6-mavzu. Bir turga mansub bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda o‘rtacha qiymatlarni hisoblash
Download 118.18 Kb.
|
6-mavzu amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garmonik o‘rtacha.
Interval o‘rtachasini hisoblangandan keyin, variant (x)lar bilan sotuvchilar soni (f) o‘zaro ko‘paytiriladi va bu ko‘paytma yig‘indisi (∑x f)ni sotuvchilar soni( f)ga bo‘lib, bir sotuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tovar aylanmasini aniqlaymiz: Demak, do‘konlarda har bir sotuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tovar aylanmasi 195 mln. so‘mni tashkil qilgan. Garmonik o‘rtacha. Statistikada arifmetik o‘rtacha bilan bir qatorda garmonik o‘rtacha ham keng qo‘llaniladi. Garmonik o‘rtacha arifmetik o‘rtachaga teskari miqdor bo‘lib, u quyidagi formulalar bilan hisoblanadi: oddiy ko‘rinishda; tortilgan ko‘rinishda. 4-masala Smena (8soat) davomida bir xildagi bitta detalga ishlov berish uchun 1-tokar 10 minut, 2-tokar 15 minut, 3-tokar 20 minut ish vaqti sarf qildi. Bitta detalga ishlov berish uchun o‘rtacha sarf qilingan vaqtni oddiy garmonik o‘rtacha formulasi yordamida hisoblaymiz. Echilishi Berilgan yoki keltirilgan variatsion qatorlarda, chastotalar har bir variant bo‘yicha noma’lum bo‘lsa, o‘rtacha miqdorni hisoblashda tortilgan garmonik o‘rtacha formulasidan foydalaniladi. Misol uchun, o‘rtacha baho quyidagi nisbat bilan ifodalanadi: 5-masala Dehqon bozorlarida “A” mahsulotning bahosi va sotilgan summasi bo‘yicha quyidagilar ma’lum:
Bir birlik mahsulotning o‘rtacha bahosini aniqlash zarur. Echilishi Bu erda oddiy arifmetik o‘rtachani qo‘llab bo‘lmaydi, chunki chastotalar noma’lum. YUqorida keltirilgan sxemaning sur’atida sotilgan summa berilgan, buning o‘zi baho va miqdorning ko‘paytmasidan tashkil topadi (xf). Sxemaning maxrajida sotilgan birliklar soni (chastotalar) berilgan, lekin u bizning misolda noma’lum. Uni quyidagicha hisoblash mumkin: O‘rtacha miqdor (baho)ni tortilgan garmonik o‘rtacha formulasi bilan hisoblash mumkin: Agarda oddiy arifmetikni qo‘llab o‘rtacha bahoni aniqlaganimizda, u 2500 so‘mni tashkil qilar edi. Statistikada geometrik o‘rtacha va xronologik o‘rtacha miqdorlar ham keng qo‘llaniladi. Ularni hisoblash usullarini dinamika qatorlari mavzusida ko‘rib chiqamiz. Arifmetik o‘rtachaning xossalaridan foydalangan holda, intervalli qatorlarda o‘rtacha miqdorni soddalashtirilgan “shartli moment”usulida hisoblash mumkin. Buning uchun to‘plam guruhlangan va guruhlarning intervallari teng bo‘lishi zarur. Bunda quyidagi formuladan foydalanamiz:
bu erda A va i – lar ixtiyoriy sonlar. Hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida A son sifatida eng ko‘p uchraydigan variant qiymati, i soni etib esa interval uzunligi qabul qilinadi. Download 118.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling