Zaharli birikmalar, tashqi muhit harorati oshishi bilan gaz holidagi fizikaviy-kimyoviy xossalari jadallashadi, ayni paytda organizmdagi fiziologik о‘zgarishlar ham (moddalar almashinuvi, yurak-qon tomir sistemasi, ajratuv a’zolar va boshqalar) jadal kechadi. Shuning uchun ham havoda zaharli birikmalarni meyoridan oshirmaslik va xodimlarni esa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash katta axamiyatga ega. - Zaharli birikmalar, tashqi muhit harorati oshishi bilan gaz holidagi fizikaviy-kimyoviy xossalari jadallashadi, ayni paytda organizmdagi fiziologik о‘zgarishlar ham (moddalar almashinuvi, yurak-qon tomir sistemasi, ajratuv a’zolar va boshqalar) jadal kechadi. Shuning uchun ham havoda zaharli birikmalarni meyoridan oshirmaslik va xodimlarni esa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash katta axamiyatga ega.
- Har qanday kimyoviy birikma organizmga qanchalik ta’sir kо‘rsatishi uning kimyoviy tuzilishidan tashqari, bir qancha shart-sharoitlarga, ya’ni moddaning kimyoviy va fizikaviy xossalari, har bir shaxsning о‘ziga xos holati, asab tizimining xususiyati, yoshi, jinsi, salomatligi, kimyoviy moddaga chidamliligi va boshqa omillarga ham bogliq.
Kimyoviy moddalarning ba’zi birlari organizmga surunkali ravishda tushib turadigan bо‘lsa, organizm о‘sha moddalar ta’siriga о‘rganib qolishi mumkin. Ish yuqori haroratda va namlikda bajarilganda, buning ustiga og‘ir jismoniy kuch talab qilinsa, kimyoviy birikmalarning zaharli ta’siri ortadi, oqibatda zaharlanish yoki organizmning qarshilik kо‘rsatkich kuchi susayib, kasallikka moyil bо‘lib qoladi. - Kimyoviy moddalarning ba’zi birlari organizmga surunkali ravishda tushib turadigan bо‘lsa, organizm о‘sha moddalar ta’siriga о‘rganib qolishi mumkin. Ish yuqori haroratda va namlikda bajarilganda, buning ustiga og‘ir jismoniy kuch talab qilinsa, kimyoviy birikmalarning zaharli ta’siri ortadi, oqibatda zaharlanish yoki organizmning qarshilik kо‘rsatkich kuchi susayib, kasallikka moyil bо‘lib qoladi.
- Korxonada kimyoviy birikmalar sekin-asta ta’sir qilishi surunkali zaharlanishni va patologik о‘zgarishlar rivojlanishiga olib keladi. О‘z vaqtida tibbiy kо‘rikdan о‘tib turilsa, kasallikni ancha barvaqt (patologik о‘zgarishlar uncha rivojlanmagan vaqtda) aniqlash va о‘z vaqtida tibbiy yordam kо‘rsatilishi mumkin bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |