6-mavzu. Grafika va Orfografiya haqida ma’lumot


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana13.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1193709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-amaliy

qo‘rqinchliroqbo‘lur, - dedi sekingina Behzod, - Sherning bo‘yni zanjirga itoat 
qilsa ham, yuragi aslo bo‘ysunmas, afsuski, bu oddiy haqiqatni idrok etmaydilar... 
(Oybek). 
31- mashq. Etimologik yoki grafik prinsip asosida yoziladigan so„zlarga 
misollar keltiring va izohlang. 
Unli fonemalarni ifodalovchi harflar imlosi 
Aa harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) old qator keng unlini ifodalash 
uchun: aka, ona, fan, mana, qalam, paxta kabi; b) ba‟zi so„zlarning tarkibida o ga 
moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: bahor>bohor, zamon>zomon, 
savol>sovol, gavda>govda, navqiron>novqiron, mart>mort, zal>zol kabi; d) ba‟zi 
so„zlarning tarkibida i ga moyilroq talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi: 
muomala>muomila, muhokama>muhokima, munosabat>munosibat kabi. 
 Oo harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) orqa qator keng unlini ifodalash 
uchun: oila, ona, ota, non, bahor, ma’no, oftob kabi; b) o„zlashma so„zlarda: o‘ ga 
yaqinroq: boks>bo‘ks, tonna>to‘nna, poezd>po‘ezd, opera>o‘pera kabi; a ga 
yaqinroq: agronom>agranom, gorizont>garizont, doklad>daklat; i ga yaqinroq: 


traktor>traktir, direktor>direktir, rektor>rektir kabi talaffuz qilinsada o harfi 
yoziladi. 
Ii harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) qisqa va old qator unlini ifodalash 
uchun: bilim, bilan, bir, biron, til kabi; b) urg„uli bo„g„inlardagi cho„ziq i unlisini 
ifodalash uchun: lirika, Navoiy, tarixiy kabi; d) q, x, g„ tovushlari bilan yonma-yon 
kelganda qisqa va qattiqroq aytiladigan i unlisini ifodalash uchun: qizil, qishloq, 
g„isht, xirmon kabi; e) rus tili orqali o„zlashgan so„zlarda ы fonemasini ifodalash 
uchun: vistavka, posilka, vishka kabi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling