6-mavzu. Bir turga mansub bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda o‘rtacha qiymatlarni hisoblash


Download 118.18 Kb.
bet4/6
Sana30.10.2023
Hajmi118.18 Kb.
#1733686
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu amaliy

3-masala ma’lumotlari asosida o‘rtacha miqdorni “shartli moment” usulida hisoblaymiz (A=200, i=40):
“SHartli moment” usulida o‘rtachani hisoblash

Interval o‘rtacha qiymati(x),
mln. so‘m

Sotuvchilar soni (f), kishi

x-A=x-200



((x-A)/i)f

120
160
200
240
280

12
20
24
14
10

-80
-40
0
40
80

-2
-1
0
1
2

-24
-20
0
14
20



80

-

-

-10

Jadval ma’lumotlariga ko‘ra formulaga asoslanib o‘rtacha miqdorni quyidagicha hisoblaymiz:


Tuzilmaviy o‘rtachalar. To‘plam tuzilishini tavsiflovchi o‘rtachalar tuzilmaviy o‘rtachalar deyiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalgani moda va mediana hisoblanadi.
Moda deb, o‘rganilayotgan to‘plam variantlarining eng ko‘p salmoqqa ega bo‘lgan ko‘rsatkichiga aytiladi. Moda diskret va intervalli qatorlar uchun aniqlanishi mumkin.
Diskret qatorlarda qaysi bir variantning vazni ko‘p uchragan bo‘lsa, shu variant moda hisoblanadi.


6-masala Kiyim-kechak do‘konida sotilgan erkaklar kostyum-shimi o‘lchamlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:



Erkaklar kostyum-shimi o‘lchamlari

46

48

50

52

54

56

58

Jami

Sotilgan kiyimlar soni, dona

24

40

59

65

77

36

14

315

Misolimizda 54 o‘lchamdagi kostyum-shim eng ko‘p xarid qilingan. Ana shu o‘lcham to‘plam uchun moda bo‘lib hisoblanadi.
Intervalli qatorlarda moda quyidagi formula bilan hisoblanadi.



bu erda  - moda intervalining quyi chegarasi; d- moda intervali kattaligi;  -moda intervali chastotasi;  -moda intervalidan oldingi oraliq chastotasi;  -moda itervalidan keyingi oraliq chastotasi;  -intervalli qatorlar modasi.


Ushbu formulaning qo‘llanilishini 3-masala ma’lumotlari asosida ko‘rib chiqamiz.

Bir sotuvchiga to‘g‘ri keladigan tovar aylanmasi bo‘yicha guruhlar, mln.so‘m

Sotuvchilar soni, kishi

140 gacha
140-180
180-220
220-260
260 dan yuqori

12
20
24
14
10

Jami

80

Guruhlar ichida eng ko‘p sotuvchilar soni 3-guruhdadir. Demak, to‘plamdagi eng ko‘p uchraydigan chastotani shu guruhdan qidirish zarur. Jadval ma’lumotlari asosida modani hisoblashdan oldin, kerakli parametrlarni belgilab olaylik: d=40,  =180,  =20,  =24,  =14.


Endi parametrlar o‘rniga ma’lumotlarni qo‘ysak to‘plam modasini aniqlashga erishamiz. Bu ishni yuqorida keltirilgan formula orqali amalga oshiramiz.

 .


Demak, mazkur do‘konlar to‘plamida bir sotuvchi hisobiga 191,4 mln. so‘mlik tovar aylanmasi eng ko‘p uchrar ekan.


Mediana deganda tartiblangan to‘plamni teng ikkiga bo‘luvchi variantni tushunamiz. To‘plam birliklarining teng yarmi medianadan yuqorida , yarmisi esa pastda joylashadi.
Diskret qatorlarda medianani hisoblash uchun chastotalar yig‘indisi ikkiga bo‘linib  olingan natijaga 0,5 qo‘shiladi  Modani aniqlagan masalada (6-masala) mediana 158 ga  teng. Demak, 315 birlikni teng ikkiga bo‘luvchi chastota 158ga to‘g‘ri keladi. 158 sonining mohiyati nima? Bu savolga javob berish uchun chastotalarni (158ga etganicha) qo‘shish kerak (24+40+59+65). Demak, 158 soni 52 o‘lchamga to‘g‘ri kelyapti.
Intervalli qatorlarda medianani quyidagicha hisoblaymiz:

bu erda: x0-mediana intervalining quyi chegarasi; d-mediana intervali kattaligi; ∑f- chastotalar yig‘indisi;  -mediana intervaligacha bo‘lgan chastotalar yig‘indisi;  -mediana intervali chastotasi;  -mediana.
3-masala ma’lumotlari asosida medianani hisoblaymiz.

Bir sotuvchiga to‘g‘ri keladigan tovar aylanmasi bo‘yicha guruhlar, mln.so‘m

Sotuvchilar soni, kishi

140 gacha
140-180
180-220
220-260
260 dan yuqori

12
20
24
14
10

Jami

80

Buning uchun kщrsatkichlarni aniыlab olamiz:


 =180, d =40, ∑f =80,  =32,  =24ga teng.

U holda:






Demak, bizning misolimizda to‘plamni teng ikkiga bo‘luvchi variant 193,33 mln. so‘mlik tovar aylanmasi ekan. SHunday qilib, sotuvchilarning yarmiga 193,33 mln.so‘mdan kam, yarmiga esa 193,33 mln.so‘mdan ko‘p tovar aylanmasi to‘g‘ri kelgan.




Download 118.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling