6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja


Download 56.04 Kb.
bet4/10
Sana06.04.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1330663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-Ma\'ruza (2) (2)

Ironiya. Troplarning ichida ironiyali so‘z qo‘llash alohida o‘rin tutadi. Ironiya nutqda inkor etish usullaridan biri bo‘lib, biror shaxs yoki narsa ustidan kesatish, qochiriq vositasida yashirin kulishdir. Shuning uchun ham ironiyaning muhim belgisi so‘z yoki iboraning hamma vaqt ikki ma'no-ottenkasida bo‘lishidir. Haqiqiy ma'nodagi so‘z yoki iboraning teskari ma'nosi orqali anglashilishida ironiya namoyon bo‘ladi.
Bunda ikki holatni ko‘rish mumkin: Birinchidan, har bir so‘zni tor ma'noda qo‘llash, ya'ni ijobiy ma'noni ifodalovchi so‘zni salbiy ma'noda qo‘llash. Bu narsa bog‘lanishli nutq va kontekst ixtiyoriga o‘tgach, so‘z o‘zining bosh ma'nosiga qarama - qarshi ma'noni ifodalashga xizmat qiladi. So‘zning nominativ va kontekstual ma'nosining to‘qnashuvi natijasida uslubiy jihatdan ironiyali qo‘llash namoyon bo‘ladi. Masalan, yigitcha, xonim, mulla, olijanob so‘zlarining nominativ ma'nosi ijobiy ottenkani ifodalaydi. Lekin kontekstta ironiyali ma'no ottenkasini beradi. Oybekning «Qutlug‘ qon» romanida Yormatning Yo‘lchiga qaratilgan quyidagi so‘ziga e'tibor bering: Boshing sog‘ bo‘lsa, hali Toshkentda ko‘p ajoyib ishlarni ko‘rasan, yigitcha!.. Alimov (ironiya bilan). Xonim, haroratingiz balandmi, deymanda (Uyg‘un).
Ikkinchidan, so‘zlar keng ma'noda so zlovchining voqelikdagi predmet va hodisalarga ijobiy yoki neytral munosabatini ifodalasada aslida uning salbiy bahosini bildiradi. Baho xarakteridagi fikrning mazmuni kontekstdan va xabar mundarijasidan bilinadi. Masalan: Bo-o xudo! Ammangga ham amal tegib qolgan. Kechayu kunduz churvaqalar bilan o‘ralashgani-o‘ralashgan (X.Nazir). Sovuq kunda senga boshim qorong‘i edimi? («Yoshlik»).
Xullas, nutqda ironiyali so‘z qo‘llashda intonatsiya muhim rol o‘ynaydi.
Ironiyaning antifraza va sarkazm kabi ko‘rinishlari mavjud.
Antifrazada bir shaxs yoki predmetga xos bo‘lgan u yoki bu ijobiy xususiyat qo‘lgili intonatsiya bilan inkor qilinadi. Masalan, A.Qahhor o‘zining bir hikoyasida farishta, qiyomatli singil so‘z va birikmasini o‘z ma'nosiga qarshi qo‘yadi hamda uning nominativ ma'nosini inkor etadi: MullaNorqo‘zi safarga ... ketishidan bir kun ilgari xotiniga aytib, o‘sha farishtani oldirdi va o‘rta eshik oldiga borib qiyomatlik singlisidan iltimos qildi (A.Qahhor).
Sarkazmda so‘z ko‘chma ma'noga ega bo‘lmasa-da unda so‘zlovchining predmet, voqea-hodisaga munosabati achchiq kulgi, ta'nasi orqali ifodalanadi. Masalan: Anvar dor ostida turgan paytida iljayib turgan Abdurahmon domlaga ko‘zi tushdi va achchiq istehzo bilan dedi: kuling, domla, kuling, siz kishilar ustidan kulishni o‘zingizga huzur deb bilasiz (A.Qahhor).
Giperbola. Narsa-predmet, voqea-hodisalarning belgi xususiyati, holatini o‘ta bo‘rttirib tasvirlash, mahovat qilib ko‘rsatish giperbola (mubolag‘a) sanaladi.
Og‘zaki ijod turlaridan bo‘lgan lof mubolag‘a asosiga qurilgan. Lof og‘zaki va yozma adabiyotning barcha janrlarida o‘z naqshiga ega.
Masalan, «Chambil kanali» dostonida Go‘ro‘g‘libekning har tuki choponlarini teshib o‘tdi, yuragi toshdi, aqli shoshdi, qon qib Chambil dashini kabi mubolag‘ali iboralarni uchratamiz.
Yoki: -Usta Mamat, mabodo daryoga o‘t ketib, suvlar jizg‘in- pizgin bo‘lib ketsa, bechora baliqlar nima qilarkin-a? - Shunga ham tashvishmi, pir etib daraxtga qo‘nadilarda! («Askiya»).
Yoki: Og‘ir sezilardi ko‘zga kipriklar,
Xuddi yo‘lni to‘sgan qalin o‘rmondek (H.Olimjon).
Meyozis. Narsa-predmet, voqea-hodisa yoki belgilarning hajmi, kuchi kabilarni kamaytirib ko‘rsatish meyozis sanaladi. Masalan, yaxshi o‘rnida yomon emas, ko‘p o‘rnida oz emas, sovuq o‘rnida issiq emas, semiz o‘rnida arriq emas, uzun o‘rnida qisqa emas, kech o‘rnida erta emas shakllari qo‘llaniladi.
Ba'zan nutqda hayotiy faktlar o‘z borligicha emas, balki giperbola (mubolag‘a) va meyozis (kichraytirish) kabi usullar bilan talqin etiladi.
Masalan: -Bu yil qishlog‘imiz dehqonlan rosaboyib ketishdi.Har bir tarvuz ellik kilodan ortiq keladi.
-Bizning qishloqda bunaqa tarvuzlarni mosh dcyishadiyu! Sizga bir gilamni sovg‘a qilib keltirdim, uning bir uchi bu yerda bo‘lsa, ikkinchi uchi Samarqandda turibdi.
-Rahmat, yaxshi qilibsan, mehmonxonadagi gilamning ozgina yeriga o‘t tushib kuygan edi, sen sovg‘a qilgan gilamni o‘shangn уamoq qilaman. («Askiya»).
Meyozis mo‘tadillikdan pastki holatga tushirish ekan, uni litota, tifrit atamalari bilan ham ataydilar.
Nutqda biror narsa, voqea va belgini kichraytirib, zaiflashtirib tasvirlash jarayonida litota usulidan foydalaniladi. Masalan:
Bu so‘zning mazmuni shu qadar issiq, quyosh bir kichik sham uning yonida (Uyg‘un).
Misolimizda tinchlik so‘zining mazmuni shu qadar issiqki, uning oldida quyosh bir kichik shamga tenglashtiriladi.
Obrazli so‘z qo‘llashning xususiy hodisa hisoblanmish turlari ham mavjud: epitet, simvol, jonlantirish, apostrofa, sinekdoxa, perifroza, allegoriya, antifroza, sarkazm, litota kabilar. Bular metafora, metanomiya, ironiya, giperbola ,meyozis bilan u yoki bu darajada aloqadorlikka egadir.

Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling