6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja


Download 301.08 Kb.
bet4/10
Sana29.06.2023
Hajmi301.08 Kb.
#1657420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мавзу Сурдо тарихи (3)

G. A. Gursov. (1778-1858). Georgiy Aleksandrovich Gursov o‘zining surdopedagogik faoliyatini Peterburg karlar bilim yurtida boshladi. 1822 yildan u mazkur bilim yurtining direktori edi. O‘zining ma’muriy va pedagogik faoliyatida G.A.Gursov V. I. Fleri g‘oyalarini hayotga tatbiq qilishga intildi. G.A.Gursov V.I.Fleri bilan faqat bitta, biroq juda muhim va prinsipial masalada kelisholmadi. Gap karlarni o‘qitish jarayonida imo-ishora nutqini qo‘llash haqida edi. Gursov imo-ishora va mimikani karlarni o‘qitish jarayonida tarjima deb baholardi. Uningcha, imo-ishora va mimika zahirasini og‘zaki nutq bilan analogiyada kengaytirib, karlarga yozma nutqqa o‘tishni ta’minlash mumkin. Uning mazkur masaladagi qarashlari G‘arbiy Yevropaning ilg‘or surdopedagoglari, jumladan Vena maktabi surdopedagoglarining qarashlari bilan o‘xshash edi. Vzglyadi G.A.Gursovning fikrlari tarixan o‘z umrini yashab bo‘lgan Epe – Sikarning “mimik metod” metodik tizimiga yaqin edi.
G.A.Gursov o‘zining pedagogik va metodik qarashlarini 1838 yilda nashr qilingan darsligi – «Ensiklopedicheskiy kurs metodicheskix i prakticheskix urokov, sostavlennix iz kratkix nazidatelnix fraz, prisposoblennix k mimicheskomu yaziku, otnosyashixsya k cheloveku, jiteyskim nujdam, poznaniyam i ko vsem obyazannostyam yego v obshestve, dlya oboyego pola gluxonemix detey, vospitivayushixsya v Sankt-Peterburgskom imperatorskom uchilishe gluxonemix v osobennosti i dlya govoryashix detey voobshe, nachinayushix uchitsya otechestvennomu pismennomu yaziku» (Sankt-Peterburg imperator kar-soqovlar bilim yurtida tarbiyalanayotgan har ikki jins bolalari uchun ayniqsa va gaplashadigan, umuman mahalliy yozma tilga o‘rganishni boshlayotgan bolalar uchun insonga, kundalik ehtiyojlarga, bilimlar va uning jamiyatdagi barcha majburiyatlariga oid mimik tilga moslashtirilgan qisqa nasihatomuz iboralardan tuzilgan metodik va amaliy darslar ensiklopedik kursi) da bayon qildi.
G.A.Gursovning o‘qitish metodi quyidagi bosqichlardan iborat edi: imo-ishoralarning tabiiy tili asta-sekin shartli belgilar vositasida «ogrammatizatsiyalanadi»; imo-ishoralar tili yozma nutqqa tarjima qilinadi; yozuv quyi va oliy kurslar fanlari bo‘yicha o‘qitishning yagona didaktik vositasiga aylanadi.
G.A.Gursovning fikricha, karlarni bu metod yordamida o‘qitishda vazifasi – jarangli va mimik til o‘rtasida to‘g‘ri ijobiy analogiya tuzish, ya’ni adekvat tarjimaga erishish. Amalda esa bunday metod jumlalarni tarjima qilish zarur bo‘lganda qator qarama-qarshiliklarga olib kelardi. Imo-ishora nutqidan og‘zaki (lisoniy) nutqqa adekvat tarjima karlar uchun ilojsiz, chunki ular og‘zaki nutq normalarini egallamagan edi. Ular o‘qituvchi namoyish qilgan namunadan tarjima qilardi. Shu munosabat bilan ta’kidlash o‘rinliki, o‘qituvchi har ikkisini birdek egallagandi. G.A.Gursovning fikricha, ta’lim metodini to‘g‘ri belgilash uchun kar o‘quvchining eshitishi qanchalik zararlarganini aniqlash zarur. Rossiyada V.I.Flerining tajribasi, shuningdek, Yevropa olimlari tomonidan qoldiqli eshitishning o‘rganilishi uning so‘zlar va ovozni eshitadigan, uning ta’biri bilan, I va II toifali karlarni eshitadiganlar kabi gapirish va o‘qishga oson o‘rgatish mumkinligi haqida xulosa qilishiga asos bo‘ldi.
G.A.Gursov karlar va zaif eshituvchilarni farqlash, bolalarning bu ikki toifasini o‘qitishda boshlang‘ich bosqichda tizimlar va metodlar o‘ziga xosligini aniqlashga intildi. Biroq o‘zining didaktik ustanovkalarida u karlarni imo-ishora tili va uni og‘zaki nutqqa tarjima qilish asosidadastlabki o‘qitishning umumiy sxemasini taklif qildi.
Nutqqa o‘rgatish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqar ekan, G.A.Gursov ayni paytda kar bolalarning ma’naviy tarbiyasi masalalariga ham katta qiziqish bildirdi. O‘z tavsiyalarini o‘quvchilarning o‘zi va ularning ota-onalariga yo‘llab, u karlarga itoatkorlikni singdirishga intildi. G.A.Gursovning karlarga ma’naviy-axloqiy nasihatlari negizida unga zamondosh jamiyatning hukmron axloqi yotardi.
Shunday qilib, XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmi Rossiya surdopedagogikasi rivojlanishning katta yo‘lini bosib o‘tdi, u ko‘p jihatdan tabiyotshunoslik, tibbiyot va boshqa pedagogika bilan turdosh fanlar yutuqlari bilan ko‘p jihatdan belgilandi. Rossiya surdopedagogik fkiri shakllanishi uchun A.N.Radishevning falsafiy va publitsistik asarlarida, shuningdek, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida o‘sha davrda qo‘llangan karlarni o‘qitish metodlarini tanqidiy o‘rganish davomida ilgari surgan qarashlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
XIX asrning dastlabki yillari, Rossiyada xalq ta’limining yangi tizimi yaratilayotgan va kar bolalar uchun dastlabki bilim yurtlari tashkil qilinayotgan davr muhim bir bosqich bo‘ldi. Natijada, XIX asrning birinchi yarmida karlar uchun bir necha: Peterburg, Varshava, Riga, Vilnyus bilim yurtlari ochildi.
Kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliy tajribasi ortib borishi asosida va karlar uchun bilim yurtlari hamda oilada karlarni tarbiyalash ehtiyojlarini qondirish uchun XIX asrning birinchi yarmida nazariy, metodik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi. Bunday qo‘llanmalar mualliflari Peterburg bilim yurti rahbarlari V.I.Fleri i G.A.Gursov edi.



Download 301.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling