38- mashq. «O„zbek tilining lotin alifbosi asosidagi imlo lug„ati»dan
ma‟nosi x va h hamda p va f bilan farqlanadigan so„zlarga misollar tanlab
daftaringizga yozing, ularning yozilishini bilib oling.
So‘z qismlarining imlosi
So„zning o„zak qismiga turli so„z yasovchi yoki shakl yasovchi
qo„shimchalar qo„shilishi bilan ularda turlicha o„zgarishlar sodir bo„ladi.
Talaffuzdagi bunday o„zgarishlar imloda ham o„z aksini topadi. Masalan:
son+a>sana, ong+la>angla, yosh+a>yasha, ot+a>ata, tara+q>taroq, so‘ra+q>
so‘roq, chanqa+q>chanqoq, bo‘ya+q>bo‘yoq kabi.
So„z qismlarining imlosi haqida fikr yuritilganda amaldagi imlo qoidalari
bilan yangi lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari o„rtasida bir oz farq borligini
hisobga olish zarur.
Amaldagi imloga ko„ra taqlidiy so„zlardan fe‟l yasovchi -illa
qo„shimchasi asliga ko„ra yoziladi: sharillamoі shaіillamoі, іarsillamoі,
shovillamoі, guvillamoі, Іuvillamoі, gurillamoі, varillamoі, chiyillamoі kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidlariga ko„ra esa taqlidiy so„zlardan fe‟l
yasovchi –illa qo„shimchasi tarkibida v yoki u tovushi bo„lgan so„zlarga
qo„shilganda asliga ko„ra emas, aytilishiga ko„ra –ulla shaklida yozilishi belgilab
qo„yildi. Qiyoslang:zuvillamoі – zuvullamoq, shovillamoі - shovullamoq,
guvillamoі - guvullamoq, Іurillamoі - g‘urullamoq kabi.
Qolgan holatlarda esa lotin yozuvi asosidagi imloda ham asliga ko„ra -illa
shaklida yoziladi: shaqillamoq, sharillamoq, qirsillamoq, chiyillamoq, g‘izillamoq
kabi.
Ammo g bilan tugagan ba‟zi o„zlashma so„zlarda o„zgarish bo„lmaydi, g
bilan yoziladi: pedagog+ga>pedagogga, xirurg+ga> xirurgga, Lyuksemburg+ga>
Lyuksemburgga kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko„ra esa tarkibi g va g‘ undoshlari
bilan tugagan so„zlarga g tovushi bilan boshlanadigan -ga, -gacha, -guncha, -
Do'stlaringiz bilan baham: |