6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja


Kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash metodikasining rivojlanishi


Download 301.08 Kb.
bet6/10
Sana29.06.2023
Hajmi301.08 Kb.
#1657420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мавзу Сурдо тарихи (3)

Kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash metodikasining rivojlanishi. 60-80-yillarda kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti o‘sha davr uchun xos ilg‘or pedagogik qarashlar asosida eshitadigan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyotiga yaqinlashishi kuzatildi. Bu surdopedagogika rivojidagi yetakchi tendensiya edi.
Yangi (Moskva, Qozon va boshqa.)bilim yurtlarining tashkil topishi, avval mavjud bo‘lgan bilim yurtlarida o‘quv-tarbiya faoliyatining kengaytirilishi surdopedagogik tajribani tanqidiy anglash va uni nazariy jihatdan asoslash bilan bog‘liq holda kechardi. XIX asrning 2-yarmida surdopedagogika kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash maqsad va vazifalarini anchagina aniq shakllantira oldi. Shu bilan birga ta’lim mazmuni ham aniqlashtirib borildi. Bu yangi dasturlar ishlab chiqildi. Kar bolalarni rus tiliga o‘qitish dasturi, K.D.Ushinskiyning ta’sirida ishlanib, tobora to‘liq va pedagogik nuqtai nazardan asoslangan sanalardi. Unda ona tilini o‘zlashtirishning asoiy rol egallashi ta’kidlangan edi.
Surdopedagog-novatorlar bu davrga kelib, birinchi o‘ringa kar bolalarni og‘zaki nutqqa, labdan o‘qish va savodga o‘rgatishni qo‘ydilar.
Surdopedagoglar tomonidan K.D.Ushinskiyning o‘quvchilarning diqqati, xotirasi va tafakkurini rivojlantirish masalalari yoritilgan asarlariga e’tibor kuchaydi. Biroq ular dastlabki va umumta’lim o‘qitish davri qanday bo‘lishi kerakligi haqida yagona fikrga kela olmadi.
Bilim yurtlarida va konferensiyalarda pedagogik masalalarni jamoaviy muhokama qilish kar bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oid tashkiliy masalalarning yanada asosli tarzda ishlanishiga ko‘maklashdi. Biroq yangiliklar o‘qitishning eski tizimi bilan keskin kurashlarda asta-sekinlik bilan tatbiq qilinardi. Peterburgbilim yurtida ilg‘or o‘qituvchilar kar bolalarni dastlabki o‘qitishni rus tiliga o‘qitishdan boshlashga harakat qilardi.Surdopedagogikadagi bu yangi yo‘nalish kar bola, faqat eshitish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan, hamma bola kabi oddiy boladegan qarashga asoslangan edi. Bunda eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bola atrofdagilari bilan aloqasini yo‘qotishi, eshitadiganlar jamoasidan ajralib qolishi, “o‘zining” imo-ishora va mimka nutqiga ega bo‘lishi ta’kidlanardi.
Kar bolani og‘zaki nutqqa yozuv, elementar o‘qish va arifmetikani qo‘shib o‘qitish orqali eshitadiganlar jamoasiga qo‘shish butun o‘qitish tizimini qayta ko‘rib chiqish va uning mazmunini xalq maktablari dasturlariga yaqinlashtirishni talab qilardi. Keyinchalik til materiali negizida uezd bilim yurtlari o‘quv rejasi bo‘yicha o‘quv fanlarini (geografiya, tarix va boshq.) o‘rganish amalga oshirilardi. Surdopedagogikada bu oqim vakillari Y.T. Speshnev, I.Y. Seleznev, A.F. Ostrogradskiy, N.M. Lagovskiy va boshq. kar bolalarni qoloq deb hisoblamas edi. Ularning fikricha, bu bo‘sh qo‘yilgan bolalar edi xolos. Bu kabi bo‘sh qo‘yish ularning karligi sababli eshitadiganlardan ajratib qo‘yilganligi bilan izohlanardi
Bu bo‘sh qo‘yilganlikni baratarf qilishning eng muhim vositalaridan biri rus tilishi o‘zlashtirish bo‘lib, mazkur jarayon uch bosqichga bo‘linardi.
O‘qitishning 1-bosqichida bolalar (9 yoshdan 12 yoshgacha) ko‘rgazmali o‘qitish yo‘li bilan o‘zlari kuzatganini anglashga o‘rgatilardi. Atrofdagi, o‘rab turgan predmet-hodisa, belgi va harakatlar yozma so‘zlar bilan ifodalanardi. Xuddi shu yo‘l bilan bolalar mavhum tushunchalarni ham o‘zlashtirardi. Ayni vaqtda ko‘rgazmali o‘qitish darslaridan qat’i nazar o‘qituvchi og‘zaki nutq uchun tovushlarni "chaqirar" va bolani labdan ravon o‘qishga o‘rgatardi. Yozma nutq esa kar bolaning bilish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qilardi.
2-bosqichda (12 yoshdan 15 yoshgacha) bolalar grammatikaning asosiy qoidalarini o‘zlashtirar va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rganardi. Bu yillar o‘qitishning 1-bosqichida egallangan bilim va malakalar asosida og‘zaki nutqni mashq qilishga ko‘p vaqt ajratilardi.
O‘qitishning 3-bosqichida (15 yoshdan 18 yoshgacha) o‘quvchilar adabiy asarlardan parchalarni o‘qishga o‘tishlari kerak edi. Shu bilan birga ular o‘z fikrini tarix, geografiya, arifmetika, geometriya va sh.k. larni o‘rganish bilan bog‘liq holda og‘zaki va yozma bayon qilish ko‘nikmalarini egallashi kerak edi.
Rus tili o‘qitish mazmuni tez bilim yurtlari dasturlari bilan mos kelardi. Biroq bu mazmun nisbatan uzoq vaqt mobaynida o‘zlashtirilardi.
Imo-ishora nutqi, daktilologiya va yozma nutq o‘qitish vositalari sifatida saqlanib qolardi. O‘qitishning bu kabi o‘zlashtirilgan vositalari bilan bir qatorda og‘zaki tovushli nutqdan ham foydalanila boshladi. Yozma nutq esa og‘zaki nutqqa o‘rgatish va undan foydalanishda yordamchi vosita o‘rnini egalladi. Daktil nutqqa munosabat ham o‘zgardi. Uni og‘zaki tovushli nutq bilan qiyoslab qo‘llash endi uni qo‘llashga oid maxsus ko‘nikmani talab qiladigan vosita sifatida qaraladigan bo‘ldi.
Surdopedagogika rivojidagi bu yangi yo‘nalish XX asr boshlariga kelib, "sof og‘zaki metod" sifatida tamomila belgilandi. Shu bilan birga rus tili va boshqa umumta’lim fanlariga o‘qitishda «mimik metod»dan foydalanish davom etdi. Bu metod ayniqsa Varshava va Moskva bilim yurtlarida, shuningdek, o‘qituvchilar karlar bo‘lgan bilim yurtlarida keng qo‘llanardi.
Varshava bilim yurtida u davrda ko‘zi ojiz va kar bolalar o‘qitilardi. Har ikki toifa bolalarni bitta bilim yurtida birlashtirish bilim yurtlarining og‘ir moddiy sharoiti, shuningdek, turli anomaliyali bolalarni o‘qitishda differensiatsiyalangan yondashuvni amalga oshirish zaruratini anglab yetmaslik bilan bog‘liq edi. Og‘zaki nutq Varshava bilim yurtida keyingi amaliy turmush uchun zaruriy vosita sifatida qaralardi. O‘qitish jarayonida aqliy rivojlantirishga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni imo-ishora nutqidan foydalanish asosida amalga oshirishda davom etilardi. Varshava bilim yurtida kar bolani hali-hamon "notavon", nogiron, og‘zaki nutqni faqat imo-ishora va mimika yordamida egallasha qodir deb bilishardi. Karlarni hunar vaelementar muloqot uchun zarur sanalgan og‘zaki nutq ko‘nikmalarigagina o‘rgatish Varshava bilim yurti rahbarlarini to‘liq qanoatlantirardi. Karlarni o‘qitish va tarbiyalash bu yerda hayotga elementar tayyorlashga oid vazifalar bilan cheklangan amaliy xarakterini saqlab qolaverdi. O‘sha vaqtda ma’lum o‘ziga xoslikni nisbatan keyin ochilgan Moskva karlar bilim yurti faoliyatida ko‘rish mumkin.
Bilim yurti rahbari I.K .Arnold va taklif qilingan o‘qituvchilar ham kar edi. Bilim yurtining pedagogik va metodik yo‘nalishi o‘ziga xosligi aslida shu bilan bog‘liq edi. Bilim yurtida XIX asr oxirigacha karlarni o‘qitish va umumiy rivojlantirishning boshlang‘ich vositalari imo-ishora, mimika va daktilologiyadan iborat edi. Moskva bilim yurti o‘quv rejasida shuningdek karlarni og‘zaki tovushli nutqqa, rus va nemis tiliga o‘rgatish ko‘zda tutilgan edi. Rus tiliga o‘qitishda mutoalaga katta e’tibor qaratilardi.
Moskva bilim yurti o‘quv rejasida umumta’lim fanlari: arifmetika, geografiya, Rossiya tarixi, tabiiy tarix, rasm, chizmachilik, husnixat kabilar ko‘zda tutilardi. O‘g‘il bolalar hunarlarni egallasa, qizlar qo‘l mehnatiga o‘rgatilardi.
Moskva bilim yurti imo-ishora nutqi vositasida o‘qitish va muloqot tizimini yengish yo‘lidan borardi. Uning o‘rnini tobora keng miqyosda daktilologiya va nutqning yozma shakli egallab bordi.
XIX asrning 80-yillarida Moskva bilim yurtining direktori D.K.Organov dastlabki (boshlang‘ich) o‘qitish metodikasiga yozma nutq va daktilologiyaga asoslangan yanada aniq tizimni joriy qildi, bunda sun’iy imo-ishora nutqidan foydalanish istisno qilinardi. Ayni shu yillari bilim yurtida karlarni tovushli metod bo‘yicha og‘zaki nutqqa o‘rgatishga urinishlar ham qilindi.
Bu davrda surdopedagogikada bilim yurtlarida karlarni o‘qitish metodlarini xalq maktabi amaliyotida qo‘llanadigan metodlarga tobora yaqinlashtirish uchun kurash borardi. Ayni vaqtda kar bolalarni o‘qitish amaliyotiga og‘zaki va yozma nutq shaklida ona tilini joriy qilishga intilish tobora yorqin namoyon bo‘lib bordi. Surdopedagogikada bu ilg‘or yo‘nalish tarafdorlari rus surdopedagoglari Y.T. Speshnev va I.Y. Seleznev bo‘ldi.

Download 301.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling