6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik prinsip
6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot. Reja: 1. Grafika haqida ma‟lumot 2. To„g„ri yozish tamoillari 3. O„zbek yozuvining grafik tizimi, uning harfiy va noharfiy belgilari.Badiiy asarda chet so„zlarning qo„llanishi Adabiy nutqning og„zaki va yozma shakllari mavjud bo„lib, ular ma‟lum qonun-qoidalar asosida rivojlanadi. Nutqning og„zaki shaklida talaffuz me‟yorlariga (orfoepiyaga) amal qilinsa, yozma shaklda esa imloviy me‟yorlarga (orfografiyaga) amal qilinadi. Orfografiya grekcha orphos va grapho so„zlaridan tarkib topgan bo„lib, «to„g„ri yozaman» degan ma‟noni bildiradi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga tegishli bo„lib, so„zlarni to„g„ri yozish, so„zlarning o„zak va negizlarini, qo„shimchalarini, qo„shma so„zlarning qo„shilib yoki ajratib yozilishini, qisqartma so„zlarning yozilishini, bosh harflarning yozilishini, bo„g„in ko„chirilishini adabiy talaffuz me‟yoriga moslab, qoidalashtirib beradigan fandir. Adabiy tilning yozma shaklini ma‟lum qonun qoidalar asosida turg„un holatda ushlab turadigan orfografiyaning qo„yidagi prinsiplari mavjud: fonetik prinsip, fonematik prinsip, morfologik pginsip, tarixiy an‟anaviy prinsip, etimologik yoki grafik prinsip. Fonetik prinsip. Bu prinsipga ko„ra so„z yoki uning tarkibiy qismlari qanday talaffuz qilinsa, shunday yoziladi: 1) ko‘k+ga>ko‘kka, tok+ga>tokka, qishloq+ga>qishloqqa kabi; 2) og‘iz+im>og‘zim, o‘g‘il+im>o‘g‘lim, burun+i>burni kabi; 3) yosh+a>yasha, son+a>sana, ong+la>angla kabi; 4)so‘ra+q>so‘roq, qishla+v>qishlov, sayla+v>saylov kabi; 5) ikki+ov>ikkov, etti+ov>ettov kabi; 6) qot+iq>qattiq, achi+iq>achchiq, isi+iq>issiq kabi; 7) ulug‘+ay>ulg‘ay, sariq+a>sarg‘ay kabi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling