6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja


-rasm. Tuproq unumdorligining elementlari va shart sharoitlari


Download 51.28 Kb.
bet10/11
Sana17.10.2023
Hajmi51.28 Kb.
#1705529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-lektsiya

17-rasm. Tuproq unumdorligining elementlari va shart sharoitlari
Tuproq unumdorligining kategoriyalari.
Tuproq unumdorligining quyidagi turlari ajratiladi: tabiiy, sun’iy, potensial, effektiv (samarali), nisbiy va iqtisodiy unumdorliklar.
T a b i i y u n u m d o r l i k. Insonlar qóli tegmagan tabiiy holatdagi tuproqlar uchun xarakterli unumdorlik hisoblanadi.
S u n ‘i y u n u m d o r l i k insonlarning maqsadli faoliyati (yerni haydash, unga davriy ravishda mexanikaviy ishlov berish, meliorasiyalash, óg’itlardan foydalanish singarilar) ta’sirida yuzaga keladi.
P o t e n s i a l u n u m d o r l i k - tabiiy tuproq hosil bólish jarayonlari natijasida paydo bólgan xossalar va shuningdek insonlar faoliyati ta’sirida yaratilgan yoki ózgartirilgan tuproq xususiyatlari bilan belgilanadigan barcha unumdorliklar yig’indisidan iborat.
E f f e k t i v (samarali) u n u m d o r l i k - muayyan iqlim va texnik-iqtisodiy (agrotexnologik) sharoitda ekinlardan hosil olish uchun tuproq potensial unumdorligining foydalaniladigan qismi hisoblanadi. Bu unumdorlik hozirgi vaqtda olinadigan hosil miqdori bilan ifodalanadi. Demak, hosildorlik miqdori samarali unumdorlikning asosiy kórsatkichi va konkret kórinishidir.
N i s b i y u n u m d o r l i k - muayyan gruppa yoki turdagi ósimliklarning tuproq unumdorligiga nisbatan bólgan munosabati (talabi) bilan belgilanadi. Bir turdagi ósimliklar uchun unumdor hisoblangan tuproq, boshqasiga yaroqsiz bólishi mumkin.
I q t i s o d i y u n u m d o r l i k - tuproqning potensial unumdorligi va yer uchastkalarining iqtisodiy xarakteristikasiga kóra tuproqlarni iqtisodiy jihatdan baholashdir.
Tuproq unumdorligini qayta takroriy yaratish va tuproqlarni madaniylashtirish.
T u p r o q u n u m d o r l i g i n i q a y t a t a k r o r i y ya r a t i sh - tuproqning samarali unumdorligini potensail unumdorlikka yaqin darajada saqlash maqsadida, tuproqqa ta’sir etadigan meliorativ va agrotexnika tadbirlari sistemasi yoki tabiiy tuproq jarayonlari yig’indisidan iborat.
Unumdorlik, tuproq paydo qiluvchi jarayon kabi, unumdorlik omillari va shart-sharoitlarining miqdor va sifat ózgarishiga sabab bóladigan, moddalarning ózgarishi, tóplanishi va ótkazishi kabi jarayonlari bilan chambarchas bog’liq. Bu ózgarishlar unumdorlikning rivojlanishi uchun ijobiy yónalishda bólishi va bu holda uning yaxshilanishiga olib kelishi (oziqa moddalarning tóplanishi, ularning ósimliklar uchun yanada qulay ózlashtiriladigan shaklga ótishi, strukturaning yaxshilanishi va h.k.), yoki unumdorlikning pasayishiga olib keladigan salbiy yónalishda (oziqa elementlarning yuvilib ketilishi, ularning qiyin ózlashtiriladigan shaklga ótishi, strukturaning buzilishi va h.k) bólishi mumkin. Tuproq xossalarining ózgarishi ma’lum bir davrda unumdorlikni boshlang’ich darajasiga olib kelishi ham mumkin.
Shunday qilib ma’lum davr ichida (ósuv davri, yillik yoki almashlab ekish davri va h.z) unumdorlikning ózgarishi uning tóliqsiz, oddiy va kengaytirilgan holatda qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin. Tuproq unumdorligining boshlang’ich davridagidan past darajada shakllanishi tuproq unumdorligining tóliqsiz qayta tiklanishini bildiradi. Tuproq unumdorligining boshlang’ich darajasiga qaytishi unumdorlikning oddiy qayta tiklanishini anglatadi. Tuproq, unumdorligining boshlang’ich darajasidan yuqori holatda yaratilishi unumdorlikning kengaytirilgan tarzda qayta tiklanganligini bildiradi. Tuproq unumdorligining qayta tiklanishi tuproq hosil bólish jarayonining obyektiv qonunidir, va uning namoyon bólishining barcha shakllariga xosdir.
Tabiiy tuproq paydo bólish jarayonining rivojlanishi unumdorlikning tóliq bólmagan, oddiy yoki kengaytirilgan tipdagi qayta tiklanishi muayyan tuproq paydo bólish jarayonlari yoki ularning birgalikdagi rivojlanishi bilan aniqlanadi. Tuproqning dehqonchilikda foydalanishi sharoitida uning unumdorligining qayta tiklanishi tabiiy omillar ta’siri va insonning turli usullar bilan tuproqga ta’sir etishida sodir bóladi.
Madaniy tuproq paydo bólish jarayoni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida rivojlanadi. Insonlar yerdan uzoq vaqtlar foydalanganda tuproqda kechadigan tabiiy jarayonlar, jumladan, tuproqning qator xossalari va rejimlari ózgarib, yangi madaniy tuproqlar paydo bóladi. Tuproq unumdorligini doim yaxshi va yuqori holatda saqlab turish maqsadida, insonlar tomonidan tuproq tabiiy xossalarining ózgartirish jarayonlariga tuproqni madaniylashtirish deyiladi. Tuproqlarni madaniylashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlar sistemasi, ekinlardan barqaror va muttasil yuqori hosil olishni ta’minlovchi tuproq xossalarini yaxshilash imkonini beradi. Tuproqlarni madaniylashtirishning biologik, kimyoviy va fizikaviy usullaridan foydalaniladi.
B i o l o g i k u s u l tuproqda chirindi va azotning kóproq tóplanishiga imkon beradigan tadbirlarni óz ichiga oladi. Shu maqsadda kóp yillik ótlar (beda va turli dukkaklilar) ekiladi va mahalliy-organik óg’itlardan foydalaniladi.
K i m yo v i y u s u l yerga mineral óg’itlar solish yóli bilan tuproqda ósimliklar uchun zarur va tez ótadigan oziq elementlari miqdorini kópaytirish hamda tuproqning kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan.
F i z i k a v i y u s u l l a r g a fizik-mexanikaviy va meliorativ tadbirlar qóllanish ya’ni yerni ishlash, haydalma qatlamda agronomik jihatdan qimmatli struktura yaratish, tuproqning suv-fizik, issiqlik xossalari va rejimlarini yaxshilash singari tadbirlar kiradi.

Download 51.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling