6-Mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik Reja


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1134277
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
6-Mavzu (2)

Quldorlik – odamlarga jabr-zulm o’tkazishning iqtisodiy, ijtimoiy va yuridik shakli 
(qullarning to’la haq-huquqsizligi, qullar va quldorlar tengsizligining eng yuksak darajasi). 
Quldorlik Misr, Bobil, Xitoy, Yunoniston, Rimda vujudga kelgan. Ayrim mintaqalarda 
(masalan, AQSHda) quldorlik XIX asrga qadar mavjud bo’lgan. Zo’rlik ishlatishga asoslangan 
qullar mehnati tizimlari beqaror bo’lgan, chunki yuksak darajada samaradorlikka faqat doimiy 
nazorat va jazolash usullari hisobiga erishilgan. Qullar mehnati tizimlari ularga qarshi kurash 
natijasida, shuningdek quldorlik iqtisodiy jihatdan samarali bo’lmagani tufayli parchalanib 
ketdi. 
Kasta – ijtimoiy strata, unga a’zolik avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadi. Mazkur 
jamiyatda avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan maqom birinchi darajali ahamiyat kasb 
etadi. Kastalarga asoslangan tuzum Hindistonga xos, chunki bu yerda u induizm dinida 
nazarda tutilgan. Kastalarni ajratish uchun mezon bo’lib kasbiy ixtisoslashuv amal qiladi. 
Kastalarning a’zolariga faqat muayyan kasb-kor bilan shug’ullanish ruxsat etiladi. Har bir 
kasta a’zolarining xulq-atvor me’yorlari amrlar va taqiqlar to’plami (dxarma) bilan 
belgilanadi. Bundan tashqari, har bir kastaga muayyan turar joyda yashash, ma’lum taomlarni 
iste’mol qilish, muayyan libos kiyish amr etilgan. Mazkur shartlar tabaqani asrlar mobaynida 
o’zgarmaydigan berk ijtimoiy organizmga aylantirgan. 
Tabaqa – odat yoki yuridik qonun bilan mustahkamlangan va avloddan-avlodga meros 
bo’lib o’tadigan huquqlar va burchlarga ega bo’lgan ijtimoiy guruh. Tabaqaviy tizimga turli 
stratalar holati va imtiyozlarining teng emasligi bilan tavsiflanadigan iyerarxiya xosdir. 
Masalan, yevropada IV asrdan XIV asrgacha mavjud bo’lgan feodal jamiyatlarda aholi 
tabaqalarga ajratilgan. Jamiyat oliy tabaqalar (dvoryanlik, ruhoniylar) va imtiyozsiz tabaqa 
(hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar)ga bo’lingan. Tabaqalar o’rtasida o’tib bo’lmaydigan 
ijtimoiy to’siqlar mavjud bo’lgan, shu bois ijtimoiy mobillik qatlamlar o’rtasida emas, balki 
qatlamlar doirasida amal qilgan. Har bir qatlam, odatda, alohida ijtimoiy funksiyalarni 
bajargan (masalan, davlat xizmati bilan faqat dvoryanlar shug’ullanishlari mumkin bo’lgan). 
Quldorlik, kastalar va tabaqalar an’anaviy (ilk industrial) jamiyatning ijtimoiy stratalari 
hisoblanadi. Ularning umumiy xususiyati shundaki, insonning jamiyatdagi o’rni unga bog’liq 
bo’lmagan omillar – din, odat, qonun bilan belgilanadi. 
Sinf – kapitalizm ijtimoiy stratifikatsiyasining bosh elementi. Keng ma’noda sinf 
deganda ishlab chiqarish vositalariga ega bo’lgan yoki ega bo’lmagan kishilarning ijtimoiy 
mehnat taqsimoti tizimida muayyan o’rinni egallaydigan, daromad olishning alohida usuli 
bilan tavsiflanadigan yirik ijtimoiy guruhini tushunadilar. Tor ma’noda sinf – hozirgi zamon 
jamiyatidagi boshqalardan daromadi, ma’lumoti, hokimiyati va nufuzi bilan ajralib turadigan 
har qanday ijtimoiy strata. 
Sinfiy tizimlar quldorlik, kastalar va tabaqalardan sezilarli darajada farq qiladi. Boshqa 
turdagi stratalardan farqli ravishda, sinflar huquqiy va diniy normalar asosida tashkil 
etilmaydi; ularga a’zolik vorisiylik qoidasi yoki odatlarga asoslanmaydi. Sinfiy tizimlar 
boshqa stratifikatsiya tizimlariga qaraganda faolroq, sinflar o’rtasidagi chegara esa aniq 


belgilanmaydi. Sinfiy tizimlarda ijtimoiy mobillik ancha sodda bo’ladi. Sinflar moddiy 
resurslarga egalik qilish va ularni boshqarishdagi tengsizlik bilan belgilanuvchi kishilar 
guruhlari o’rtasidagi iqtisodiy farqlarga bog’liq bo’lmaydi (ilk sinfiy jamiyatlarda noiqtisodiy 
omillar birinchi o’rinda turadi). 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling