6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1134277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
6-Mavzu (2)

Ijtimoiy tengsizlik sotsiologiyada individ yoki ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy maqomiga 
qarab ijtimoiy-madaniy ne’matlar va boyliklarning notekis taqsimlanishi sifatida tushuniladi. 
Ijtimoiy tengsizlik kishilar iqtisodiy resurslar va ijtimoiy ne’matlardan bahramand bo’lish, 
siyosiy hokimiyatda ishtirok etish uchun teng imkoniyatlarga ega bo’lmasliklarini nazarda 
tutadi. Mazkur jamiyatda daromadlarning eng yuqori va eng past darajalarini taqqoslash 
tengsizlikni o’lchashning ayniqsa keng tarqalgan usulidir. P.A.Sorokin turli tarixiy davrlarni 
taqqoslash yo’li bilan quyidagi ma’lumotlarni olgan: o’rta asrlar Germaniyasida mazkur nisbat 
1000/1 ga, o’rta asrlar Angliyasida esa – 600/1 ga teng bo’lgan. Bundan tashqari, ijtimoiy 
tengsizlik irqiy, diniy, jinsiy, milliy va boshqa shakllarda bo’lishi mumkin. 
Ijtimoiy tengsizlikning boshqa bir muhim ko’rsatkichi ayollar va erkaklarning insoniy 
huquqlarini amalga oshirish, taraqqiyotga o’z hissasini qo’shish, shuningdek jamiyatning 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanish natijalaridan foydalanish uchun sharoit 
yaratishdir. Bu ko’rsatkich gender tengligi tushunchasi orqali ifodalanadi. 
Ayollarning haq-huquqlarini amalga oshirishda erkaklar foydasiga nomutanosiblik 
mavjudligini hisobga olib, O’zbekiston hukumati ularning muammolarini yechishga alohida 
e’tibor qaratadi. Mazkur muammolar orasida teng imkoniyatlar to’g’risidagi qonunni ishlab 
chiqish va qabul qilish, oliy ma’lumot olishda gender tengligini ta’minlash, qarorlar qabul 
qilish jarayonida xotin-qizlar ishtirokini faollashtirish, qishloq ayollarining salohiyatini 
kuchaytirish, ayollar bilan savdo qilish, xotin-qizlar orasida prostitutsiyaning, erkaklar orasida 
esa – poligamiya (ko’p xotinlilik)ning oldini olish alohida o’rin egallaydi. 
Ayni paytda, vaziyat tahlili xotin-qizlarni kamsitish hollari amalda hanuz mavjudligini, 
ular asosan ish beruvchilar huquqiy bilimlari darajasining pastligi, an’anaviy oilaviy ukladni 
noto’g’ri tushunish va ijtimoiy ongda gender stereotiplari mavjudligi bilan belgilanishini 
ko’rsatadi. 
Shunday qilib, gender tengligi xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi yagonalik va farqlar, 
shuningdek ular o’ynaydigan rollar jamiyat tomonidan teng darajada baholanishini o’zida 
ifodalaydi. Bugungi kunda O’zbekistonda erkaklar va ayollar o’rtasida tenglikka erishish 
asosan boshlang’ich va o’rta ta’limda jinslar o’rtasida tengsizlikka barham berishni taqozo 


etadi va gender tengligining uch vazifasini o’z ichiga oladi: 1) savodlilik darajasi; 2) noqishloq 
xo’jalik mehnati bilan band bo’lgan xotin-qizlar ulushi; 3) milliy parlamentda ayol-deputatlar 
ulushi. 
Ijtimoiy tengsizlikning sababi nimada? Buning sababi bitta: aholining turli toifalari 
ijtimoiy ahamiyatga molik ne’matlar, taqchil resurslardan bahramand bo’lishda teng 
imkoniyatga ega emasligi. Ammo jamiyat tarixida ijtimoiy tengsizlikning namoyon bo’lish 
shakllari har xil bo’lgan. Ijtimoiy struktura urug’doshlik va nikoh bilan ayniylashtirilgan 
ibtidoiy jamiyatlarda ijtimoiy tengsizlik mavjud bo’lmagan. 
Umuman olganda, ijtimoiy strukturaning tadrijiy rivojlanish yo’lini quyidagicha 
tavsiflash mumkin. Jamiyat rivojlanish jarayonining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy struktura 
shaxslararo munosabatlar bilan bog’lanadi, shu tufayli ham davlat yo’q, sirtdan majburlash, 
huquq va shu kabilarga zarurat mavjud emas. Aloqalarning barqarorligi jamoatchilik fikri 
yordamida ta’minlanadi. Keyinchalik (aholi sonining o’sishiga, mehnat taqsimoti va ijtimoiy 
stratifikatsiya paydo bo’lishiga qarab) ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini quvvatlash 
uchun shaxslararo o’zaro aloqalar tizimining o’zi kifoya qilmaydi. SHu bois turli ijtimoiy 
tuzilmalar va institutlar paydo bo’ladi va asosiy barqarorlashtiruvchi omillarga aylanadi. 
Hozirgi zamon jamiyatida kuchli ijtimoiy-sinfiy bo’linish mavjud emas, jamiyat amalda 
bo’rtib namoyon bo’luvchi imkoniyatlar tengligi bilan tavsiflanadi. 
Har qanday jamiyatning, shu jumladan uning ijtimoiy strukturasining barqarorligi 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling