muddati va mahsuldorligi bilan bog’liq xarajatlar yuqorida belgilangan tartibda kapitallashtiriladi. Xarid qilingandan keyingi paydo bo’lgan kapitallashtirilgan xarajatlar, foydalanishning ma’lum bir davridan keyin bahosizlanadi va bu davr ma’lum bir aktivlarning kutilayotgan xizmat muddatidan qisqa bo’lishi mumkin.
Aktivlardan foydalanish imkoniyati va xarid qilib olinganida kutilayotgan foydalanish davrini ma’lum bir minimal darajada saqlab turish uchun ta’mirlashning amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu xarajatlar foydalanish muddatini xarid qilinganida belgilanganidan yuqoriroq darajada uzaytira olmaydi, ular joriy hisoblanadi va paydo bo’lgan davrning tegishli xarajatlarining moddasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odatda kompaniyalar ushbu vositalarni xarid qilib olganidan keyin paydo bo’ladigan xarajatlar belgilangan va tasdiqlangan summa (smeta)dan oshmagan hollarda xarajatlarning hisobi siyosatini qo’llaydilar. Bunday siyosat moddiy chegaralanishlar bo’lganida qo’llaniladi. Agarda ushbu xarajatlar birmuncha barqaror bo’lgan sharoitda bu siyosat shuningdek moddiy xarajatlarga nisbatan qo’llanilishi mumkin,.
Avariya, e’tiborsizlik, sovuqqonlik, zararkunandalik qilish, o’g’irlik natijasida paydo bo’lgan xarajatlar zararlarga olib boriladi. Asosiy vositalarni xarid qilgandan so’ng paydo bo’ladigan ushbu xarajatlar, to’rtta asosiy turlarga bo’linadi:

  1. Ishchi holatida saqlab turish va joriy ta’mirlash;

  2. Yaxshilash (mukammallashtirish);

  3. Qo’shimchalar kiritish (kengaytirish);

  4. Qayta ko’rish va boshqarish.

Saqlab turish va joriy ta’mirlash xarajatlari.
Ishchi holatda saqlab turish xarajatlariga moylash, tozalash, tartibga solish, bo’yashdan iborat bo’lib – bularning hammasi uskunani ishchi holatida saqlab turishning ajralmas qismi hisoblanadi. Joriy ta’mirlash xarajatlari ehtiyot qismlarning sarflari, profilaktika va ta’mirlash ishlari bilan bog’liq xarajatlardan iborat. Bunday turdagi ta’mirlashga zaruriyat tez-tez paydo bo’ladi va jiddiy xarajatlarni talab qiladi.
Joriy ta’mirlash va ishchi holatida saqlab turish xarajatlari joriy xarajatlar hisoblanadi. Ularni hisoblashda ikki usuldan foydalaniladi:

  1. Paydo bo’lishi bo’yicha hisobga olish usuli. Paydo bo’lishi bo’yicha hisobga olish usuli saqlab turish va ta’mirlash uchun zarur bo’lgan xarajatlarni, ularga zaruriyat paydo bo’lganda hisobga olishni va xarajatlarni butun davr davomida bir tekisda taqismlashni nazarda tutadi. Ammo, ma’lum bir vaziyatlarda har yillik ta’mirlash va saqlab turish xarajatlari, yoki bir vaqtga, yoki juda qisqa vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. Bu usuldan foydalanilganda, uskunani saqlab turish uchun barcha yillik xarajatlar asosiy vositaning shikastlanishi holati yuz bergan ma’lum bir vaqt oralig’iga to’g’ri keladi.

  2. Taqsimlash usuli. Bu yondoshish ta’mirlash va saqlab turish xarajatlarining taxminiy hajmlariga asoslanadi. Bu usuldan foydalanish, joriy ta’mirlashning tizimli xususiyatiga asoslanadi. Bu usuldan foydalanish, joriy ta’mirlash tizimli xususiyatga ega bo’lgan va hajmi bo’yicha u ahamiyatli bo’lganda tavsiya qilinadi. Bu usuldan foydalanilganda joriy yilda kutilayotgan ta’mirlash uchun taxmin qilinayotgan xarajatlarning miqdori umumiy baholanib (smetasi tuzilib) so’ngra vaqt yoki ishlab chiqarishning hajmi asosida, vaziyatdan kelib chiqqan holda, taqismlanadi. Asos bo’lib vaqt xizmat qilgan holda, har bir oraliq davr uchun ta’mirlash va ishchi holatda saqlab turish xarajatlarining taalluqli bo’lgan summasi aniqlanadi, taxmin qilinayotgan summa uchun asosiy vositalar schyotida kontrschyot ochiladi. Joriy ta’mirlash va saqlab turishning haqiqiy xarajatlari kontrschyotda aks ettiriladi.

Rekonstruksiya asosiy vositalarning ishchi potentsialini oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Rekonstruksiya mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, tannarxni pasaytirish, xizmat muddatini uzaytirish, mahsulotning sifatini yaxshilash uchun amalga oshiriladi. Uskunaning ishchi holatini saqlab turish xarajatlari rekonstruksiya emas, balkim ta’mirlashga taalluqlidir.
Rekonstruksiya o’z ichiga uskunaning bosh komponentini mutlaqo yangi komponent bilan almashtirish jarayonini oladi. Masalan, eski tunuka toqiyini yangisiga, olovga chidamli cherepitsaga almashtirish, kemaga yanada quvvatliroq dvigatelni o’rnatish, binoning elektr tizimini tubdan o’zgartirish va hokazolar.
Rekonstruksiyaning zaruratiga olib keluvchi holatlar quyidagilardir:

Download 100.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling