6-mavzu: Kredit tizimi. Kreditning turlari va shakllari Reja: Kredittizimi Kreditning turlari. Kreditning shaklari. Kredit tizimi


Download 100.08 Kb.
bet11/11
Sana04.02.2023
Hajmi100.08 Kb.
#1161914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маъруза матни 6-1

Судхўрлик кредити. Кредитнинг ўзига хос шакли. Хорижда бу тарихан кенг тарқалган кредит ҳисобланади. Амалда судхўрлик кредити Марказий банк томонидан тегишли литсензияга эга бўлмаган жисмоний шахслар, шунингдек хўжалик юритувчи субъектлар томонидан маблағларни вақтинча фойдаланишга бериш йўли билан амалга оширилади. Судхўрлик кредити ссуда фоизининг юқори ставкаси билан характерланади (120-180%). Миллий кредит тизими инфраструктураси ривожланиши ва ҳамма турдаги потентсиал қарз олувчиларга кредит ресурслардан фойдаланиш ҳуқуқини таъминлаш натижасида судхўрлик кредити ссуда капитали бозоридан йўқолади.
Mustahkamlash uchun savollar:


1. Kredit tizimi va uning tushunchasini tushuntirib bering.
2.Kreditning turlarini aytib bering.
3.Kreditning shakllarini aytib bering.
4.Kreditning tarmoq yo`nalishiga ko`ra turlarini aytib bering.
5.Kreditning takror qayta ishlab chiqarish jarayoni bosqichlariga xizmat ko`rsatishiga ko`ra turlarini aytib bering.
6.Kreditning kreditlash ob`ektlariga ko`ra turlarini aytib bering .
7. Kreditning ta`minlanganligiga ko`ra turlarini aytib bering
8.Kreditning muddatiga ko`ra turlarini aytib bering
9.Kreditning to`lovliligiga ko`ra turlarini aytib bering.
10.Kreditning shakllari: pul shaklidagi kreditlar; tovar shaklidagi kreditlar; aralash shakldagi kreditlarning ma’nosini tushuntirib bering.
11.Bank kreditini ma’nosini tushuntirib bering.
12.Tijorat kreditini ma’nosini tushuntirib bering.
13.Davlat kreditini ma’nosini tushuntirib bering.
14.Iste`mol kreditini ma’nosini tushuntirib bering.
15.Ipoteka kreditini ma’nosini tushuntirib bering.
16.Xalqaro kreditning ma’nosini tushuntirib bering.


Кейс «Ipoteka kredit»


Bugungi kunda respublikamizda 26 ta tijorat banki, ularning respublikamiz hududlari bo‘yicha 843 ta filiallari, 4 ming 200 dan ziyod mini-bank va maxsus kassalari aholi va yuridik shaxslarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarni shakllantirish va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish va takomillashtirish kabi ijtimoiy masalalarni moliyalashtirish respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan banklarning diqqat markazida turibdi.
Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning samarali yo‘llardan biri, bu - tijorat banklari tomonidan fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratishdir.
2014-yilning 1 iyul holatiga banklarimiz tomonidan aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining qoldig‘i 3,5 trln. so‘mni tashkil etib, shundan 711,9 mlrd. so‘mi yosh oilalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur kreditlarning umumiy hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trln. so‘mga oshgan bo‘lsa, so‘ngi uch yil mobaynida 3,4 barobardan ziyodga ko‘paygan.
Bundan tashqari qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan “Qishloq qurilish banki” tomonidan bank tashkil etilgandan buyon o‘tgan besh yil mobaynida qishloqlarda 33 557 nafar yakka tartibda uy-joy qurilishiga qariyb 2 trln. so‘mdan ziyod ipoteka kreditlari ajratildi.
2013 yil 16-17 aprel kunlari poytaxtimizda “Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o‘zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili” mavzuidagi xalqaro konferensiyada nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijlik mutaxassislar O‘zbekistonda qishloqlar qiyofasini o‘zgartirish va aholi hayotining sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlarga yuksak baho berib, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar havas qilishga arzigulik ekanini alohida e’tirof etdilar. Qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimiga 2009-2013 yillar davomida Osiyo taraqqiyot bankining 291,4 mln. dollari miqdoridagi mablag‘lari jalb etilgan bo‘lsa, joriy yilda 106,8 mln. dollar mablag‘lar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Муҳокама учун саволлар:

  1. Nima sababdan ipoteka kreditlari jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozini keltirib chiqarishga sabab bo’ldi?

  2. Mamlakatimizda ipoteka kreditini berish amaliyotida qanday muammolar mavjud?

  3. Nima deb o’ylaysiz, ipoteka kreditining xorij tajribasini qaysi jihatlarini mamlakatimizda qo’lasa bo’ladi?

Download 100.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling