6-Mavzu: Nutqning ifodaliligi va boyligi. (2 soat) Reja


-mavzu: O‘qituvchi nutqining mantiqiyligi va aniqligi. (2 soat)


Download 56.04 Kb.
bet9/10
Sana06.04.2023
Hajmi56.04 Kb.
#1330663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-Ma\'ruza (2) (2)

7-mavzu: O‘qituvchi nutqining mantiqiyligi va aniqligi. (2 soat)
Reja:
1.Mantiqiy fikrlash shakllari va usullarini o‘rganuvchi fan;
2. Aniqlik nutqning asosiy komminikativ sifatlaridan biri ekanligi;
3. Badiiy nutqda aniqlikning o‘ziga xosligi.
Mavzu bo‘yicha tayanch atamalar: Nutqning mantiqiyligi, nutqning aniqligi, dialektiv mantiq, rasmiy mantiq, e’tirof, qarama-qarshilik, inkor etish, solishtirish, analiz, sintez, abstraklash, umumlashtirish.
Adabiyotlar:
1.Begmatov E., Boboyeva A., Asomiddinova M., Umrqulov B. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari.
2.B.O‘rinboyev., A.Musayev. O‘zbek nutqi madaniyati asoslari (o‘quv qo‘llanma). Jizzax, 2005.
3. N.Mahmudov O‘qituvchi nutq madaniyati. Toshkent, 2007.
4. B.O‘rinboyev. O‘zbek tilshunosligi tarixi. Samarqand, 1999.
5. B.O‘rinboyev., A.Musayev. Umumiy tilshunoslik (uslubiy qo‘llanma). Jizzax, 2010.
6. U.Tursunov., B.O‘rinboyev. O‘zbek adabiy tili tarixi. Toshkent, 1998.
7. Qo‘ngurov R. v b. Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari. T., O‘qituvchi 1982.
8. G‘ulomov A. Qobilova B. Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari. T., O‘qituvchi.1995.


1.Mantiqiy fikrlash shakllari va usullarini o‘rganuvchi fan.
Mantiq fikrlash qonunlari, shakllari va usullarini o‘rgatuvchi fandir. Mantiq fikr, o‘y, nutq demakdir.
Shunday ekan, mantiq ilmini bilmasdan turib, nutqda to‘g‘ri fikrlilikka erishish qiyin. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan taqdirdagina uning ta'sirchanligi kuchli bo‘ladi. Mantiq fani har bir narsaga sinchkovlik bilan qarashga, har bir voqeaga to‘g‘ri baho bera bilishga, shu yo‘l bilan nutqni muntazam va izchil bera bilishga, fikrni isbotlashga o‘rgatadi.
To‘g‘ri fikr yuritishning asosiy va zaruriy xususiyatlari aniqlik, izchillik hamda dalillilikdir. Har bir to‘g‘ri fikrlashda rasmiy va dialektik mantiq mavjud.
Dialektik mantiq ijtimoiy voqelikni chuqur tahlil qilish, uning tub moxiyati va tarixiy rivojlanish qonunlarini ochib beradi.
Rasmiy mantiq tafakkurning to‘rt qonuni - e'tirof qonuni, qarama- qarshilik qonuni, uchinchisini inkor etish qonuni, yetarli asos qonuni yordamida fikrning izchil va asosli bo‘lishini o‘rganadi.
Rasmiy mantiq qonunlarito‘g‘ri tafakkurning majburiy shartidir. Rasmiy mantiq qonunlarini mukammal bilmasdan dialektik. fikrlash usullarini egallash ham mumkin emas.

  1. E'tirof qonuniga ko‘ra, narsa haqidagi har bir to‘g‘ri fikr yoki tushuncha shu predmet ustida fikr yuritish jarayonida muhokama va xulosa aynan va bir ma'noda ishlatilmog‘i lozim. Bu qonunni bilib olish notiq nutqidagi fikrlarning aniq va ravshan bo‘lishida katta ahamiyatga egadir.

Nutq to‘g‘ri bo‘lishi uchun fikrlar aniq va muayyan, bir-biriga izchil bog‘langan bo‘lishi lozim, fikr yurgizilayotgan mavzudan chetga chiqmaslik lozim, mazmunida mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, dudmal gaplar bo‘lmasligi kerak. Hukm va xulosalar asosli bo‘lmog‘i lozim, yo‘qsa, ular ishonarli bo‘lmay qoladi. Tushunchalarni aralashtirib yuborish, ularni turli ma'noda ishlashitish, mujmal, betayin hukmlarga, xato xulosalarga olib keladi.

  1. Qarama-qarshilik qonuni. Rasmiy mantiqning mazkur qonuni fikrlashda mantiqiy qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslikni talab etadi. Chunki ayni bir fikr haqida aytilgan ikki qarama-qarshi fikr ayni bir vaqtning o‘zida, ayni bir nisbatda va ayni bir munosabatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin emas. Masalan, ayni bir paytda bir kishi haqida «bu kishi sahiy» deyish bilan birga «bu kishi xasis» deyish mumkin emas.

Muhokama yuritishdagi mantiqiy qarama-qarshilik o‘sha muhokamaning asossizligidan dalolat beradi. Lekin ayni bir masala yuzasidan turli vaqtda, turli nisbatda va turli munosabatda ikki qarama- qarshi fikrni aytish mumkin. Masalan, ma'lum bir ekinzor uchun turli vaqtda yomg‘irning foydasi to‘g‘risida «foydasi bor» deyish ham, «foydasi yo‘q» deyish ham mumkin. Garchi bu ikki fikr bitta dalasi ustida borsa ham, ular o‘rtasida qarama-qarshilik yo‘q.

  1. Uchinchisini inkor etish qonuni. Rasmiy mantiqning mazkur qonuni qarama-qarshi hukmlarga tadbiq qilinadi. Chunki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki hukmdan biri hamisha chin bo‘lib, ikkinchisi xatodir, uchinchisining bo‘lishi mumkin emas. Biri qandaydir bir narsani tasdiqlovchi, ikkinchisi shu narsani inkor etuvchi yakka hukmlar, zid hukmlar bo‘lishi mumkin. Masalan, «Ismatjon savdo institutining talabasi», «Ismatjon savdo institutining talabasi emas». Bu hukmlardan biri chin bo‘lib, ikkinchisi xatodir, uchinchisi o‘rtacha hukmning, bo‘lishi mumkin emas. Agar Ismatjon pedagogika institutining talabasi bo‘lganida ham unga uchinchi hukmning hojati yo‘q, ikkinchi hukm yetarlidir.

  2. Yetarli asos qonuniga ko‘ra har qanday ya’ni fikr asosli bo‘lmog‘i zarur.

Moddiy dunyodagi har qanday hodisaning sababi, o‘z real asosi bor. Biror hodisa, voqea haqidagi hukmlarning asossizligi tafakkurimizning mantiqsizligini ko‘rsatadi. To‘g‘ri tuzilgan nutq, yozma ma’ruza, maqola, ish va boshqalarda aytilgan fikrlarning isboti uchun hamisha amalda sinalgan va to‘g‘ri deb tan olingan qonun- qoidalardan dalillar, faktlar keltiriladi va shular bilan asoslab beriladi.
Nutqning e’tirofli, qarama-qarshiliksiz, izchil va asosli bo‘lmog‘i uchun yuqoridagi qonunlar o‘zlarida zaruriy talablarni ifoda etgan bo‘lib, har bir voqelikka aniq sharoitda yondoshgan holda xulosa chiqarishga da’vat etadi. Rasmiy mantiq qonunlariga rioya qilmasdan chinakam bilimga ega bo‘lish mumkin emas, shu singari nutqning haqqoniyligini ta’min etishda mantiqiy fikrlash usullaridan ham foydalanish zarurdir.
Solishtirish, analiz, sintez, abstraktlash va umumlashtirish mantiqiy fikrlash usullari sanaladi.
Solishtirish shunday bir mantiqiy usuldirki, bu usul vositasida borliqdagi narsalar va voqea-hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir- biridan farqi taqqoslash asosida aniqlab olinadi. Taqqoslash natijalarining to‘g‘riligini belgilaydigan zaruriy shartlar quyidagilar:

  1. Bir-biri bilan, haqiqatda, biror tarzda real bog‘lanishi bo‘lgan narsa-hodisalami taqqoslash kerak. Masalan, «tuya» bilan «bino»ni, «aql» bilan «olma»ni taqqoslab bo‘lmaydi.

  2. Ikki yoki bir necha buyumni bir belgi asosida olib, ayni bir navbatda taqqoslash kerak. Masalan, odamlar bug‘ning paydo bo‘lishida suvning isishi sababini bir necha hodisani ayni bir nisbatda taqqoslash asosida bilganlar.

  3. Taqqoslashning to‘g‘riligini isbotlash solishtirishga nimani asos qilib olishlikka bog‘liq. Taqqoslanadigan belgilarni tanlash har qanday narsani taqqoslashda juda muhim o‘rin tutadi. Masalan, ikki korxonaning yutuqlari haqida gap ketar ekan, faqatgina yutuq raqamlarinigina solishtirib qo‘ymay, ularning ish sifati va natijalarini ham solishtirishga qiziqish zarur bo‘ladi.

  4. Har qanday solishtirish dafatan duch kelgan belgilarga qarab emas, balki taqqoslanadigan buyumlar uchun muhim ahamiyati bo‘lgan belgilarga qarab qilinmog‘i lozim.

Analiz shunday bir mantiqiy usuldirki, uning yordamida biz buyumlarni, hodisalarni fikran qismlarga ajratib, ularning ayrim qismlarini, belgilarini, xususiyatlarini ajratamiz.
Sintez shunday bir mantiqiy usuldirki, predmet, hodisaning bo‘lingan ayrim qismlarini fikran birlashtirib, bir butun holga keltirishdir.
Har bir narsa, hodisa avval qismlarga bo‘linadi, so‘ngra birlashtirib butun holga keltiriladi. Shunday ekan, analiz va sintez bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir.
Nutq qaratilgan predmet yoki hodisaning biror tomoni muhim, boshqa tomoni muhim emasligini ham farq qilish lozim bo‘ladi. Bunda abstraktsiyalash va umumlashtirish usuli qo‘l keladi.
Abstraktsiyalash shunday mantiqiy usuldirki, predmet bilan voqealarning muhim xususiyatlari fikran ajratiladi va ularni predmet, voqealarning ikkinchi darajali hamda ahamiyati kam xususiyatlaridan chetlashtiriladi.
Umumlashtirish shunday mantiqiy usuldirki, bu usul yordamida biz jinsdosh predmetlarning umumiy xususiyatlarini fikran birlashtiramiz. Umumlashtirish predmetlarning o‘zida bo‘lgan umumiy narsani bilishga asoslangan taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi.
Sanab o‘tilgan usullar asosida kishining fikrni shakllanadi. Fikrlashning asosiy shakllari - tushuncha, hukm va aqliy xulosadan iboratdir.
Tushunchada predmetlarning umumiy va asosiy belgilari aks ettiriladi. Tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. So‘z tushunchaning tashqi shaklidir. Tushunchaning mazmuni - bu predmetdagi asosiy belgilarning umumlashmasi haqidagi bilimdir. Agar tushunchaning mazmuni voqelikni to‘g‘ri aks ettirsa, voqelikka muvofiq kelsa, bunday tushuncha to‘g‘ri tushuncha bo‘ladi.
Tushunchaning mazmunini ochib berish, uning muhim belgilarini ko‘rsatish ta’rif orqali amalga oshiriladi. Ta'rifda aniqlovchi va aniqlanuvchi tushunchalar o‘z ifodasini topadi. Har bir ta'rif quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  1. Ta'rif mutanosib bo ‘lmog‘i kerak. Buning ma'nosi aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha teng bo‘lmog‘i lozim. Misol uchun «psixologiya» tushunchasining ta'rifini olaylik. «Psixologiya - inson psixikasini o‘rganuvchi fandir». Bu ta’rif mutanosibdir, chunki aniqlanuvchi tushuncha - psixologiya bilan aniqlovchi tushuncha inson psixikasini o‘rganuvchi fan - aynan teng tushunchalardir.

  2. Ta'rif aylanma bo‘lmasligi kerak. Buning ma'nosi shundaki, aniqlovchi sifatida olingan tushunchaning o‘zini aniqlovchi vositasida ta'riflanrnasligi lozim, bir fikrni tavtologik tarzda bayon etishga olib kelish. Masalan: kulgi qistaydigan narsa - kulgili narsadir.

  3. Ta'rifda inkor bo‘lmasligi kerak. Masalan: «Yorug‘lik - qorong‘ulikning yo‘qligidir» kabi ta'rif yorug‘likning ta'rifini tushuntirib bera olmaydi.

  4. Ta'rif qisqa, ravshan va aniq bo‘lmog‘i lozim.

Ta’riflash tushunchaning mazmunini ochib berish bo‘lsada, unda tushunchaning muhim belgilarining barchasi to‘liq ko‘rsatilmaydi, chunki bu mumkin ham emas. Ta'rif tushunchani toraytiradi. Tushuncha ta'rifga qaraganda mazmunliroqdir. Ta'riflash qoidalarini bilish notiqni har bir narsa va voqeaning ta'rifini chuqur hamda to‘g‘ri bilishga o‘rgatadi. Ta'rifda tushunchaning eng asosiy belgilari mustahkamlanadi.
Borliqdagi predmet va hodisalar haqida bilim chuqurlasha borgan sari tushunchalarning ta'rifi ham o‘zgara boradi, ular yanada to‘laroq bo‘la boshlaydi va predmetlar mohiyatini yana aniqroq aks ettiradi,
Shu tufayli har bir notiq bilimini qanchalik mustahkam egallagan bo‘lsa, nutqi qaratilgan narsa yoki hodisani har tomonlama va chuqur o‘rganib chiqsa, uning predmet va hodisalar haqidagi tushunchalar ta'rifi voqelik yoki predmetni shunchalik har tomonlama qamrab olgan bo‘ladi, asosga yaqinlashadi.
Notiq nutqining mazmunli chiqishida ta'rif o‘rnini bosadigan usullarning ham roli kattadir. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Ko‘rsatish - bevosita idrok qilinadigan predmet bilan tanishuvning eng sodda usulidir. Ko‘rsatish buyum haqida tushuncha bermaydi, balki yakka tasavvur hosil qiladi. Ko‘rsatish - predmetlarning xususiyatlarini tushunishda birinchi bosqichdir. Shu tufayli notiq o‘z nutqini ko‘rgazmali qurol asosida olib borganda fikrning kishilar ongiga chuqur yetib borishiga erishadi.

  2. Tasvirlash - notiq hikoya qilayotgan u yoki bu predmetning belgilarini bir-bir sanab o‘tishdan iborat. Masalan, Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining «Ravshan» dastonida Chambil bel bilan Shirvon cho‘li tasviri.

  3. Tavsiflash - notiq predmet yoki voqealarning ba'zi, alohida xarakterli belgilarini ko‘rsatishdan iborat. Tavsiflashdan maqsad - predmetning ba'zi xususiyatlari bor yoki yo‘qligini ta'kidlab ko‘rsatishdir.

  4. Solishtirish - bir predmet to‘g‘risidagi fikr boshqa bir predmet to‘g‘risidagi fikr yordamida tushuntiriladi va ularning farqi aniqlanadi. Masalan, V.Jalilov portreti va oshqovoq.

Buyumlar va ularning belgilari haqida biror narsani tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm sanaladi.
Hukmda mantiqiy ega, kesim va bog‘lovchi mavjud bo‘ladi. Masalan, «O‘zbek tili O‘zbekiston respublikasining davlat tilidir» gapida:

  1. «O‘zbek tili» hukmning mantiqiy egasi - sub'ektidir;

  2. «O‘zbekiston respublikasining davlat tili» - hukmning mantiqiy kesimi va predikatidir;

  3. «-dir» - mantiqiy bog‘lovchi.

Hukm umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz'iy tasdiq, juziy inkor kabi turlarga bo‘linadi. Shunga ko‘ra, uning formulasi quyidagicha bo‘ladi:
S - P dir yoki S - P; S - P emas.
Hukmning so‘z bilan ifoda qilingan sirtqi shakli grammatik gapdir. Hukm - gapning mazmuni bo‘lib, gap hukmning ifodalanish shaklidir. Har bir hukm biror grammatik gap shaklida ifodalanadi. Ammo gramatik gaplarning hammasi ham mazmunan hukm bo‘lib kelmaydi. Shunday gaplar ham borki, ularda tasdiqlash ham, inkor qilish ham bo‘lmaydi (masalan, so‘roq gaplar), binobarin, ular hukmni ifodalamaydi.
Hukm bo‘laklari bilan gap bo‘laklari orasida to‘la moslik bo‘lmaydi. Ba'zan gap bir so‘zdan iborat bo‘ladi, shuningdek, gapda ikkinchi darajali bo‘laklar bo‘ladi. Lekin hukmda ikkinchi darajali bo‘laklar bo‘lmaydi.
Aqliy xulosa tafakkurning shunday shaklidirki, uning yordamida u yoki bu xildagi hukmlardan yangi hukm chiqariladi. Aqliy xulosaning uch turi bor: deduktiv, induktiv va analogiya.
Deduktiv aqliy xulosada fikr umumiydan xususiyga qarab rivojlanadi.
Deduktiv xulosa chiqarish sillogizm shakliga kiradi.
Sillogik muhokama aksiomaga asoslanadi va aksioma quyidagicha ifodalanadi: Predmetlarning butun turkumi to‘g‘risida nima tasdiqlab yoki inkor qilib aytilsa, shu turkumning ayrim bo‘lagi to‘g‘risida ham tasdiqlab yoki inkor qilib aytiladi. Masalan: Hamma planetalar sharsimondir. Yer - planeta. Demak, yer sharsimon.
Sillogizm xulosasi quyidagi hollardagina haqiqiy bo‘lishi mumkin:

  1. agar bizning fikrlashimiz xaqqoniy bo‘lsa, ya'ni olgan asoslarimiz chin asos bo‘lsa; 2) agar biz ularga nisbatan tafakkur qonunlarini to‘g‘ri tadbiq etayotgan bo‘lsak.

Sillogizm shakllaridan, odatda, to‘liq emas, balki qisqartirilgan holda foydalaniladi.
Sillogizmning biror shakli aytilmasa ham ma'nosi gapdan anglashiladigan qisqa shakli entimema deb ataladi.
Entimemaning uch asosiy turi bor: 1) Kattaroq asosi bo‘lmagan sillogizm. Masalan: Bu kishi ushbu guruh a'zosi bo‘Igani uchun intizomni mahkam tutishga majbur, deganimizda, biz entimemani tadbiq qilganmiz. Bunda kattaroq asosi tushib qolgan. Uning to‘liq shakli quyidagicha bo‘ladi: Barcha guruh a’zolari intizomni mahkam tutishga majbur. Bu kishi - ushbu guruh a'zosi. Demak, u intizomni maxkam tutishga majbur.

  1. Kichikroq asosi bo lmagan sillogizm: Falastin xalqining kurashi adolatlidir, chunki hamma ozodlik kurashlari adolatlidir. Bunda birinchi gap xulosa bo‘lib, ikkinchisi kattaroq asosidir. Kichiqroq asos tushirilgan. Uni to‘lig‘icha ifodalaylik: Hamma ozodlik kurashlari adolatlidir. Falastin xalqi kurashi ozodlik kurashidir. Falastin xalqining kurashi adolatlidir.

  2. Xulosasi bolmagan sillogizm: Vatanparvar uchun yengilmaydigan qiyinchilik yo‘q, siz esa vatanparvarsiz... Bu, odatda, nutqda ritorik usulni qo‘llaganda ko‘zga tashlanadi. Uni tugalligicha ifodalaylik: Vatanparvar uchun qiyinchilik yo‘q. Siz — vatanparvarsiz. Siz uchun yengilmaydigan qiyinchilik yo‘q.

Nutqdagi entimemani to‘laligicha ifodalay bilishlik muhim mantiqiy usuldir, chunki u nutqda qilingan xulosadagi xatoni topishga imkon beradi.
Induktiv aqliy xulosada — fikr xususiydan umumiylikka qarab boradi.
Induktiv aqliy xulosa shu vaqtda to‘la bo‘ladiki, biz kichik-kichik narsalardan to‘la xulosa chiqarsak, predmet va voqea-hodisalarning barcha tomonlarini o‘z ichiga to‘la-to‘kis qamrab olgan bo‘lsak. Masalan: o‘tgan sentabr, oktabr, noyabr, dekabr va yanvar oylarida talabalarning reyting ballari yuqori bo‘ladi. Sentabr, oktabr, noyabr va xokazo oylar o‘quv yilining birinchi yarmini tashkil qiladi. Demak, o‘tgan semestrda talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi yuqori bo‘ldi.
Induktiv aqliy xulosa notiq uchun sochilgan faktlardan umumiy o‘xshash tomonlarini qamrab olish va ixcham shaklda ifodalashda muhim rol o‘ynaydi.
Analogiya yoki o‘xshash aqliy xulosada fikr xususiydan xususiyga qarab boradi.
Ehtimol xulosalar chiqarish, u yoki bu voqeani yanada aniqroq xarakterlab berish uchun, dalil emas, o‘z fikrni tushuntirish uchun analogiyadan foydalaniladi. Masalan, faraz qilaylik, qandaydir A predmet a, v, s, e belgilariga ega. V predmet a, v, s belgilariga ega. Biz V predmetidagi A predmetga o‘xshash belgilar asosida, V predmetda ham e belgisi bo‘lishini aytamiz, ehtimol bilamiz.
Aqliy xulosaning sanab o‘tilgan turlari asosida har bir notiq o‘z fikriga ishontirish uchun harakat qiladi.
Ishontirish, dalillash, isbotlash har bir nutqning muhim belgisidir. Odatda, nutqda isbotlash uchun faktik materialdan keng ravishda foydalaniladi. Buning uchun faktlar yaxshi tanlab olingan bo‘lishi kerak.
Isbotlash maxsus mantiqiy usul bo‘lib, uning yordamida boshqa hukmlarning haqqoniyligi asoslanadi va belgilanadi.
Mantiqiy isbot biror hukmning chinligini insonning avvalgi amaliy tajribasi bilan isbot qilingan boshqa chin hukmlar vositasi bilan yetarli asoslab berishdir. Har qanday mantiqiy dalil uch qismdan iborat: tezis, asoslar, muhokama.

  1. Chinligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukm tezis deb ataladi.

Tezisni isbotlash ikki xil yo‘l bilan olib boriladi: to‘g‘ri isbotlash, egri isbotlash.
Tezisning haqqoniyligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita isbotlanishi to‘g‘ri isbotlashdir.
Tezisning chinligini tezisga qarama-qarshi - antitezis orqali muhokamaning xatoligini inkor etish vositasida isbotlansa, vositali yoki egri isbot deyladi.
Isbotlash tezisini asoslab bermoq uchun bir qancha eng zarur qoidalariga rioya qilmoq kerak:

  1. Tezis aniq va ravshan ta'riflangan hukm bo‘lmog‘i kerak. Aniq ravshan ta'riflanmagan tezisni isbotlab bo‘lmaydi. Bunday isbolsiz tezisni ba'zi yig‘ilishlarda, muzokaralarda chiqib mantiqsiz so‘zlarda va nutqlarda ko‘ramiz.

  2. Isbotning boshidan oxirigacha tezis aynan birday bo‘lib qolmog i kerak. Haddan tashqari ko‘p isbot qilish yoki oz isbotlashga ko‘ringan kishi hech narsani isbot qilolmaydi. Isbotlash zarur bo‘lgan tezisni boshqa tezis bilan almashtirmaslik, mavzudan chetlashmaslik zarur.

  3. Tezisni mustahkamlash uchun keltiriluvchi dalillar shubhadan holi chin dalillar bo‘lmog‘i kerak. Dalillar shubhali bo‘lsa, isbot ham boshdan oxirigacha shubhali bo‘ladi.

  4. Dalillar tezis uchun yetarli asos bo‘lmog‘i kerak. Tezis dalillardan kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.

  5. Dalillar rostligi tezisdan qat'iy nazar, mustaqil suratda isbot qilinadigan muhokamalardan iborat bo‘lmog‘i lozim. Bu qoida dalillarning chinligi tezisdan chiqarilmasligi lozimligini taqozo etadi. Tezis dalillar bilan, dalillar tezis bilan asoslashga urinishdek mantiqiy xatoga zarba beradi.

  6. Tezis dalillardan mantiqiy suratda kelib chiqadigan xulosa bo‘lmog‘i kerak.

  1. Chinligi allaqachon aniqlangan va tezisni tasdiqlash uchun yetarli asos sifatida olinishi mumkin bo‘lgan muhokama asos deb ataladi.

  2. Asoslardan tezisni mantiqiy ravishda keltirib chiqarish usuli muhokama deb ataladi.

Bu tarkibiy qismlarning hammasi dalillash, isbotlashda bo‘lmog‘i lozim. To‘g‘ri isbotda tezis bilan asoslarning chegaralari ravshan va aniq chegaralangan bo‘ladi. Lekin tezisni bilish va asoslarga ega bo‘lishning o‘zigina kifoya qilmaydi, buning ustida tezisni asoslardan xulosa qilib chiqara bilish ham kerak. Isbotlash qobiliyati notiqlikda qandaydir tug‘ma bir narsa bo‘lmay, uni o‘stirmoq, kuchaytirmoq lozim.
Tezisning noto‘g‘riligi yoki asossizligini isbotlash raddiya deb ataladi. quyidagi besh usul bilan tezisni rad qilish mumkin:

  1. Notiq o‘rtaga tashlangan tezisni faktlar vositasida rad qilish.

  2. Notiq o‘z tezisiga asos qilib olgan dalillar tanqid qilinadi.

  3. Isbot tezisining chinligi tezisni tasdiqlash uchun keltirilgan dalillardan kelib chiqmasligi isbot qilinadi.

  4. Rad qilinuvchi tezisga zid bo‘lgan yangi tezis mustaqil ravishda isbot qilinadi.

  5. Rad qilinuvchi tezisning noto‘g‘riligi isbot qilinadi.

Xullas. ishontirishdan ko‘ra qayta ishontirish qiyinroqdir. Har bir tezisdagi noto‘g‘ri qarashlar va tushunchalar o‘sha paytdayoq, hali omma orasida yoyilib ulgurmasdan ilgariroq ochib tashlanishi lozim.

2.Aniqlik nutqning asosiy komminikativ sifatlaridan biri ekanligi


Nutq madaniyati tushunchasi adabiy til bilan bog‘liqdir. Shu tufayli adabiy tilni egallamagan va unda so‘zlay olmaydigan kishining nutq madaniyati haqida gapirish ham ortiqchadir. Nutq madaniyati sohasi adabiy tilda gapiruvchilar, adabiy tilni egallagan va egallayotganlar nutqini, nutqiy faoliyatini ko‘zda tutgan holda ish ko‘radi.
Nutq madaniyati sohasi butun millatni ko‘zda tutib ish olib boradi Nutq madaniyati yosh avlod nutqini to‘g‘rilashni kо'zda tutib ish ko‘radi.
Nutqni egallashda mehnat muhim masalalardan biri hisoblanadi. Rim notig‘i Sitseron ham notiqlikning birinchi sharti mchnat deb bilgan.O‘z ustida ishlash har bir notiq muvaffaqiyatining garovidir.
Notiq birinchi galda birmuncha tajribaga ega bo‘lgan notiqlar faoliyatini, tajribasini o‘rganib chiqishi zarur. Notiq uchun faqatustozlar an’anasi, tajribasini o‘rganishdan tashqari hayot,muhitni sinchkovlik bilan bilib olish ham lozim. Boshlovchi notiq hayotni bnir qarashda bilib olishi, o‘zlashtirishi qiyin. Notiq uchun bunda kitobning ro‘li katta.
Kitob - nur, kutubxona - nurxona deb bekorga aytilmaydi.Nutqni hayot haqiqati asosida, hayotiy bilishchuqur his etish lozim. Hayot esa kitoblarda o‘z aksini topgandir Kitoblar hayotni kuzatish, undan ta’sirlanish uning aks sadosiga quloq tutishning hamohang bo‘lishining natijasidir Notiq faoliyatida yangi mavzu ustida ishlash asosiy vazifa hisoblanadi.
Yangi mavzu ustida ishlash mavzuni aniq tanlashdan boshlanadi.Shundan so‘ng ma’lum maqsad asosida ish reja tuzib chiqiladi
Notiq materialni to‘plash yoki nutqni tayyorlash davrida nutq mavzusiga doir kitoblar, maqolalar va boshqa manbalarni ko‘rib chiqadi. Birinchi manbalar yuzasidan ish olib borishda notiq oldida uchta vazifa turadi: tushunish, o‘zlashtirish va foydalanish.
Matnni tushunish, avvalo, so‘zlar, iboralar, qismlar, boblar, kitobning umumiy g‘oyasini tushunish bilan belgilanadi.
Materialni o‘zlashtirish diqqat e'tiborning darajasiga, irodaning kuchiga, xotiraning darajasiga bog‘liq. Xotiraning asosiy turlarini e'tiborga tutib, ularni kitob bilan ishlash jarayonida muntazam ravishda mashq qildirib borish kerak. Kitob o qish jarayonida muallifni tinglabgina qolmay, balki o z-o‘zini ham tinglash, o‘qish jarayonida paydo bo‘lgan fikrlarni yozib borish kerak.
Kitobdan olingan materiallardan turli maqsadlarda foydlanish mumkin. Bu masaladagi asosiy usul nutqni tayyorlash va tuzishdan iborat. Kitobdan topilgan har bir yangi fikrni yozib borish kerak. «Topilgan, ammo yozilmagan fikr - bu topilib, tezda yo‘qotilgan xazinaga o‘xshaydi» (D-I-Mendeleyev).
Har bir nutqqa tayyorgarlik ko‘rganda va material tanlashda uning turini e'tiborga olish zarur. Nutqning quyidagi turlari mavjud: 1) akademik nutq; 2) ilmiy - ommabop nutq; 3) epizodik nutq; 4) tanishtirishni ko‘zda tutadigan nutq.
Demak, har qanday holda ham nutq madaniyati - bu avvalo nutqiy ko‘nikma, nutqiy malaka hosil qilishdir.
Nutq madaniyatiga e'tibor yolg‘iz notiqdangina emas, balki har fuqarodan talab qilinadigan ishdir.
Nutq madaniyati ijtimoiy-madaniy hayotning qonuniy talabi bo‘lsada, uni egallash asosida har bir shaxsning madaniy saviyasi, ong va bilimiga bog‘liqdir.
Nutq madaniyati sohasi, asosan, adabiy tilni egallaganlar, unda so‘zlash va yozishni istovchilami hamda yosh avlod nutqini to‘g‘rilashni ko‘zda tutadi.
Yosh avlod nutqini to‘g‘rilashning, nutq madaniyatini egallashning o‘ziga xos yo‘llari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Ona tilini tabiiy holda o‘rganish va o‘rgatishga intilish. Oila a'zolari bola nutqini nazorat qilishi, unga so‘zlarni talaffuz qilishini va qanday so‘zlashni o‘rgatish, bola nutqida uchraydigan nuqsonlarni to‘g‘rilashi lozim.

  2. O‘qitish o‘rgatish orqali tilni egallash. Nutq madaniyatini tarbiyalashda o‘qitish asosiy omildir. Adabiy tilda gapirish yoki yozish kishilarning bir - birini tez va oson tushunishiga yordam beradi. jozibadorligi, ta'sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa o‘rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalari va ayniqsa maktabning roli benihoyadir. Shu bois, bizning fikrimizcha oilada bolalar bog‘chasida, maktabdagi ta'lim-tarbiyaviy ishlarning hammasi ona tilida olib borilishi kerak.

  3. Mustaqil o‘qish orqali nutq madaniyatini o‘rganish Mustaqil shug‘ullanish adabiy tilni egallash, nutq madaniyati malakasini hosil qilishning eng muhim omilidir. Chunki bunda adabiy til me'yorlari, uslubiyatini ixtiyoriy ravishda o‘zlashtirishadi.

  4. Nutqiy taqlid asosida nutq madaniyatini egallash. Taqlid namunali til, nutq madaniyatini egallashga intilishning eng samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Bunda radio va televideniye suxandonlari, mashhur artistlar, badiiy so‘z ustalari, yozuvchilar, olimlar, o qituvchilar nutqiga taqlid qilinadi.

Xullas, nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni, ayniqsa adabiy til me'yorlarini egallash, ulardan o‘rinli va unumli foydalana olishdir.

Download 56.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling