Ё-yo harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) so„z yoki bo„g„in boshida qo„llangan,
shuningdek
, o„zicha bo„g„in hosil qilgan yo fonemalar birikmasini ifodalash uchun: ѐш>yosh,
ёт>yot, ѐрдам>yordam, аёл>ayol, пиѐз>piyoz, тайѐр>tayyor kabi; b) rus tilidan o„zlashgan
ba‟zi so„zlarda o tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun: samolyot>samolot, schyot>schot,
rejissyor>rejissor, aktyor>aktor kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko„ra rus tilidan o„zlashgan bunday so„zlar o
harfi orqaliyoziladi. Qiyoslang: rejissyor-rejissor, suflyor –suflor kabi.
Ю-yu harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) so„z yoki bo„g„in boshida qo„llangan,
shuningdek
, o„zicha bo„g„in hosil qiladigan yu fonemalar birikmasini ifodalash uchun: юз>yuz,
юк>yuk, юрт>yurt, юлдуз>yulduz, уюшма>uyushma, июль>iyul, юрак>yurak kabi; b) rus
tilidan o„zlashgan ba‟zi so„zlarda u tarzida aytiladigan fonemani ifodalash uchun:
бюджет>budjet, брошюра>broshura, сюжет>sujet kabi.
lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko„ra bunday so„zlar u harfi orqali yoziladi.
qiyoslang: byudjet – budjet, broshyura - broshura, dyujina- dujina, dyuym - duym, syujet - sujet,
shlyuz - shluz, etyud– etud kabi.
Я-ya harfi quyidagi o„rinlarda yoziladi: a) So„z yoki bo„g„in boshida qo„llangan,
shuningdek
, o„zicha bo„g„in hosil qiladigan ya fonemalar birikmasini ifodalash uchun:
япроқ>yaproq, яхши>yaxshi, жияк>jiyak, суяк>suyak, яшил>yashil, ноябрь>noyabr kabi; b)
rus tilidan o„zlashgan ba‟zi so„zlarda bo„g„in o„rtasida kelib a tarzida aytiladigan fonemani
ifodalash uchun: октябрь>oktabr, сентябрь>sentabr kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalariga ko„ra bunday so„zlar a harfi orqali yoziladi.
qiyoslang: oktyabr - oktabr, sentyabr - sentabr, otryad - otrad, shlyapa – shlapa kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |