6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1134277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6-Mavzu (2)

Vertikal tabaqalanish (ijtimoiy tabaqalanish) ko’p sonli ijtimoiy 
tuzilmalar 
mavjudligini tavsiflaydi. Bu tuzilmalarning vakillari hokimiyat va moddiy boylik, huquqlar va 
burchlar, imtiyozlar va nufuzning teng bo’lmagan hajmlariga egalik belgisiga ko’ra bir-biridan 
farq qiladi. 
Sotsiologiyada odatda stratifikatsiyaning uch asosiy turi (iqtisodiy, siyosiy, kasbiy 
stratifikatsiya), shuningdek uning ikkinchi darajali turlari (madaniy-nutqqa oid, yoshga oid 
stratifikatsiya va h.k.) farqlanadi. 
Iqtisodiy tabaqalanish daromad va boylik ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Daromad – 
individ yoki oilaning muayyan davr (oy, yil)dagi pul tushumlari miqdori. Daromad 
tushunchasi bilan ish haqi, pensiya, nafaqa, gonorar va boshqa xil tushumlar qamrab olinadi. 
Daromad odatda hayotni quvvatlashga sarflanadi, biroq jamg’arilishi va boylikka aylantirilishi 
ham mumkin. 
Daromad ayrim individ (individual daromad) yoki oila (oilaviy daromad) muayyan davr 
mobaynida oluvchi pul birliklarida o’lchanadi. 
Siyosiy stratifikatsiya hokimiyat hajmi bilan tavsiflanadi. Hokimiyat – o’z xohish- 
irodasini amalga oshirish, boshqa kishilar faoliyatini turli vositalar (huquq, zo’rlik ishlatish, 
avtoritet va h.k.) yordamida belgilash va boshqarish qobiliyati. Hokimiyat hajmi eng avvalo 
boshqaruv qarori tatbiq etiladigan kishilar soni bilan o’lchanadi. 
Kasbiy stratifikatsiya ma’lumot darajasi va kasbning obro’si bilan o’lchanadi. Ma’lumot 
– 
ta’lim olish jarayonida o’zlashtirilgan bilimlar, uquv va ko’nikmalar majmui (ta’lim olish 
yillari soni va o’zlashtirilgan bilim, uquv va ko’nikmalar sifati bilan o’lchanadi). Daromad va 
hokimiyat kabi, ma’lumot ham jamiyat stratifikatsiyasinining ob’yektiv o’lchov birligi 
hisoblanadi. Biroq ijtimoiy strukturaning sub’yektiv bahosini ham hisobga olish zarur, zero 
stratifikatsiya jarayoni qadriyatlar tizimining shakllanishi bilan uzviy bog’liq. Mazkur tizim 
asosida “baholash normativ shkalasi” tarkib toptiriladi. Har bir odam o’z e’tiqodlari va 
mayllaridan kelib chiqib jamiyatda mavjud kasblar, maqomlar va shu kabilarni turlicha 
baholaydi. Bunda baholash ko’p sonli belgilar (yashash joyi, dam olish turi va h.k.)ga ko’ra 
amalga oshiriladi. 
Kasb obro’si – muayyan kasb-korning muhimlik, jalb qiluvchanlik darajasini kollektiv 
(jamoatchilik tomonidan) baholash. Obro’ – jamoatning muayyan maqomga bo’lgan hurmati 
darajasi. U, odatda, ballarda (1 dan 100 gacha) o’lchanadi. 


Masalan, shifokor yoki yurist kasbi barcha jamiyatlarda katta nufuzga ega, farrosh 
kasbiga esa, odatda, past nazar bilan qaraladi. AQSHda shifokor, yurist, olim (universitet 
professori) eng obro’li kasblardir. Nufuzlilik darajasi o’rtacha bo’lgan kasblarga menejer, 
muhandis, mayda mulkdor va shu kabilar kiradi. Quyi darajadan payvandchi, haydovchi
chilangar, qishloq xo’jalik xodimi, farrosh va shu kabilar o’rin oladi. 
Ijtimoiy holatni o’lchashning asosiy mezonlari – boylik, hokimiyat, ma’lumot, nufuz 
ko’pincha mos kelmaydi. Masalan, ma’lumot va nufuz shkalalarida professor politsiyachidan 
yuqorida turadi, biroq daromad va hokimiyat shkalalarida politsiyachi professordan yuqoriroq 
o’rin egallaydi. Ularning ijtimoiy holatini har bir shkalada nuqtalar bilan belgilab, so’ngra 
nuqtalarni chiziqlar bilan birlashtirsak, politsiyachi va professorning umumiy maqomi hosil 
bo’ladi. Umumiy maqom siniq chiziq bilan ifodalanadi va stratifikatsion profil’ (yoki maqom 
profili) deb ataladi. 
Jamiyatning vertikal tabaqalanishini tushuntirishda sotsiologlar turli asoslarni keltiradilar. 
Ijtimoiy stratifikatsiya (ijtimoiy tengsizlik)ni tushuntirishga nisbatan ikki xil yondashuv – 
funksionalizm va konflikt nazariyasi mavjud. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling