6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu (2)
ijtimoiy stratifikatsiya profili bilan belgilanadi, ya’ni o’rta qatlam ulushi va uning mazkur
jamiyatdagi roliga bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy strukturada oraliq o’rinni egallaydigan o’rta sinf ijtimoiy iyerarxiyaning ikki qutbi o’rtasida bog’lovchi bo’g’in vazifasini bajarish orqali ularning qarama-qarshiligi darajasini pasaytiradi. O’rta sinf qancha katta bo’lsa, u jamiyatning asosiy qadriyatlarini shakllantirish jarayoniga shuncha kuchli ta’sir ko’rsatadi, davlatga barqaror tus beradi. Ijtimoiy stratifikatsiya profilining yuqoriga o’rlashi ijtimoiy bo’hronlarga, inqiloblarga, qo’zg’olonlarga, zo’arvonlik va tartibsizlikka olib keladiki, bu jamiyatning parchalanishi xavfini tug’diradi va uning rivojlanish jarayonini to’xtatadi. Ijtimoiy tengsizlik ijtimoiy norozilik va qarshi kurashga sabab bo’ladi. Jamiyat sinfiy strukturasi tarixi ijtimoiy tenglik uchun mafkuraviy va siyosiy kurash jarayonlari bilan tavsiflanadi. Umumiy tenglik uchun kurashuvchi, moddiy va ijtimoiy-madaniy boyliklarni teng taqsimlashni talab qiluvchi g’oyaviy-nazariy oqim egalitarizm (fr. – tenglik) deb ataladi. Egalitarizm ko’rinishlariga Qadimgi Yunoniston va Rim ijtimoiy harakatlarida, Injil matnida duch kelish mumkin. Egalitarizm g’oyalari Buyuk fransuz inqilobi davrida yakobinchilar tomonidan, XIX–XX asrlar chesharasida Rossiyada bol’sheviklar tomonidan, XX asrda uchinchi dunyo mamlakatlaridagi milliy-ozodlik harakatlarining liderlari tomonidan qo’llab- quvvatlangan. Egalitarizmni radikal g’oyaviy-siyosiy harakatlar qatoriga kiritish mumkin. G’arbiy yevropa ideologlari va siyosatchilari davrasida ijtimoiy tengsizlik egalitarizmdagidan boshqacha ma’noda, aniqroq aytganda – imkoniyatlar tengligi sifatida tushuniladi. Imkoniyatlar tengligi davlat dastlabki bosqichda hammaga teng imkoniyatlar berishi va fuqarolarning yuridik tengligini nazarda tutadi. Ayni paytda odamlar o’rtasida tabiiy va ijtimoiy tengsizlik zarur va hatto foydali deb e’tirof etiladi. Bunday tengsizlik odamlarni ijtimoiy hayotning turli sohalarida faollikka rag’batlantiradi deb hisoblanadi. Sotsiologiyada ijtimoiy stratifikatsiyaning to’rt asosiy tipi – quldorlik, kastalar, tabaqalar va sinflar farqlanadi. Dastlabki uch tip yopiq jamiyatni, oxirgi tip esa – ochiq jamiyatni tavsiflaydi. Yopiq jamiyatda quyi stratalardan yuqori stratalarga ijtimoiy ko’chishlar butunlay taqiqlangan yoki cheklangan. Ochiq jamiyatda bir stratadan boshqa strataga o’tish imkoniyatlari cheklanmaydi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling