8. Ikkinchi qismi turdosh otlardan yoki
obod so„zi bo„lgan joy nomlari:
Sirdaryo,
Kattaqurg‘on, To‘rtko‘l, Yakkabog‘, Yangiobod, Xalqobod, Fayziobod kabi.
Ammo ikkinchi qismi atoqli otlardan bo„lgan joy nomlari ajratib yoziladi:
O‘rta Osiyo,
Yuqori Chirchiq, Qo‘yi Chirchiq, Ko‘hna Urganch kabi.
9. Rus tilidan aynan o„zlashgan yoki kal‟ka usulida hosil qilingan qo„shma so„zlar:
kinoteatr,
fotoapparat, elektroapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, suvosti, bayramoldi
kabi.
10. Qisqartma otlar qo„shib yoziladi: O„zMU (O„zbekiston Milliy Universiteti), O„zXDP
(O„zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi) kabi.
II. Chiziqcha bilan yozish.
1. Juft va takror so„zlar chiziqcha bilan yoziladi:
mehr-oqibat, katta-kichik, el-yurt, asta-sekin,
bordi-keldi, don-dun, mayda-chuyda, taq-tuq, qop-qop, baland-baland, chopa-chopa, yura-yura
ayrim-ayrim, borib-borib kabi.
Kirill yozuvi asosidagi imloga ko„ra agarda juft so„z
qismlari –u (yu) bog„lovchisi
yordamida bog„lansa chiziqcha qo„shilmaydi:
katta-kichik = kattayu kichik, el-yurt = elu yurt, or-
nomus = oru nomus, tun-kun = tunu kun, kecha-kunduz = kechayu kunduz kabi.
Lotin yozuvi asosidagi imloda esa bu qoidaga o„zgartirish kiritilgan, ya‟ni juft so„z
qismlari orasida
–u (-yu) bog„lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo„yiladi va juft so„z qismlari
ajratib yoziladi, deb belgilab qo„yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: