6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot


gani, gudek, -gan, -gin, -gina


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana13.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1193709
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
6-amaliy

gani, gudek, -gan, -gin, -gina qo„shimchalari qo„shilganda aytilishiga mos holda 
emas asliga ko„ra yozilishi belgilab qo„yildi. Qiyoslang:
Kirill yozuvi asosida 
Lotin yozuvi asosida 
asli 
yozilishi 
asli 
yozilishi 


Barg+ga 
Teg+gan 
Eg+gani 
Tug+guncha 
Tog‟+ga 
BoІ+ga 
Cho‟g‟+ga 
Yoq+gunch

Sog‟+gani 
Barkka 
Tekkan 
Ekkani 
Tukkuncha 
Toqqa 
Boііa 
Cho‟qqa 
Yoqqunch

Soqqani 
B arg+ga 
Teg+gan 
Eg+gani 
Tug+gunc
ha 
Tog„+ga 
Bog„+ga 
Cho„g„+ga 
Yoq‟+gun
cha 
Sog„+gani 
Bargga 
Teggan 
Eggani 
Tugguncha 
Tog„ga 
Bog„ga 
Cho„g„ga 
Yog„guncha 
Sog„gani 
Tarkibi k yoki q undoshi bilan tugagan ko„p bo„g„inli so„zlarga egalik 
qo„shimchasi qo„shilganda k tovushi g kabi, q tovushi g‘ kabi aytiladi va shunday 
yoziladi: chelak+im>chelagim, istak+im>istagim; qishloq+im> qishlog‘im, 
o‘rtoq+im>o‘rtog‘im kabi. 
Ammo k yoki q undoshi bilan tugagan ba‟zi bir bo„g„inli hamda ko„p 
bo„g„inli so„zlarga egalik qo„shimchalari qo„shilganda ham yuqoridagi kabi 
o„zgarish bo„lmaydi: tok+i>toki, chek+im>chekim, o‘q+im>o‘qim, nok+i>noki, 
sirk+i>sirki, ittifoq+i>ittifoqi, tasdiq+i>tasdiqi kabi. 
Men, sen olmoshlariga –ning, -ni, -niki qo„shimchalari qo„shilganda bir n 
undoshi aytilmaydi va shunday yoziladi: men+ning>mening, sen+ning>sening, 
men+ni>meni, sen+niki>seniki kabi. 
 U, bu, shu olmoshlariga –da, -dan, -day, -ga, -cha qo„shimchalari 
qo„shilganda talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, 
bu+dan>bundan, 
shu+day>shunday, 
u+ga>unga, 
bu+cha>buncha, 
shu+cha>shuncha kabi. 
Fe‟lning orttirma nisbat qo„shimchasi –dir qo„yidagicha yoziladi: a) 
jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so„zlarga qo„shilganda –tir, shaklida 
yoziladi: 
bo‘shat+dir>bo‘shattir, ek+dir>ektirmoq, cho‘k+dir>cho‘ktirmoq, 
bo‘rt+dir>bo‘rttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi; b) jarangli undosh bilan tugagan 
bir bo„g„inli so„zlarga qo„shilganda –dir shaklida yoziladi: yoz+dir>yozdirmoq, 
bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel so„zi 
bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan ko„p 
bo„g„inli 
so„zlarga 
qo„shilganda 
–tir 
shaklida 
yoziladi: 
kiyin+dir>kiyintirmoq,cho‘mil+dir>cho‘miltirmoq,
sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir>uzaytirmoq kabi. 


39- mashq. Berilgan so„zlarning o„zak va qo„shimchalariga e‟tibor bering, 
so„z qismlarining o„zgarish sabablarini tahlil qiling. 
Anglamoq, og„zim, o„g„li, taroq, sanoq, burni, saylovchi, qurshov, tashuvchi, 
o„rnida, o„rnatmoq, sayroqi, ulg„aymoq, bag„ishlovchi, bo„yoqchi, ishlovchi, 
sarg„aymoq, qayroqi, o„quvchi, tergovchi, ikkovlon, sanamoq, atamoq. 
40- mashq.1- topshiriq. Berilgan so„zlarga g tovushi bilan boshlanadigan 
ga, -gan, gach, -gancha, guncha, -gani qo„shimchalaridan mosini qo„shib chiqing. 
So„z qismlarida sodir bo„ladigan o„zgarishlarga e‟tibor bering. 
2- topshiriq. Yuqoridagi topshiriqni kirill yozuvi asosida ham bajaring. 
Imlodagi farqlarni izohlang. 
Avlod, adabiyot, ayt, barg, bog„, chiq, boq, birik, ko„ylak, oshiq, terak, tug, 
teg, eshit, sog„, tog„, qishloq, yaproq, pedagog, miting, ayiq, arxeolog, belbog„, 
bodiring, bong, botqoq, bug„, tig„, vag„-vug„, yog„, dialog, kiprik, ek, tik, tuk. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling