6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja


Download 301.08 Kb.
bet8/10
Sana29.06.2023
Hajmi301.08 Kb.
#1657420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мавзу Сурдо тарихи (3)

Seleznev Ivan Yakovlevich. I.Y. Seleznev o‘zining Peterburg kar-soqovlar bilim yurtidagi qisqa muddatli pedagogik faoliyati davomida (1859-1869) surdopedagogika rivojiga katta hissa qo‘sha olgan mutaxassis. Peterburg kar-soqovlar bilim yurtiga u xuddi Y.T. Speshnev kabi Aleksandrovskiy litseyidan keldi. U yerda ya, I.Y. Seleznev rus tili kafedrasi a’zosi edi. I.Y. Seleznev Peterburg bilim yurtigao‘quv bo‘limi noziri (inspektori) lavozimiga taklif qilindi. Y.T. Speshnevning bilim yurtida o‘zgarishlar qilish haqidagi g’oyalarini qo‘llab-quvvatlagani holda u karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishni keng tatbiq qilishga intildi. Tillar va eshitadigan bolalarga rus tili o‘qitish metodikasiga oid bilimlari I.Y.Seleznevga kar bolalarni o‘qitishning mohiyatini tezda anglab yetish va tegishli tamoyil hamda metodlarni belgilashga imkon berdi.
Keyinroq, bilim yurti direktori lavozimiga tayinlangach, u ma’muriy ishlardan-da ko‘proq o‘quv-metodik faoliyat bilan shug‘ullandi.
Y.T. Speshnev Peterburg bilim yurti tarixida pedagog-tadqiqotchi va karlarni o‘qitishning ilg‘or yo‘llarini izlovchi tinimsiz tadqiqotchi sifatida nom qoldirdi. U surdopedagogika tarixida karlarni rus tiliga dastlabki o‘qitish metodikasining asoschisi hamda qator darslik, dastur va metodik qo‘llanmalar muallifi sifatida munosib o‘rin egalladi.
1859 yilda I.Y. Seleznev «Posobiye pri urokax otechestvennogo yazika», (Vatan tili darslari uchun qo‘llanma) nomli kitob yaratdi va u karlarni o‘qitish bilan shug‘ullangan o‘qituvchilar uchun juda qimmatli manba bo‘lib xizmat qildi. Keyingi yillari I.Y. Seleznev karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish metodikasiga oid muammolar ustida ko‘p ishladi. Natijada, u yangi - «Vizivaniye u gluxonemix proiznosheniya i chteniya po gubam ili polojeniye golosovix organov pri proiznoshenii» (Kar-soqovlarda talaffuz va labdan o‘qishni tarbiyalash yoki talaffuzda ovoz organlarining holati, 1868) kitobini chop ettirdi. Bu V. I. Flerining 1859 yilda nashr qilingan ishiga nisbatan olganda o‘z davri uchun yangi kitob edi. Chunki muallif nutq va eshitish fiziologiyasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlarga asoslangan edi. O‘sha yillari karlar bilim yurtlari uchun rus tilidan qator darsliklar chop ettirdi. Bular orasida «Slovar iz oblasti ponyatiy obidennoy jizni» (Kuladik turmush sohasiga oid tushunchalar lug‘ati, 1867), «Rukovodstvo k prakticheskomu uprajneniyu v yazike po voprosam» (Tilda savollar bo‘yicha amaliy mashqlar bo‘yicha yo‘riqnoma, 1866), «Nadpisi k kartinkam pervogo kursa. Prigotovitelnoye chteniye i xrestomatiya» (Birinchi kurs rasmlariga yozuvlar. Tayyolov mutolaasi va xrestomatiya, 1868), «Prakticheskoye izlojeniye grammatiki v 5 otdeleniyax, soobrazno 5 godam kursa onoy v bilimyurti» (Grammatikaning bilim yurtidagi 5 yillik kursiga muvofiq 5 bo‘limdagi bayoni ,1868) kabilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Karlarni o‘qitish va tarbiyalash masalalarini I.Y. Seleznev 60-yillar ilg‘or rus umumiy pedagogikasi yutuqlari bilan bog‘ladi. O‘zining har bir asarida u karlar va eshitadiganlarni o‘qitish tamoyillari va metodlari bir ekanini ta’kidlar, bunda karlarni o‘qitishning o‘ziga xos texnikasini ishlab chiqish zarurligiga urg‘u berardi.
Karalrni o‘qitish va tarbiyalashning pedagogik yo‘llarini belgilar ekan, I.Y. Seleznev kar-soqovlarning rivojllanishi barcha odamlar uchun umumiy bo‘lgan mantiqiy qonunlar asosida kechishi, ammo "jismoniy belgilangan xurujlarda ayrim qabul qilishlar" da o‘ziga xoslikka ega ekanini uqtirardi. Bu " xurujlarda ayrim qabul qilishlar" ni I.Y. Seleznev rus tiliga dastlabki o‘qitish davrida - tovushlarni chaqirish va nutq a’zolarining holatini yod olish bo‘yicha labdan o‘qishni rivojlantirishda, shuningdek, "tabiat tili" - mimikadan foydalanishda deb bilardi. Shunday keyin har bir tajribali pedagog shu tarzda tayyorgarlik ko‘rgan bolani o‘qitishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan davr boshlanadi, deb aytaredi I.Y.Seleznev.
I.Y. Seleznev kar-soqovlarni o‘qitishni o‘zi o‘rnatgan og‘zaki nutqni rivojlantirish va undan umumta’lim fanlarini o‘qitishda foydalanish metodikasiga muvofiq tarzda uch bosqichga bo‘lgan:
1-bosqich - bolalarni ko‘rgazmalilik vositasida og‘zaki nutqni tushunish va undan kundalik hayotida foydalanishga o‘rgatish;
2-bosqich - sanash bilan tanishtirish, grammatika asoslarini o‘rgatish va og‘zaki nutqni mashq qildirish;
3-bosqich - kitoblar mutoalasi va adabiy til bilan tanishishga kirishish.
Rus tilini o‘zlashtirish I.Y. Seleznev tomonidan karlar ta’limida va ularni hayotga tayyorlash jarayonida birinchi darajali vazifa sifatida belgilangan edi. Dastlabki o‘qitish davrini u ikkita asosiy bo‘limdan iborat deb bilardi:
1) savod o‘rgatish;
2) talaffuz va labdan o‘qishga o‘rgatish.
Bunda talaffuzga o‘rgatish yozma nutq, savod va o‘qishga o‘rgatishdan qat’i nazar mustaqil tarzda olib borilardi.
I.Y.Selezneva metodikasi bo‘yicha savod o‘rgatish qo‘l alifbosi bilan analogiya asosida harflarni o‘rganishdan boshlangan. Faqat so‘zni tashkil qilgan harflar talaffuzga bag‘ishlangan darslarda tovush sifatida o‘rganilgandan keyingina bu so‘z talaffuz qilinardi. Savod o‘rgatish alohida tovushlarni ishlashdan qat’i nazar amalga oshirilardi. Uning savod o‘rgatish metodikasini harf-analitik metodika deb atash mumkin.
I.Y. Seleznev kar o‘quvchini talaffuzga o‘rgatishni bolaning og‘zaki nutqqa ehtiyoeini qondirish sifatida baholardi. O‘sha davrda mavjud bo‘lgan talaffuzga o‘rgatishga sun’iy jarayon sifatidagi qarashlardan farqli o‘laroq, u mazkur jarayonni tabiat ustidan zo‘ravonlik emas, balki tabiiy hodisa deb bilgan.
I.Y. Seleznev kar bolada tovushlarni talaffuz qilishga hamda ulardan nutqida foydalanishga ehtiyojni shakllantirishga katta e’tibor bilan qarardi. Og‘zaki nutqqa o‘rgatish jarayonida u karlik xarakterini (orttirilgan yoki tug‘ma, ilk bolalikda yoki keyin yuzaga kelgan karlik), bolaning umumiy rivojlanganlik darajasi, taqlid qobiliyati, ovoz va nafas organlarining, eshitish va ko‘rishning holatini hisobga olardi.
I.Y. Seleznev karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish zarurligini keng targ‘ib qilgan. Uning fikricha, kar bola gapirmasa, bu uning xususiyatlari emas, balki o‘qituvchida maxsus bilimlar, malakalar va yetarlicha sabr-toqatning yo‘qligidan dalolatdir.
I.Y. Seleznev birinchi bo‘lib labdan o‘qishni rus tili o‘qitishning alohida mustaqil bo‘limi sifatida ajratdi. Peterburg bilim yurtida o‘qitishning birinchi bosqichidayoq labdan o‘qish bo‘yicha majburiy mashg‘ulotlar belgilangan bo‘lib, ularga har kuni yarim soatdan vaqt ajratilgan. Biroq bu kabi mashg‘ulotlarni olib borishning maxsus metodlari uning tomonidan hali ishlab chiqilmagan edi. Labdan o‘qishga o‘rgatish analitik metod bo‘yicha talaffuzga o‘rgatish bilan parallel ravishda olib borilardi: tovush chaqirilarda, aynan uni labdan o‘qilardi; so‘zning talaffuzi yod olinardi, aynan u labdan o‘qilardi va sh.k. Kar bolada nutqiy tafakkurni rivojlantirish uchun savollar tizimidan keng foydalanilgan, savollar bunda atrofdagilar bilan og‘zaki nutq vositasida muloqot ko‘nikmalarini tarbiyalashga xizmat qilishga chaqirilgan.
V.I. Fleri va G.A. Gursovdan farqli ravishda I.Y. Seleznev o‘quvchilarni karlik darajasiga ko‘ra hal qiluvchi differensiatsiya o‘tkazmagan. Eng muhim, bolaning muvaffaqiyatini belgilovchi omil sifatida u bolaning intellektual imkoniyatlari va o‘qituvchining ulardan kar bolani o‘qitish va tarbiyalash jarayonida foydalana bilishini tan olgan.
O‘zining surdopedagogikaga va karlarni rus tiliga o‘qitish metodikasiga oid asarlarida I.Y. Seleznev imo-ishora nutqining tabiatini yoritish va unining rus tiliga o‘rgatishdagi o‘rnini belgilab berishga urinib ko‘rgan. Uning karlar o‘rtasida o‘zaro muloqot vositasi sifatidagi tabiatini tahlil qilib, muallif xulosaga keladiki, karlar uchun bu til hammasidan yaqinroq, ammo ayni vaqtda u o‘z mazmuniga va fikr ifodalash imkoniyatlariga ko‘ra chegaralangan.
"Imo-ishora tili"ning imkoniyatlari cheklanganligini uni so‘zlar tili bilan tashqi belgilariga ko‘ra qiyoslash yo‘li bilan ko‘rsatib berish uchun I.Y. Seleznev ular o‘rtasidagi mavjud o‘xshashlik va tafovutlarni ko‘rsatib o‘tgan. Biroq u "imo-ishora tili"ni uning kommunikativ vazifasiga ko‘ra turli xalqlarning so‘z tiliga tenglashtirib, qarama-qarshi (ziddiyatli) fikrlarga ham yo‘l qo‘ygan. Imo-ishora tilini u eng sodda (primitiv) til sifatida baholagan. Biroq ayni paytda "imo-ishora tili" so‘zlar tilidan tubdan farq qilishi haqida xulosaga kelgan. Chunki:
1) tovush tili ma’lum miqdordagi tovushlar va so‘zlarga ega, imo-ishora tilida esa na unisi, na bunisi mavjud;
2) kar bola har bir idrok va tasavvur (qilingan narsa) uchun ishorani ko‘rish, hid bilish va sezish asosida yaratadi. So‘z tili esa fikr ifodalash shakli va vositasi sifatida grammatikaga ega. Shu sababli xatto grammatik kategoriyalarning imo-ishora nutqida so‘z tiliga o‘xshash tarzda shartli ifodalanishi ham dso‘zlar yordamida fikrlash uchun lisoniy bazani yaratmaydi.
I.Y. Seleznev "imo-ishoralar tili" bilan so‘zlar tili o‘rtasidagi mazkur tafovutlarni ko‘rsatib o‘tgan, garchi bu tafovutlarning batafsil ilmiy asosini keltirmagan. Biroq "imo-ishora tili"ni karlarni o‘qitish amaliyotida yordamchi vosita sifatida tan olish o‘sha davr surdopedagogikasi uchun yangi fikr sanalgan.
Ko‘plab zamondoshlari kabi I.Y. Seleznev ham karlarni rus tili va umumta’lim fanlariga o‘rgatish masalalari bilan bir qatorda mehnat va kasbga o‘rgatish masalalari bilan ham shug‘ullangan. U Peterburg bilim yurti qoshida o‘quv xarakteriga ega bo‘lgan va shu bilan birga bolalarni hayotiga tayyorlashga xizmat qiladigan ustaxonalar yaratish uchun ko‘p harakat qilgan.
Uning say-harakatlari tufayli ustaxonalarni jihozlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilgan. 1864 yilda bilim yurti qoshida sakkizta6 etikdo‘zlik, mexanik, tokarlik, chilangarlik, muqovalash, tikuvchilik, drudgorlik ustaxonasi va tipografiya tashkil topdi.
I.Y. Seleznev ustaxonalarda olib boriladigan mashg‘ulotlarga xuddi umumta’lim o‘qtishdagi kabi talablarni qo‘ygan. Ularning asosiylari mehnat darslari "rivojlantiruvchi xarakterda bo‘lishi va o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalashga ko‘maklashishi"dan iborat bo‘lgan.
Ustaxonalarda mehnatga o‘rgatish 3-4 yil davom etgan. Har bir o‘quvchi bilim yurti uchun ayrim narsalarni yasash va buyurtmalarni bajarish bilan kifoyalanmasdan, balki ma’lum dasturni o‘tishi lozim bo‘lgan. Peterburg bilim yurtini tamomlagan tarbiyalanuvchi usta yoki uning yordamchisi maqomini olgan.
K.D. Ushinskiy, I.M. Sechenov va rus hamda xorij maxsus pedagogikasi vakillari asarlariga tayangan holda I.Y. Seleznev karlarni og‘zaki nutqqa dastlabki o‘rgatishning asoslarini yaratgan. U ona tilini o‘rgatish davrini karlarni o‘qitishning birinchi bosqichi sifatida ajratib, uning mazmuni va metodlarini belgilab bergan. Ona tili karlar bilim yurtida nafaqat o‘quv fani, balki ma’lumot olish hamda atrofdagilar bilan muloqot vositasiga aylangan.
Biroq I.Y. Seleznev "imo-ishora tili"dan foydalanish bilan bog‘liq hukmron an’analarga to‘lig‘icha barham bera olmadi. Yordamchi vositalardan (daktilologiya, daktilografiya) rus tilini o‘qitish jarayonida foydalanish avvalgidek hal qilinmagan muammolar qatorida qolaverdi va nazariyotchi hamda amaliyotchilar o‘rtasida keskin bahslarni keltirib chiqaraverdi. Keyingi davrlarda Peterburg bilim yurtida imo-ishora va mimika asosida o‘qitish tamoyillariga qaytishga urinishlar qilindi. Ammo bu davrda og‘zaki nutqqa o‘rgatish karlarni o‘qitishning didaktik tamoyili va maqsadi kabi ahamiyat kasb etib bordi.
Varshava va Moskva bilim yurtida ham karlarni eshitadigan kishilar jamiyatida mehnat faoliyatiga jalb qilish va ularni og‘zaki hamda yozma nutq vositasida o‘qitish uchun kurash bordi.
Karlarni og‘zaki lisoniy nutqqa o‘rgatish pedagogik tamoyilini asoslash uchun XIX asr oxirida umumiy pedagogika fani namoyandalari: V.D. Sipovskiy, L. N.Modzalevskiy, A.F. Ostrogradskiy tomonidan ko‘p ishlar qilindi. Ular Peterburg karlar bilim yurti ishida faol ishtirok qildi. Bu jihatdan A.F. Ostrogradskiyning surdopedagogik faoliyati ayniqsa diqqatga sazovor.

Download 301.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling