6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja


Badiiy nutqda aniqlikning o‘ziga xosligi


Download 56.04 Kb.
bet10/10
Sana06.04.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1330663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-Ma\'ruza (2) (2)

3.Badiiy nutqda aniqlikning o‘ziga xosligi.
Bu uslubda yozilgan asarlar tilning ikki xil vazifasi bilan bog‘langan. Birinchidan, xabar berish vazifasi, ikkinchidan, ta’sir qilish vazifasi. Bunda ikki vazifaning birligi va qo‘shilmasini ko‘ramiz. Bunda tematik va uslubiy chegaralanish yo‘q. Badiiy nutq uslubida adabiy til normalaridan chekinish hamma uslubning materiallaridan foydalanish mumkin. Bu uslubda ma'lum janr va maqsadga qarab adabiy til so‘zlari ham, arxaik so‘zlar ham, kasb- hunarga doir so‘zlar ham, maxsus atamalar ham ishlatiladi.
Badiiy nutq uslubining ayrim xususiyatlari mavjud:

  1. So‘z tartibida adabiy til me'yoridan chekinish ko‘p uchraydi: - O‘zida xorg‘inlik sezmadi, har kungiday (A. Muxtor).

  2. Ritorik so‘roq gaplar, his-hayajon gaplar, vokativ gaplar, undov so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi: Bolani kim sevmaydi? Nomimni tilingga olma, e olchoq! (G‘. G‘ulom).

  3. Har bir mavzu bilan bog‘liq holda ilmiy-texnik atamalar nisbatan kam qo‘llaniladi.

  4. Badiiylik vazifasiga xizmat qiluvchi ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralar, frazeologizmlar, badiiy tasvir vositalari ko‘p ishlatiladi: ona suti og‘zidan ketmagan, biti to‘kildi, bijib yotibdi, yo‘ldan chiqarmoq, bozor ko‘tarmaydi.

  5. Til materillaridan foydalanishda «ortiqchalik»ning bo‘lishi: oq sut birikmasidagi oq so‘zi ortiqcha, lekin u shu birikmada uslubiy vazifa bajaradi: Hurmat ayla oq sut bergan onangni («Sharq yulduzi»).

Xullas, yuqorida ko‘zdan kechirgan uslublar bir-biri bilan aloqador.
Har bir vazifaviy uslubning o‘ziga xos til xususiyatlarini bilish, uni ongli o‘zlashtirish, egallash nutq madaniyatini ko‘tarish uchun ahamiyatli ekani shubhasizdir.
Nutq madaniyati bilan nuqtai uslublar teng hodisa emas. Ammo ular biri ikkinchisini to‘ldiradi va bir-biri bilan o‘zaro aloqador lisoniy hodisalardir.
Aniqliy sifati badiiy nutqda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi, chunki badiiy asar, ma’lumki, badiiy tafakkur mahsulidir. Yo‘l-yo‘lakay ko‘rib o‘tilganiday, badiiy nutqda obrazlilik birinchi planda bo‘lganligi uchun so‘z ma’nosidagi siljishlar, ko‘chishlar ko‘p kuzatiladi. So‘z va u ifodalagan predmet o‘rtasidagi mutanosiblik badiiy nutqda ko‘pincha ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmaydi. Badiiy nutq o‘zining ta’sir etishdan iborat asosiy maqsadiga erishish uchun so‘zning turlicha qo‘llanishi, tovlanishi, turlanishi, xilma-xil ma’nolarni ustiga olishiga keng imkoniyat yaratadi.
O‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” degan romani bor, ammo, aniqki, roman ikkita eshik va ularning orasidagi masofa haqida emas. Neytral nutq nuqtai nazaridan qaralsa, mazkur birikma aynan shu ma’noni ifodalaydi, ammo badiiy nutqda bu birikma umrning qisqaligini ifodalovchi o‘ziga xos benihoya aniq obraz.
Badiiy nutqda so‘zlar o‘z va hatto ko‘chma ma’nolaridan tashqari ham o‘ziga xos yangidan-yangi ma’no qirralarini kasb etishi va shu tarzda badiiy tasvirning yanada aniqligini ta’minlashi mumkin. Mana bu jumlaga e’tibor beraylik: Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham no‘qtalab oldi (Cho‘lpon, “Kecha va kunduz” romani). Bu gapdagi g‘ururning kaltaklanishi va kular yuzini no‘qtalamoq birikmalaridan ajratilgan so‘zlar kasb etgan ma’no nozikliklari (g‘ururni azobli darajada poymol qilish, keskin va tamoman to‘xtatmoq) bilan matnga ham aniqlik, ham ta’sirchanlik baxsh etgan.
Neytral nutqda Qor yonadi deyilsa, nutqning aniqligi buzilgan bo‘ladi, chunki qor yonmaydigan narsa. Bunda til va voqelik mutanosibligi tamoman muvozanatdan chiqqan bo‘ladi. Zakiy tilshunos A.Rustamov tavsiflaganiday, Qalovini topsang, o‘tin yaxshi yonadi deyish mumkin, bu bilan to‘la ravishda qoniqmaydi. Uning tab’idagi go‘zallikka bo‘lgan ehtiyoji shu gapni go‘zallashtirishni talab qila boshlaydi. Bu bir yo‘q buyumning oldin o‘zini yasab, keyin uni chiroyli qilishga bo‘lgan intilishning aynan o‘zi. Shu talab bilan o‘tin so‘zini qor so‘zi bilan almashtiradi-da, Qalovini topsang, qor yonar deydi. Shu bilan u mazkur gapga go‘zal tus beradi. Eshitganlarga bu yoqada. Kishi o‘ziga yoqqan narsani yo‘qotmaslikka harakat qiladi va xalq buni maqol qilib asrab yuradi. Bunday holatda ta’kidlangan til va voqelik mutanosibligi o‘ziga xos badiiy bir shaklda namoyon bo‘ladiki, bu o‘rinda uning buzilishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Badiiy nutqda so‘z ijodkorning uslubi, tarixiy davr, adabiy oqim va yo‘nalishlarga bog‘liq holatda mavjud ma’nosidan farqli ma’nolar olishi, muayyan tushunchalarning obrazi yoki ramziga aylanishi ham mumkin. A.Rustamov bu munosabat bilan shunday yozadi. Mayu mayxona va soqiyu paymona kabi so‘zlarning klassik adabiyotda istiora sifatida qo‘llanishini bilmaganlar, masalan, Navoiyning:
Zohid, senga huru menga jonona kerak,
Jannat senga bo‘lsun, menga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa, to‘la yana kerak
degan ruboiysini o‘qiganda, Navoiy ichkilik tarafdori ekan, degan xulosaga kelishi mumkin. Ko‘pgina yoshlarimiz Sharq adabiyoti klassiklarining she’rlarini o‘qiganda, may sharob kabi so‘zlarning istiora sifatida qo‘llanishini hisobga olmaslik natijasida ichkilik va klassik shoirlarimizning ichkilikka bo‘lgan munosabati haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘ladilar... May so‘zi haqiqat ma’rifati, unga bo‘lgan ishqu muhabbat va uni idrok qilgandagi lazzatni bildiradi... Navoiy ...mayxona deganda ichkilikxonani emas, haqiqat oshiqlarining vaslgohini nazarda tutgan. May va mayxonaning ramziy ma’nolari ayon bo‘ldi. Navoiyning Menga mayxona kerak deganda uning qovoqxona yoki vinoxona, umuman, ichkilik bor joyni nazarda tutmagani ma’lum bo‘ldi. Navoiy o‘z salaflari singari mayxona deb ma’rifat hosil bo‘ladigan yerni tushunar va uni jannatdan afzal ko‘rar ekan.
Nutqning aniqligi sifatida badiiy nutqda mutlaqo o‘ziga xos tarzda, obrazning aniqligi va o‘rinliligi tarzida namoyon bo‘ladiki, bu badiiy adabiyotning mohiyati bilan bevosita aloqadordir.
Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling