6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbek yozuvi tarixi
6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: 1. O‘zbek yozuvi tarixi 2. Lotin yozuviga asoslangan yangi O‘zbek alifbosida fonemalarning ifodalanishi 3. Orfografiya. Yozuv tamoyillari 4. O`zbek adabiy tilining asosiy imlo qoidalari O‘zbek yozuvi tarixi Tarixiy obidalar va yodgorliklarga ko„ra O„zbek xalqi tarixda o„rxun-enasoy, so„g„d, xorazm, uyg„ur kabi yozuv turlaridan foydalanganligi ma‟lum. Jumladan, Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul-haqoyiq», Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asarlari uyg„ur yozuvida bitilgan. O„rta Osiyoda VIII – IX asrlarga kelib arab yozuvi tarqala boshlagan. XI asrda yaratilgan eng qadimgi yodgorliklar Yusuf Xos Hojibning «Qutadg„u bilig» asari, Mahmud Qoshg„ariyning «Devonu lug„otit - turk» asari ham arab yozuvida yozilgan. Qariyb 1200 yil qo„llanib kelingan arab yozuvida O„zbek xalqining Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al-Xorazmiy, Ulug„bek, Forobiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Cho„lpon, Fitrat kabi minglab allomalari o„z asarlarini yaratganlar. Arab yozuvi 1929 yilgacha qo„llanib kelingan. 1929 – 1940 yillar ichida lotin yozuvi asosidagi O„zbek yozuviga o„tilgan. 1940 yildan boshlab esa rus grafikasi asosidagi O„zbek yozuvi joriy etilgan. Hozirda shu yozuvdan foydalanib kelinmoqda. 1993 yil 2 sentabrda O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o„n uchinchi sessiyasida «Lotin yozuviga asoslangan O„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida» qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq O„zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan quyidagi 31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat O„zbek alifbosi joriy etildi: a, b, s, d, e, f, g, h, i, j, k, l, m, n, o, p, q, r, s, t, u, v, x, y, z, s, g, j , n, o, s, (‘) tutuq belgisi (apostrof). 1995 yil, 6 mayda O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Lotin yozuviga asoslangan O„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida»gi qonunga o„zgartirishlar kiritdi. Unda shunday deyiladi: O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentabrida qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan O„zbek alifbosini joriy etish to„g„risida»gi qonuniga (O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993 yil, 9-son, 331 modda) quyidagi o„zgartirishlar kiritilsin: 1. 1-moddadagi «31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan» so„zlari «26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan» so„zlari bilan almashtirilsin. 2. Cc. Jjharflari mustaqil harf belgisi sifatida alifbodan chiqarilsin. 3. Ōō harfi O„ o„ shaklida, Gg harfi G„g„shaklida, Єє harfi Sh sh shaklida, Zzharfi Ch ch shaklida, N n harfi Ng ng shaklida,Q harf belgisi q shaklida ifodalansin. 4. Aa, Ii, Gg, G„g„ Qq, O„o„, Zz harflari va Ch ch harflari birikmasining yozma shakli tegishlicha tarzida ifodalansin. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling