6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot
Har, hech, hamma, ba’zi, g‘ayri, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyoslang
3. Har, hech, hamma, ba’zi, g‘ayri, bir, qay, u, bu, shu, o‘shaso„zlari yonida
kelgan so„zdan ajratib yoziladi: har zamon, hech kim, hamma vaqt, ba’zi bir, g‘ayri tabiiy, bir qancha, bir yo‘la, bir oz, qay kuni, u erga, bu yoqdan, shu erdan, o‘sha yoqqa kabi. Lekin birpas, birato‘la, birvarakayiga, birmuncha, buyon (beri)so„zlari qo„shib yoziladi. Lotin yozuvi asosidagi imloga ko„ra biroz so„zining ham qo„shib yozilishi belgilab qo„yilgan. Qay so‘zi yer, yoq, yon so„zlari bilan kelganda bir y tushib qolishi natijasida bu so„zlar qo„shib yoziladi: Qiyoslang: qay yerda – qayerda, qay yoqqa – qayoqqa, qay yondan – qayondan kabi. Qaybir, qayvaqt so„zlari ham qo„shib yoziladi. 4. Murakkab sonlarning qismlari ajratib yoziladi: yigirma besh, bir yuz ellik ikki kabi. 5. Kirillcha yozuv asosidagi imlo qoidalariga ko„ra muz yorar, ish yoqmas, qo’l yozma, sher yurakso„zlari ajratib yoziladi deb belgilab qo„yilgan. Lekin amaldagi lug„atlarda turlicha yozib kelingan. Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko„ra bu so„zlarning qo„shib yozilishi qat‟i belgilab qo„yildi: muzyorar, sheryurak, devyurak, ishyoqmas, qo‘lyozma kabi. 6. Tojikcha izofali birikmalar ajratib yoziladi: tarjimai hol, nuqtai nazar, oynai jahon, dardi bedavo kabi. Shuningdek, yangi imlo qoidalarida izofa undosh bilan tugagan so„zlarga i shaklida , unli bilan tugagan so„zlarga yi shaklida qo„shilishi belgilab qo„yildi. Qiyoslang: dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol, oynayi jahon, piri badavlat kabi. 43- mashq. Gaplarni o„qing, qo„shma so„zlarni aniqlang. Qaysi so„z turkumiga oidligini belgilab daftaringizga yozib oling. 1. -Qo„ying, kampir, o„zim olib kelaman, - deganimga ham quloq solmasdan, kampir chiqib ketdi. Oradan o„n minutlar o„tganda Yodgorni qo„lidan etaklab kirib keldi. (o‟.o‟ulom). 2. Saidiy bir kuni ishdan ancha erta – qorong„u tushar-tushmas qaytib keldi. (A.Qahhor). 3. – Haligi, ha, shuncha savolni zamlab tashladingki, qaysi biriga qanday javob berishni bilmay qoldim. To„xta-to„xta, birov kelyaptimi, - dedi u tashqariga quloq solib. (M. Ismoiliy). 4. Bu orada kechki ovqat o„tdi. Ikki marta hamshira kelib ketdi. (V.o‟ofurov). 5. Yusufjonning o„zi Bo„tako„zdan ketsa ham, soyasi ketgani yo„q edi. (I. Rahim). 6. ..., men ikkiyuzlamachilik qilolmayman!.. (M. Muhammad do„st). 7. Shu chog„ «Volga» rulidagi ko„zlari chaqchaygan, xushmo„ylov, yag„rindor kishining oyisiga «tez bo„ling»deb imlaganini sezdi. Sottixon shashtidan tushib, qaynatasiga: - Mayli, hozir sizlar ko„rib kelinglar. Men ertaga boraman, - dedi. (H.Nazir)8. – Mehmondo„stligingiz uchun ... Rahmat. (O. Yoqubov). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling