44- mashq. Joy nomlarini bildiruvchi qo„shma otlarga 10 ta misol toping.
Ularning imlosini tahlil qilib bering.
45- mashq. Quyida berilgan juft so„zlarning qismlarini –u (yu) bog„lovchisi
yordamida bog„lab daftaringizga ko„chiring va ularni amaldagi yozuv asosidagi
imlosi bilan qiyoslang.
Arz-dod, aft-angor, aql-zakovat, katta-kichik, maza-bemaza, baxt-saodat,
bahs-munozara, bosh-oyoq, bog„-rog„, davr-davron, ko„cha-ko„y, yor-birodar, yosh-
qari, ona-bola, orzu-istak, jon-jahd, ilm-fan, kasb-hunar, xalta-xulta, chora-tadbir,
kibr-havo, mehr-oqibat, mol-dunyo, yakka-yolg„iz, nari-beri, tun-kun, ust-bosh,
yaxshi-yomon, qadr-qiymat, husn-jamol.
Bo‘g‘in ko‘chirilishi
Orfografiya qoidalariga ko„ra bir qatorga sig„may qolgan so„zning qismi
ikkinchi qatorga quyidagicha ko„chiriladi:
1. So„z qismlarga bo„g„inidan ajratib ko„chiriladi: tala-ba, ta-laba, mak-tab, ko‘ng-
il kabi.
2. Bir unlidangina iborat bo„lgan bo„g„in oldingi satrda qoldirilmaydi.
Shuningdek, keyingi satrga ham bir unlidan iborat bo„lgan bo„g„in ko„chirilmaydi:
o-naning emas, ona-ning, jamo-a emas, ja-moa, mudofa-a emas, mudo-faa kabi.
3. Bir tovushni ifodalaydigan harfiy birikmalar ajratilmay ko„chiriladi.
Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: Kґ-ngil, tong-gi, si-ngil; pome-shchik,
me-shchan; ma-shaqqat, ke-chuv, kech-qurun, tong-gi, so‘ng-ra, pome-shik, me-
shchan kabi.
4. Kirill yozuvidagi imloga ko‟raayirish, yumshatish belgilari oldingi bo„g„in
bilan qatorda qoldiriladi. Misollarni har ikki yozuv asosida qiyoslang: sur’-at –
sur’-at, sul-fat - sul-fat, raz’-yezd - raz-yezd, ma’-ruza - ma’ruza kabi.
5. Bosh harflardan tuzilgan qisqartma otlar, ko„p xonali raqamlar ikkinchi qatorga
bo„lib ko„chirilmaydi: O‘zMU, BMT, AKT, 155, 2003, XXIX kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |