6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja


Download 51.28 Kb.
bet2/11
Sana17.10.2023
Hajmi51.28 Kb.
#1705529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-lektsiya

Tuproq paydo qiluvchi omillar.
Tuproq paydo bólish va rivojlanishida turli xildagi uchta ózaro bog’liq xodisalar gruppasi ajratiladi: tuproq paydo bólish omillari, tuproq paydo bólish jarayoni, tuproq xossalari. Tuproq har qanday ósimlik va hayvon organizmlari kabi abadiy yashaydi (tirik) va doim ózgaradi.
Tuproq paydo qiluvchi omillar deb tuproqqa nisbatan tashqi tabiiy muhitning komponentlari tushuniladi, qaysiki, yer yuzidagi tuproq qoplami ularning ta’sirida va ishtirokida shakllanadi. Genetik tuproqshunoslikning asoschisi V.V.Dokuchayev tuproq hosil qiluvchi omillar haqidagi ta’limotga asos soldi. V.V.Dokuchayev tuproqlarning genezisi (kelib chiqishi va rivojlanishi) va xossalari bilan tuproq hosil qiluvchi omillar orasida mustahkam ózaro bog’liqlik mavjudligini aniqladi. V.V.Dokuchayevning tavsiyasi bilan tuproq paydo bólishining tabiiy sharoitlari tuproq paydo qiluvchi omillar deb yuritiladigan bóldi. Tuproq paydo qiluvchi omillar iqlim, ósimlik va hayvonot olami, ona jinslari, relyef, joyning yoshi (yoki tuproqning yoshi) kabilar kiradi.
V.V.Dokuchayev eng birinchi bólib tuproq qoplamining shakillanishi fizik-geografik muhit va uning rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog’liqligini aniqladi, hamda tuproq hakidagi ta’rifni berdi: « Tuproq – bu ustki mineral- organik yaralma, qaysiki har doim óziga xos kelib chiqishga ega; ular har doim xamma yerda ona tog’ jinsi, tirik va ólik (yashab ótgan) organizmlar (ósimlik va hayvonot), iqlim, joyning yoshi va relyefning birgalikdagi faoliyatining mahsuli hisoblanadi». Tuproq va asosiy tuproq paydo qiluvchi omillar órtasidagi funksional bog’liqlikni, Dokuchayev quyidagi formula bilan ifodalaydi:
T=f (i * o * j * r ) * v
Bu yerda: T- tuproq ; i – iqlim; o – organizm; j – tog’ jinsi; r – relyef; v – vaqt.
V.V.Dokuchayev, iqlim,ona tog’ jinsi, tirik va ólik organizmlar va relyef tashqi muhitning elementlari, joyning yoshi esa tuproqning ma’lum vaqt ichida rivojlanishini aks etadi deb hisoblaydi. Bu omillar Yer sharining (qit’alar,mamlakatlar va x.k) turli joyida turli tumandir.
Ushbu omillarning birgalikdagi ta’siri, Yer sharidagi juda kóp tuproq tiplarini, ularning kombinasiyalari, xillari va kompleksliligini tuproq qoplamining takrorlanmaydigan mozaika (qurama)sini yaratadi.

Download 51.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling