6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1134277
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
6-Mavzu (2)

-
qoladi. Ammo ochiq demokratik jamiyatlarda adolat istagi namoyish, konflikt va boshqa 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston qonunchiligida fuqarolarning har biri ularning dini, millati, jinsi va boshqa sotsial 
xarakteristikalaridan farqli ravishda tengligi belgilab qo‘yilgan. 
«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2006 yilda olib borgan tadqiqoti natijasida 
so‘ralganlarning aksariyati (94,7) ularning huquqlari etarli darajada muhofaza qilinayotganini aytib 
o‘tishgan
126
. Bu holat mamlakatda fuqarolarning konstitutsion huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda 
samarali olib borilgan siyosatdan darak beradi. Jamiyatimizda shakllangan steriotiplar tufayli barchani birday 
ko‘rmaslik holatlari kundalik hayotda namoyon bo‘ladi. Misol uchun genderdagi farqlar, tanish-bilishchilik, 
mahalliychilik, jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan shaxslarga munosabat va boshqalarda buni ko‘rish mumkin. 
O‘zbekistonda viloyatlararo turmush darajasi o‘rtasidagi farqlar mavjud. Mamlakatimizda aholi jon 
boshiga YAMM (VRP) ning eng yuqori ko‘rsatkichlari Navoiy viloyati va Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. 
O‘rta darajadagi ko‘rsatkichlar Tashkent va Buxoro viloyatlarida, eng past ko‘rsatkichlar esa 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Surhondaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Aholining daromadi 
bo‘yicha respublika viloyatlaridagi farqlarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida, eng quyi 
ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Samarqand va Jizzax viloyatlarida aniqlangan. 
Umuman olganda turmush darajasi indeksi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar Toshkent shahri va Navoiy 
viloyatida, eng yomon ko‘rsatkichlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surhondaryo viloyatlarida 
kuzatilgan. Aytish mumkinki, maoshning nisbatan past ko‘rsatkichlari ishlab chiqarishda qishloq ho‘jaligining 
salmog‘i yuqori bo‘lgan viloyatlarda namoyon bo‘lmoqda (Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand va 
Surhondaryo vil.). SHundan kelib chiqqan holda sanoat nisbatan rivojlanayotgan Toshkent shahri, Navoiy 
viloyati va Toshkent viloyatida maosh yuqori miqdorni tashkil etadi. 
Jamiyatning 
tabaqalashuvi, 
jumladan, 
kambag‘allashuv 
jarayoni 
sotsial 
tengsizlikning 
gipertrofiyalangan shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. Dunyoning barcha mamlakatlarida boy va quyi 
tabaqa vakillari mavjud. Jamiyatda shu kabi qutblanish sharoitida o‘rta sinf salmog‘i kam bo‘lsa, 
«kamsitilgan» insonlarda o‘z hayotidan qoniqmaslik va bu holatning adolatsiz ekanligi borasida fikr paydo 
bo‘ladi. Bu holat mamlakat ichidagi bo‘linishga olib keladi. Kambag‘allik muammosi barcha mamlakatda 
mavjud, jumladan O‘zbekistonda ham aholining 27,5 foizi kam ta’minlanganlar toifasini tashkil etadi. Mazkur 
ko‘rsatkichni 2015 yilda 14 foizga tushirish maqsadi rejalashtirilgan. 
Me’yoridagi tengsizlik jamiyatda sog‘lom raqobat va rivojlanishni ta’minlaydi. U ijtimoiy-iqtisodiy 
resurslarni samarali ishlatishga undaydi. Insonlar o‘zining jamiyatdagi holatini adekvat baholay boshlashadi. 
Ular jamiyatdagi aniq farqlarni seza boshlaydi. Jamiyatning yangi sotsial stratifikatsion modeli nafaqat 
ob’ektiv reallikka, balki sub’ektiv jihatdan shaxs, guruh tomonidan anglanib, sotsial tengsizlikni yumshatib, 
jamiyat integratsiyasiga olib keladi. 


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jamiyatda o‘zgarishlarning sodir bo‘lish jaryonini boshqarish 
hamda nazorat qilish maqsadida chuqur o‘ylangan uzoqni ko‘ra biluvchi siyosat olib borish lozim. Aks holda 
mazkur jarayon stixiyali va o‘ta irratsional tarzda kechadi. Natijada jamoatchilik ijobiy islohotlarni salbiy 
qabul qilishi mumkin. YAngi lavozimlarning paydo bo‘lishi, mulkchilik shakllari va hokimiyat institutida 
qator o‘zgarishlar, jamiyatdagi ayrim guruh yoki tabaqalar yo‘qolishi, yangilarining esa paydo bo‘lishi, sotsial 
rollar o‘zgarib, yangi statuslar yuzaga kelishi holatlari mustaqillikning ilk yillaridan boshlab davom etib 
kelmoqda. Mustaqil mamlakatlarda ittifoq parchalangach, yangi tuzumga hali moslashmagan va egalitar 
g‘oyalar bilan ongi to‘la fuqarolar islohotlarga noto‘g‘ri javob bildirishi uchrab turdi. Oqibatda ayrim 
hududlarda konfliktli vaziyatlarni paydo qildi. SHuning uchun sotsial tengsizlik va adolat masalasini ayniqsa 
o‘tish davri va modernizatsiya sharoitida o‘rganish talab etiladi. 
O‘zbekistonda yuz berayotgan modernizatsiya jarayonini o‘rgangan holda buning quyidagi sabablarini 
ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) institutsional asoslarning o‘zgarishi, ya’ni xususiy mulk paydo bo‘lishi va uning 
asosida kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi. Bugungi kunda mamlakatda xususiy mulk miqdori ortib 
bormoqda. 2) rejali taqsimot tizimining o‘rniga erkin bozor iqtisodiyoti munrosabatlarining shakllanishi; 3) ilk 
yillarda iqtisodiyotda kuzatilgan notekisliklar aholi ko‘p qismining turmush darajasiga salbiy ta’sir etdi, ya’ni 
pasayishi kuzatildi. 4) sotsial anomiya, ya’ni qadriyat va normalardan tarkib topgan bir tizimning buzilishi va 
yangisining xali to‘la shakllanmaganligi; 5) sotsial deprivatsiya yoki hayotiy ehtiyojlarni qondiruvchi moddiy 
va ma’naviy resurslarga etishish imkonining cheklanganligi, ba’zan esa bunday imkonning yo‘qligi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling