6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1134277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6-Mavzu (2)

Funksionalizm nazariyasi ijtimoiy tengsizlik normal rivojlanayotgan har qanday 
ijtimoiy tizimning zaruriy xossasi hisoblanishidan kelib chiqadi. E.Dyurkgeym “Mehnat 
taqsimoti haqida” (1893) asarida har bir jamiyatda konkret faoliyat turlari ko’proq obro’ga ega 
bo’ladi va bu jamiyatning iyerarxiyaviy tuzilishini belgilaydi, degan fikrni asoslashga harakat 
qilgan edi. Uning fikricha, jamiyatning barcha funksiyalari iyerarxiyaviy tartibda 
joylashtiriladi. Ijtimoiy funksiyalar iyerarxiyasi asosida mazkur funksiyalarni bajaruvchi 
ijtimoiy qatlamlarning tegishli iyerarxiyasi tarkib topadi. 
Funksionalizm nuqtai nazaridan, bironta ham jamiyat sinfiy tabaqalanishsiz mavjud bo’la 
olmaydi, chunki ijtimoiy ne’matlarni taqsimlashda tengsizlik ijtimoiy strukturada 
individlarning joylashuvi va motivatsiyasi vazifalarini yechish uchun vosita bo’lib xizmat 
qiladi. Binobarin, ijtimoiy tengsizlik jamiyat uchun foydalidir, chunki ijtimoiy stratifikatsiya 
tizimi mazkur ijtimoiy strukturani hosil qilgan barcha maqomlar to’lishiga imkoniyat 
yaratadi. 
Funksionalizm nazariyasi ijtimoiy tengsizlikka jamiyat yashab qolishining eng muhim 
usuli sifatida qaraydi. Funksionalizm tanqidchilarining ko’pchiligi mazkur nazariyada 
sub’yektivizm kuchli ekanligini qayd etadi: yaxlit organizm sifatidagi jamiyat funksional 
rang- barangliksiz mavjud bo’la olmaydi (barcha funksiyalar ijtimoiy organizm uchun teng 
darajada muhimdir), strukturaviy-funksional tahlil esa ulardan ayrimlarini eng muhim 
funksiyalar sifatida ajratadi (qaysi asoslarga ko’ra – ma’lum emas). 
Konflikt nazariyasi namoyandalari yirik ijtimoiy guruhlar (sinflar)ning manfaatlaridagi 
farqlarga (qarama-qarshiliklarga) e’tiborni qaratadilar. Marksizm asosiy ishlab chiqarish 
vositalariga xususiy mulkning mavjudligidan, moddiy ne’matlarning notekis taqsimlanishidan 
ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. SHu tufayli ham marksizmda ijtimoiy stratifikatsiya 
deganda jamiyatning sinfiy bo’linishi tushuniladi. 
Konflikt nazariyasi namoyandalari jamiyatga kurash maydoni sifatida qaraydilar. Bu 
maydonda individlar va ijtimoiy guruhlar turli imtiyozlar, hokimiyat, nufuz va shu kabilarni 
qo’lga kiritish yoki qayta taqsimlash uchun kurashadilar. Ushbu nazariyaga ko’ra, har bir 
tarixiy davrga o’z iqtisodiy munosabatlar tipi, binobarin, muayyan guruhlarning boshqa 


guruhlar ustidan iqtisodiy va siyosiy hukmronligini mustahkamlashning konkret mexanizmi 
xosdir. 
Funksionalistlar diqqat markazidan jamiyat a’zolarining umumiy manfaatlari o’rin olgan 
bo’lsa, konfliktologiya namoyandalari asosiy e’tiborni manfaatlar o’rtasidagi farqlarga 
qaratadilar. Bundan mazkur yondashuvning afzalliklari va kamchiliklari kelib chiqadi. Bir 
tomondan, mazkur nazariya boylik va hokimiyat o’rtasidagi haqiqiy aloqani qayd etadi 
(iqtisodiy hukmron sinf, odatda, siyosiy hukmronlikka ham ega bo’ladi), boshqa tomondan 
esa, jamiyatning rivojlanishi va faoliyati manzarasini haddan tashqari qashshoqlashtiradi, unga 
faqat sinfiy kurash atamalarida yondashadi. 
Ijtimoiy stratifikatsiyani ko’pincha ijtimoiy tengsizlik bilan ayniylashtiradilar, ya’ni 
aholini yuqori va quyi tabaqalar, boylar va kambag’allar, boshqaruvchilar va 
boshqariluvchilarga ajratadilar. Biroq ijtimoiy stratifikatsiyani ijtimoiy tengsizlik bilan 
ayniylashtirish mumkin emas (masalan, ibtidoiy jamoada ijtimoiy tengsizlik yo’q, biroq 
ijtimoiy struktura – jamiyatning yosh, jins, qarindoshlik, totemga oid va boshqa belgilarga 
ko’ra bo’linishi tarzida – mavjud). 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling