6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja
Surdopedagogika nazariyasining rivoji. V. I. Fleri, G. A. Gursov
Download 301.08 Kb.
|
Мавзу Сурдо тарихи (3)
Surdopedagogika nazariyasining rivoji. V. I. Fleri, G. A. Gursov. Dekabristlar qo‘zg‘oloni bostirilgach, Rossiyadagi barcha ta’lim muassasalari ustavlarini qayta ishlash yoki yangilarini yaratish boshlandi. Bunday o‘zgartirishdan maqsad “o‘zboshimchalik”ni tugatishdan iborat edi.
1835 yilda tasdiqlangan Peterburg kar-soqovlar bilim yurti ustavi ham kar bolalar tarbiyasini “pravoslaviye va samoderjaviye” ruhiga yo‘nalshtirishi kerak edi. Yangi ustav (nizom) ga muvofiq, o‘quv rejasi ko‘p fanli ekani, o‘quvchilarning mehnat amaliy tayyorgarligi kuchsizlashishi, tarbiyalanuvchilarning tashqi “dunyoviy” qiyofa egallashiga qaratilgan fanlarning ko‘pligi bilan ajralib turardi. O‘quv rejasi quyi va yuqori kusrlarga bo‘lingan. Ustavga muvofiq bilim yurtida ta’lim fanlari gimnaziyalar o‘quv rejasiga u yoki bu darajada mos kelsa-da, quyi kursdan yuqorisiga o‘tish ancha qiyin edi. Bo‘linish, ayniqsa yuqori kurslarda o‘qishni davom ettirish imkoniga ega bo‘lmaganlar, keyingi ta’limga yo‘l berish maqsadga muvofiq bo‘lmaganlar uchun, ancha erta boshlanardi. Quyi kursda ta’lim olgan o‘quvchilar elementar liimlar va yozma nutqdan uezd bilim yurtlari dasturi hajmida foydalanish malakalarini egallardi. Oliy kurs o‘quvchilari, quyi kursda o‘rganilgan fanlardan tashqari, rus va fransuz tillari, ayrimlari xatto lotin tilini o‘rgangan. Oliy kurs o‘quv rejasiga umumta’lim fanlari ham kiritilgan. Bundan tashqari, “fuqarolik hayoti turli hodisalari, tabiiy tarix va fizika haqida foydali bilimlar” kursi joriy qilingan. O‘quv rejaga kasbiy tayyorgarlik uchun zarur fanlar: chizmachilik, toza yozuv, rasm va hunarlar ham kiritilgan “Raqs va gimnastika” kabi fanlar karlarni jismonan rivojlantirish emas, balki ko‘proq ularni “yurish-turish”ga, “o‘z holatidagi” kishilar bilan muloqotda harakatlar erkinligiga o‘rgatish uchun joriy qilingan. Quyi va oliy kurslar uchun Ustavda 10 yillik ta’lim muddati belgilangan.hamma o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan quyi kurs 4 yilga, oliy kurs 6 yilga mo‘ljallangan; oliy kurs “kelib chiqishi va ota-onasining holatiga ko‘ra, o‘z mehnati bila kun ko‘rishga muhtoj bo‘lmaydiganlar uchun” mo‘ljallangan. Peterburg bilim yurtining 1835 yildagi Ustavi 13 paragrafida unda “yarim kar hamda kar-soqovlarni o‘qitishning bu muhim sohasiga qodir bo‘lgan tamomila kar bolalarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish” uchun alohida bo‘lim ochilishi haqidagi muhim ko‘rsatma ham bor. Biroq yarim karlar uchun maxsus bo‘lim o‘sha davrda ochilmagan. Bilim yurtida faqat alohida o‘quvchilarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish amaliyoti o‘rin tutgan. Kar-soqovlar uchun bilim yurti Ustavi shuningdek tarbiya uyining eshitadigan tarbiyalanuvchilari hisobidan surdopedagoglarni tayyorlashni ham ko‘zda tutagna. Bu vazifani hal qilish uchun bilim yurtida Gatchino yetimlar uyidan beshta o‘g‘il va to‘rtta qiz bola joylashtirilgan. O‘g‘il bolalar gimnaziyada, qiz bolalar esa Nikolayev yetimlar institutida o‘qigan, kar-soqovlar bilim yurtida yashagan. Gimnaziyani tamomlagach, o‘g‘il bolalar universitetga yuborilgan. Biroq ularning surdopedagog bo‘lishi bilan bog‘liq umidlar ro‘yobga chiqmadi. Bu tariqa tayyorlangan o‘qituvilarning katta qismi bilim yurtida qolmas, balki boshqa ta’lim muasssalari bo‘ylab iarqalib ketardi. Bilim yurtida, avvalgidek, kar bolalar uchun tayyorlangan o‘qituvchilar yetishmasdi. Peterburg kar-soqovlar bilim yurti ustav qoidalarining saroy –idora xarakteri, uning faoliyati ajratilganligi, ta’lim uchun to‘lovning kattaligi – bularning hammasi karlar uchun yangi maktablar uchun namuna va ularning tashkil qilinishi uchun ko‘mak bo‘lolmasdi. Chekka hududlarda karlar uchun mapktablar tashkil qilishga xususiy tashabbusga ko‘ra, bu ishni olib borish uchun tayyorlangan o‘qituvchilarning yo‘qligi uchun ham, kamdan kam hollarda erishilardi. Varshava bilim yurti 30-yillarda Xalq maorifi vazirligi yurituvchiga o‘tkazildi. U mazkur vazirlik yurituvidagi yagona bilim yurti edi. O‘sha yillarda karlarni bilim yurtidla va oilada o‘qitish hamda tarbiyalashga oid nazariy, metodik va o‘quv qo‘llanmalar chop qilish zarurati juda keskin edi. Surdopedagogikaga oid dastlabki nazariy va metodik asarlar mualliflari Peterburg kar-soqovlar bilim yurti vakillari edi. Bu uzoq yillar karlar bilan ishlagan va bilim yurtida butun o‘quv-tarbiya ishiga rahbarlik qilgan surdopedagoglar edi. U davrda nazariy va metodik ishlarni chop qilish qator sabablarga ko‘ra osonroq edi. Birinchidan, umume’tirof qilingan tamoyillarga bo‘ysunishi lozim bo‘lgan xususiy o‘qituvchilar ustidan davlat nazorati kuchaygan. Ikkinchidan, Peterburg kar-soqovlar bilim yurti o‘qituvchilari yetarlicha katta tajriba to‘plagan, bu tajriba ularga surdopedagogikadan nazariy asarlar, karlarni nafaqat bilim yurti, balki oilada o‘qitish va tarbiyalashga oid o‘quv va metodik qo‘llanmalar yaratish imkonini bergan. Download 301.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling