6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja
Download 56.04 Kb.
|
6-Ma\'ruza (2) (2)
Simvol. Simvol (ramz) o‘xshatish, istioraning o‘ta barqarorlikka erishishi oqibatida vujudga keladi. Simvolda narsa va voqealar o‘rtasidagi shartli o‘xshashlik barqaror tushunchalarga aylanadi.
Masalan: Oq rabotga ketadigan katta yo‘l yaqinida, umrbod yorug‘lik uchun kurashuvchilar o‘tiribdi (Sh.Toshpo‘latov). Bunda yorug‘lik so‘zi ozod, baxtli hayot, baxt ramzi sifatida ishlatilgan. Zamondan ming yil orqada qolgan qora johillar xoin qalamlari bilan komunizmga xujum qildilar (Oybek). Misolimizda qora so‘zi eskilikni himoya qiladigan, reaktsion kuchlar ramzi sifatida qo‘llanilgan. O‘xshatish. Barcha troplarda ikki narsa bir-biriga o‘xshatiladi va chog‘ishtiriladi. Shunday umumiylik xususiyati o‘xshatishda mavjud. O‘xshatishda so‘zlar to‘g‘ri va ko‘chma ma'noda ham qo‘llaniladi. O‘xshatishda ikki predmet yoki voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, konkretroq, bo‘rttiribroq ko‘rsatiladi. Masalan: Osmon bo‘yi tog‘lardan Burgutday ko‘chib o‘tdi (H.Olimjon). O‘xshatishning boshqa troplardan farqli tomoni shundaki, unda doima o‘xshatilgan predmet, o‘xshatiladigan predmet, asos va o‘xshatish vositasi mavjud bo‘ladi: Tog‘lardagi qip-qizil lola Bo‘lib go‘yo yoqut piyola (H.Olimjon). Misolimizda ko‘rsatilgan predmet - lola, o‘xshatiladigan predmet piyola, asos - yoqut va o‘xshatish vositasi - go‘yo. Obrazli so‘z qo‘llash turlaridan biri o‘xshatish quyidagi vositalar bilan hosil qilinadi: -dek, -day, -vash qo‘shimchalari bilan: Ro‘parada ko‘zday juft turgan ikkita qip-qizil chiroq biri yonib, biri o‘chib g‘ashini keltirardi (P.Qodirov). O‘sha tovuqning katagidek uyingda lo‘livash xotining bilan yashab turibsanmi? («Sharq yulduzi»). Guyo bog‘lovchisi bilan: Tojiboy kirib keldi. Guyo bu erda hech kim yo‘qday, o‘tirganlar bilan salomlashmay, kekkayib borib o‘z o‘rniga o‘tirdi (P.Tursun). Bamisoli ravishi bilan: Jahon bamisoli badan bo‘lsa, Xirot unga nisbatan jondir (Oybek). Kabi ko‘makchisi bilan: Baxtli onlar umr tunida yulduzlar kabi chaqnaydi, ular yurakka totli hasrat va yupatish bag‘ishlab imlaydi (Oybek). Misli ravishi bilan: Qalbini bir og‘ir g‘am o‘rtardi misli otash (H.Olimjon). Misoli ravishi bilan: -Paxta bozori misoli qaynab toshgan bir daryo (Oybek). Singari ko‘makchisi bilan: Men ham sen singari yigirma ikki yoshimda qaynab, toshib yurgan kezlarim edi (M.Ismoliliy). Yanglig‘ ravishi bilan: Barot polvon bilan G‘ulomjon ham Zamon yanglig‘ shay bo‘lib turardi (M.Ismoiliy). Bog‘lanishli nutq va badiiy matnlarni ko‘zdan kechirsak, ularda metaforali o‘xshatishni, metanimiyali o‘xshatishni, ironiyali o‘xshatishni, mubolag‘ali o‘xshatishni, litotali o‘xshatishni uchratamiz. Xullas, troplar nutq ifodaliligini oshirishda samarali qo‘llaniluvchi hodisadir. Nutqning umumiy hissiy ta'sirini oshirish uchun xizmat qiluvchi vositalar uslubiy figuralar sanaladi. Uslubiy figuralar va troplar bir - birlarini to‘ldiradi, biri-ikkinchisiga aniqlik kiritadi. Takror, antiteza, gradatsiya, ellipsis, jim qolish, ritorik so‘roq, bog‘lovchisizlik, ko‘p bog‘lovchililik uslubiy figuralarning ko‘rinishlari sanaladi. Ular nutqda ifodalilikni kuchaytirish uchun foydalaniladi. Ifodalilik, obrazlilikdan o‘rinli foydalanish faqatgina yozuvchilargagina xos bo‘lmay, notiqlar nutqida ham asosiy vosita sifatida xizmat qiladi va nutqning psixologik madaniyatini oshiradi. Download 56.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling