6-mavzu. Grafika va Orfografiya. Reja: O‘zbek yozuvi tarixi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana13.02.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1193773
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-maruza

Qiyoslang:
Kirill yozuvi asosida 
Lotin yozuvi asosida 
Asli 
yozilishi 
asli 
yozilishi 


барк+га 
тег+ган 
эк+гани 
туг+гунча 
тоғ+га 
боғ+га 
чўғ+га 
ѐқ +гунча 
соғ+гани 
баркка 
теккан 
эккани 
туккунча 
тоққа 
боққа 
чўққа 
ѐққунча 
соққани 
barg+ga 
teg+gan 
eg+gani 
tug+guncha 
tog„+ga 
bog„+ga 
cho„g„+ga 
yog„+guncha 
sog„+gani 
bargga 
teggan 
eggani 
tugguncha 
tog„ga 
bog„ga 
cho„g„ga 
yog„guncha 
sog„gani 
Tarkibi k yoki q undoshi bilan tugagan ko„p bo„g„inli so„zlarga egalik qo„shimchasi 
qo„shilganda k tovushi g kabi, q tovushi g‘ kabi aytiladi va shunday yoziladi: 
chelak+im>chelagim, istak+im>istagim; qishloq+im> qishlog‘im, o‘rtoq+im>o‘rtog‘im kabi. 
Ammo k yoki q undoshi bilan tugagan ba‟zi bir bo„g„inli hamda ko„p bo„g„inli so„zlarga 
egalik qo„shimchalari qo„shilganda ham yuqoridagi kabi o„zgarish bo„lmaydi: tok+i>toki, 
chek+im>chekim, o‘q+im>o‘qim, nok+i>noki, sirk+i>sirki, ittifoq+i>ittifoqi, tasdiq+i>tasdiqi 
kabi. 
Men, sen olmoshlariga –ning, -ni, -niki qo„shimchalari qo„shilganda bir n undoshi 
aytilmaydi va shunday yoziladi: men+ning>mening, sen+ning>sening, men+ni>meni, 
sen+niki>seniki kabi. 
 U, bu, shu olmoshlariga –da, -dan, -day, -ga, -cha qo„shimchalari qo„shilganda 
talaffuzda bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: u+da>unda, bu+dan>bundan, 
shu+day>shunday, u+ga>unga, bu+cha>buncha, shu+cha>shuncha kabi. 
Fe‟lning orttirma nisbat qo„shimchasi –dir qo„yidagicha yoziladi: a) jarangsiz undosh 
tovush bilan tugagan so„zlarga qo„shilganda –tir, shaklida yoziladi: bo‘shat+dir>bo‘shattir, 
ek+dir>ektirmoq, cho‘k+dir>cho‘ktirmoq, bo‘rt+dir>bo‘rttirmoq, uq+dir>uqtirmoq kabi; b) 
jarangli undosh bilan tugagan bir bo„g„inli so„zlarga qo„shilganda –dir shaklida yoziladi: 
yoz+dir>yozdirmoq, bil+dir>bildirmoq, ol+dir>oldirmoq, sur+dir>surdirmoq kabi. Ammo kel 
so„zi bundan mustasno: kel+dir>keltirmoq; v) jarangli undosh bilan tugagan ko„p bo„g„inli 
so„zlarga qo„shilganda –tir shaklida yoziladi: kiyin+dir>kiyintirmoq,cho‘mil+dir>cho‘miltirmoq,
sevin+dir>sevintirmoq, uzay+dir>uzaytirmoq kabi. 
Qo‘shma so‘zlarning imlosi 
 
 I. Quyidagi tarkibdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
1. Tarkibida xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxt, kam, umum, aro, rang, mijoz, sifat, 
talab kabi so„zlardan biri qatnashgan qo„shma ot va qo„shma sifatlar: ishxona, qabulxona
ma’lumotnoma, tabriknoma, sholipoya, g‘o‘zapoya, ommabop, xushxabar, hamdo‘st, hamsuhbat, 
orombaxsh, kamgap, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, izzattalab kabi. 
2. Ikkinchi qismi -ar (inkor shakli -mas) qo„shimchasi bilan tugaydigan qo„shma ot va 
qo„shma sifatlar: otboqar, o‘rinbosar, molboqar, beshiktervatar, tezoqar, ertapishar, 
tinchliksevar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi. 
3. O„xshash, qiyoslash asosida yuzaga keluvchi qo„shma otlar va qo„shma sifatlar: karnaygul, 
qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, bodomqovoq, devchechak kabi. 
4. Narsani biror belgisi asosida bildiruvchi qo„shma otlar: olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh
mingoyoq kabi. 
5. Narsani joyga nisbatan bildiruvchi qo„shma otlar: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, 
qashqargul kabi. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling