6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ii, Uu, Ee, O‘o‘, Aa, Oo
- Undosh fonemalarning ifodalanishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
Toshkent shahri 1995 yil 6 may LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O„ZBEKALIFBOSI Lotin yozuviga asoslangan yangi O‘zbek alifbosida fonemalarning ifodalanishi Unli fonemalarning ifodalanishi. Hozirgi o„zbek adabiy tilida unli fonemalar 6 ta, ularga alifboda 6 ta harf berilgan. Ular qo„yidagilar: Ii, Uu, Ee, O‘o‘, Aa, Oo. Lotin yozuviga asoslangan yangi O„zbek alifbosiga bir vaqtning o„zida ikkitadan fonemani ifodalay oladigan amaldagi e, yo, yu, ya harflarining o„rnini bosadigan yangi harflar kiritilmagan. Endilikda ularning tarkibidagi har bir fonema alohida-alohida harflar yordamida quyidagicha ifodalanadi: Kirillcha Lotincha e - ye - yer, yelkam, yetakchi kabi. yo - yo - yordam, yorqin, yosh kabi. yu - yu - yulduz, yumshamoq, yurmoq kabi. ya - ya - yaxmalak, yaxshi, yashin kabi. Undosh fonemalarning ifodalanishi. Hozirgi o„zbek adabiy tilida undosh fonemalar 25 ta. Ularga alifboda 20 ta harf va 3 ta harfiy birikma, jami 23 ta grafema berilgan. Yangi alifboda 2 ta harf, ya‟ni s va j harflarining har biri bittadan emas, ikkitadan fonemani ifodalaydi. Ya‟ni: s harfi: 1) sovuq, sovg‘a, soya kabi so„zlardagi til oldi sirg„aluvchi s fonemasini; 2) sirk, sement, silindr kabi rus tilidan o„zlashgan so„zlardagi til oldi qorishiq ts fonemasini. J harfi: 1) jamg‘arma, janub, javob kabi so„zlardagi til oldi, qorishiq dj fonemasini; 2) ajdar, gijda, jurnal kabi so„zlardagi til oldi sirg„aluvchi j fonemasini. Yangi alifboning o„ziga xos yana bir xususiyati shuki, alifbo sirasiga 3 ta harfiy birikma maxsus grafema sifatida kiritilgan. Demak, yangi alifbo faqat harflardangina emas, balki harfiy birikmalardan ham tarkib topgan. Bular: 1) til oldi sirg„aluvchi sh fonemasini ifodalovchi sh harfiy birikmasi: Alisher, shahar, shoh kabi; 2) til oldi qorishiq ch fonemasini ifodalovchi ch harfiy birikmasi: barcha, chashma, chek kabi; 3) sayoz til orqa, sonor ng fonemasini ifodalovchi ng harfiy birikmasi: jangovor, ko‘ngil, singil kabi. Rus tilidan o„zlashgan ba‟zi so„zlar tarkibida keluvchi til oldi, qorishiq ts fonemasi ts harfiy birikmasi bilan ham beriladi: konstitutsiya, litsey, militsiya kabi. Lekin u yangi alifbo sirasida maxsus grafema sifatida berilmagan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling