6. Biror maqsad, ish uchun mo„ljallangan narsani bildiruvchi qo„shma otlar:
kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, ko‘zoynak kabi.
7. Qaratqich x qaralmish tipidagi birikmaning so„zga aylanishi bilan Yuzaga
keluvchi qo„shma otlar: mingboshi, shaftoliqoqi, olmaqoqi, qovunqoqi kabi.
8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki obod so„zi bo„lgan joy nomlari:
Sirdaryo, Kattaqurg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod
kabi.
Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo„lgan joy nomlari ajratib yoziladi:
O‘rta Osiyo, Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi.
9. Rus tilidan aynan o„zlashgan yoki kal‟ka usulida hosil qilingan qo„shma
so„zlar: kinoteatr, fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv,
yarimavtomat, suvosti, bayramoldi kabi.
10. Qisqartma otlar qo„shib yoziladi: O„zMU (O„zbekiston Milliy Universiteti),
O„zXDP (O„zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi.
II. Chiziqcha bilan yozish.
1. Juft va takror so„zlar chiziqcha bilan yoziladi: mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt,
asta-sekin, bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland,
chopa-chopa, yura-yura ayrim-ayrim, borib-borib kabi.
Kirill yozuvi asosidagi imloga ko‟ra agarda juft so„z qismlari –u (yu)
bog„lovchisi yordamida bog„lansa chiziqcha qo„shilmaydi: katta-kichik = kattayu
kichik, el-yurt = elu yurt, or-nomus = oru nomus, tun-kun = tunu kun, kecha-kunduz
= kechayu kunduz kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga o„zgartirish kiritilgan, ya‟ni
juft so„z qismlari orasida –u (-yu) bog„lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha
qo„yiladi va juft so„z qismlari ajratib yoziladi, deb belgilab qo„yilgan.
Qiyoslang:
Kattayu kichik - katta-yu kichik
Tunu kun - tun-u kun
Elu yurt - el-u yurt kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |