6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja
Ivan Karlovich Arnold (1805—1891)
Download 301.08 Kb.
|
Мавзу Сурдо тарихи (3)
Ivan Karlovich Arnold (1805—1891) Drezden badiiy akademiyasini tamomlagan. Ta’lim olib yurgan yillaridayoq u Rossiyada karlar uchun bilim yurti tashkil qilish haqida orzu qilgan. Kar odamni o‘qitish bo‘yicha o‘zining dastlabki muvaffaqiyatli tajribasini I.K.Arnold xususiy tartibda amalga oshirgan. Shundan keyin u Peterburgda kichik xususiy bilim yurti tashkillashtirishga kirishdi. Biroq juda tez vaqt ichida I.K .Arnold ishonch hosil qildiki, u tashkil qilgan bilim yurti hech qancha vaqt mavjud bo‘la olmaydi.Bu maqsadni amalga oshirish uchun uning shaxsiy mablag‘lari yo‘q edi, xomiylardan mablag‘lar tushishi esa tasodifiy xarakter kasb etardi. I.K .Arnold V.I.Fleriga (Peterburg bilim yurti direktoriga) o‘zi tashkil etgan bilim yurtini 2 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan kar bolalar uchun tayyorlov bilim yurti sifatida Peterburg bilim yurtiga qo‘shib olish haqidagi taklif bilan murojaat qildi. I.K.Arnoldning bu taklifi V.I.Fleri tomonidan ma’qullangan bo‘lsa-da, byurokratik Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilinmadi. 1860 yildaI.K.Arnoldkar-soqovlar uchun bilim yurti tashkil qilishga endi Peterburgda emas, balki Moskvada urinib ko‘rdi. Bunda u otasi – Tijorat akademiyasi direktorining aloqalaridan foydalanishga urindi. Tez orada unga bilim yurti ochish huquqi berildi, biroq uni tutib turish uchun mablag‘ ajratilmadi. I.K .Arnold yordam so‘rab Moskva shahrining xususiy va jamoatchilik xomiylariga murojaat qildi, bilim yurtiga kambag‘al ota-onalar farzandlarini qabul qilishni rejalashtirib, shahar hokimlaridan mablag‘ undirishga qat’iyat bilan intildi. Biroq shahar rahbarlari bu masalani hal qilishga shoshilmasdi. Ularning ruxsati bilan 1863 yilda “Bilim yurti haqidagi vasiylik jamiyati” tashkil qilindi, uning zimmasiga kar bolalarni o‘qitishga xomiylarni jalb qilish va bilim yurtida tartibni nazorat qilish vazifalari yuklatildi. Shuningdek, jamiyat bilim yurti byudjetiga kelib tushgan mablag‘larni tasarruf qilish: bilim yurtiga qabul qilinganlar uchun to‘lovlar tayinlash, undan ozod qilish, kambag‘al o‘quvchilar uchun stipendiyalarni taqsimlash huquqiga ega edi.
B ilim yurtida asosan boy ota-onalarning farzandlari o‘qishda davom etdi. Kambag‘ao ota-onalarning kam sonli farzandlari esa alohida xomiylar stipendiyalari evaziga o‘qitilardi. Faqat 1900 yilga kelib, bilim yurti 40 yil faoliyab ko‘rsatganidan keyingina Moskva kar-soqovlar bilim yurti Moskva shahar Dumasi tasarrufiga o‘tdi. Bilim yurti nisbatan ishonchli moddiy bazaga ega bo‘la boshladi. Xomiylar mablag‘larini jalb qilish amaliyoti esa oktabr to‘ntarishigacha davom etdi. Moskva kar-soqovlar bilim yurti xomiylari orasida hali I.K .Arnold hayotlik davrida bilim yurti binosi va unga qo‘shimcha binolarni qurdirib bergan P.M. Tretyakov ham bor edi. Shuningdek, u shahar Dumasi bilim yurtini o‘z tasarrufidagi ta’lim muassasalari qatoriga kiritishi uchun ham katta ishlar qilgan. I.K .Arnold (1891) va P. M.Tretyakov ning o‘limidan (1898) keyin bilim yurti «Arnol’d-Tretyakov kar-soqovlar bilim yurti» nomini oldi. Moskva bilim yurti o‘qituvchilar karlarni o‘qitishni tashkil qilish va uning metodikasi bilan tanishishi mumkin bo‘lgan markazga aylandi. Bilim yurtiga F. A. Payning kelishi (1900) bilan uning tajriba-namunali bilim yurti sifatidagi roli yanada ortdi. XIX asrning 80-yillariga kelib, Rossiyada uchta: Peterburg, Moskva va Varshava bilim yurti mavjud edi. Garchi ularning hammasi vaqt o‘tishi bilan kengayib borsa-da, ta’limga ehtiyojmand kar bolalarning barchasini qamrab ololmasdi. Karlar uchun yangi bilim yurtlarini tashkil qilish ishlari ko‘proq shaxsiy tashabbus va xomiylarga bog‘liq bo‘lib qolaverdi. XIX asrning 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida viloyatlarda bir necha bilim yurti tashkil topdi. Qozon, Vyazniki shaharlari, Maksimovichi qishlog‘idagi va boshqa bilim yurtlaridir. XIX asr oxiriga kelib, Rossiyada 23 ta bilim yurtida 885 o‘quvchi ta’lim olardi. Bu muassasalar rahbarlari ko‘p hollarda bilim yurtining moddiy bazasi uchun xavotirda edi. Ular bilim yurtini saqlab qolish uchun ko‘plab say-harakatlar qilishga majbur bo‘lardilar. Download 301.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling