- 1. Mehnat gigiyenasi haqida tushuncha
-
- Gigiyena—yunoncha sо‘zdan olingan bо‘lib, insonlar salomatligiga tashqi muhit omillari ta’sirini о‘rganadigan fandir. Mehnat gigiyeiasi - umumny gigiyena fanining bir bо‘lagi bо‘lib, mehnat jarayoni va ishlab chiqarish muhitining organizmga ta’sirini о‘rganadi hamda xodimlar sog‘ligini saqlash, ish qobiliyati va mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlaydigan gigiyenik va davolash-profilaktik tadbirlarni ishlab chiqadi.[17]
- Mehnat gigiyenasi quyidagi masalalarni о‘rganadi.
- 1. Ish jarayonida organizmda sodir bо‘ladigan fizologik о‘zgarish va mehnat qilish qobiliyatini aniqlash, shu asosda oqilona mehnat qilishi va dam olish tartibini belgilaydi.
2. Korxonada fizikaviy, kimyoviy, bakterologik, radiologik omillarning xodimlar organizmga ta’sirini о‘rganish natijasiga qarab, ularning aniq meyorlarini ishlab chiqadi. - 2. Korxonada fizikaviy, kimyoviy, bakterologik, radiologik omillarning xodimlar organizmga ta’sirini о‘rganish natijasiga qarab, ularning aniq meyorlarini ishlab chiqadi.
- 3. Texnologik jarayonlarni о‘rganib, ish joylarining jihozlanishi haqida tavsiyalarni joriy etadi.
- 4. Ish jarayonidagi omillar sababli xodimlar о‘rtasida kasallanishlarni aniqlab, tegishli profilaktik tadbirlarni tadbiq etadi.
Ishchi salomatligiga salbiy ta’sir qiladigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan kasbiy zararlarni 3 guruhga bо‘lish mumkin. - Ishchi salomatligiga salbiy ta’sir qiladigan va ish qobiliyatini pasaytiradigan kasbiy zararlarni 3 guruhga bо‘lish mumkin.
- 1. Mehnatni notо‘g‘ri tashkil qilishga aloqador omillar-asab tizimining ortiqcha zо‘riqishi; tananing uzoq vaqt bir vaziyatda bо‘lishi; harakat organlari va ayrim sezgi a’zolarning ortiqcha zо‘riqishi; notо‘g‘ri mehnat tartibi va h.k.
- 2. Ishlab chiqarish jarayoniga aloqador zararlar- fizikaviy omillar; (noqulay mikroiqlim, atmosfera bosimining о‘zgarishi va boshqalar); kimyoviy va fizik-kimyoviy omillar; (chang, gaz, buron, va h.k); biologik omillar (mikroorganizmlar, gijja tuxumlari, viruslar, bakteriyalar va boshqalar); radiologik omillar va hokazo.
- 3. Mehnat sharoitiga aloqador zararlar. Bunga havo almashinishi, yoritilish, ish joyi hajmi, shovqin , titrash, zararli nurlar va h.k kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |