Ayrboshlashdan olingan foydani tan olmaslik quyidagicha qayd qilinadi:
Agarda bir toifadagi uskunalar ayrboshlansa asosiy vositalarni ayrboshlashdan olingan foyda hisobda aks ettirilmaydi. Bunday hollarda ob’ektning boshlang’ich qiymati vujudga keladigan foyda summasiga kamaytiriladi. Boshlang’ich qiymat eski uskunaning balans qiymatiga to’langan pul mablag’lari summasini qo’shish yo’li bilan hisoblanadi. Ushbu tartibda chegirma tan olinmaydi.
Qaytarilmaslik sharti bilan berish yo’li orqali asosiy vositalarning chiqib ketishi.
Korporatsiyalar vaqti-vaqti bilan aktivlarni boshqa tashkilotlarga xayriya sifatida beradilar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchilar ko’pincha kompyuter uskunalarini universitetlarga beradilar. Aktivlarni bergan shaxs, bu holda berilgan aktivlarning bozor qiymatiga teng bo’lgan xarajatlarni hisoblaydilar. Bozor qiymati berib yuborilgan aktivlarning balans qiymatiga emas, balkim, to’g’rirog’i beruvchi kompaniyaning olinmagan iqtisodiy samaradan ko’rgan yo’qotishlariga tengdir.
Balans va bozor qiymatining ayirmasiga teng bo’lgan foyda yoki zarar, qaytarilmaslik sharti bilan (tekinga) berib yuborilgan aktiv sifatida hisobga olinadi. Faqatgina qaytarilmaslik sharti bilan berilishi bo’yicha so’zsiz majburiyat bo’lgandagina xarajatlar moddasi bo’yicha hisoblash amalga oshiriladi.
Foydalanishdan chiqib ketgan asosiy vositalarni qayta turkumlashtirish.
Xizmat muddati tugagunga qadar sub’ektning foydalanishdan chiqib ketgan asosiy vositalari buxgalteriyada tegishli schyotlaridan hisobdan chiqariladi. Amortizatsiya aktivlarni qayta turkumlashtirish vaqtiga-momentiga hisobga olinadi, so’ngra, amortizatsiya summasi ortib borish yakuni bilan va aktivlarning schyotidan yangi «Boshqa aktivlar» schyotiga hisobdan chiqariladi.
Bundan tashqari, agarda aktivlarning bozor qiymati ularning balans qiymatidan past bo’lsa, zarar hisoblanadi va «Boshqa aktivlar» bozor qiymati bo’yicha debetlanadi va aksincha, agarda bozor qiymati balans qiymatidan ortiq bo’lsa, «Boshqa aktivlar» balans qiymati bo’yicha debetlanadi, lekin foyda hisobga olinmaydi va amortizatsiya summasi sifatida kelgusida qo’shimcha daromad olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |