6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja


Download 51.28 Kb.
bet3/11
Sana17.10.2023
Hajmi51.28 Kb.
#1705529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-lektsiya

Iqlim-tuproq paydo qiluvchi omil.
Iqlim – ob-havoning statistik kóp yillik rejimi bólib, u yoki bu joyning asosiy geografik tavsiflaridan biri – atmosfera holatining va tuproqqa ta’sir etadigan atmosfera jarayonlarining asosiy miqdor kórsatgichidir.
Geologik vaqt nuqtai nazaridan iqlim- ózgaruvchan hadisa hisoblanadi. Iqlimning ózgarishi bilan organik dunyoning rivojlanish tarixi, demak, Yer sharidagi tuproq qoplamining rivojlanish tarixi chambarchas bog’liqdir. Iqlim Yer sharining yuzidagi tuproq tiplariningqonuniy joylashishida juda muhim rol óynaydi. U tuproq paydo bólish jarayonlarining dinamikasidagi ma’lum siklining órnatilishida, ularning óziga xos xususiyati va yónalishida katta axamiyatga ega. Tuproq paydo bólish energetikasi iqlim sharoitlari bilan bog’liq.
S.V.Kolesnikning aniqlashiga kóra, Yerning iqlimi kópgina tabiiy omillar ózaro ta’sirlashuvining natijasidir, ularning eng asosiylari quyidagilar: a) Quyosh nuri energiyasining kirimi va sarfi; b) issiqlik va namlikni qayta taqsimlaydigan, atmosfera sirkulyasiyasi; v) atmosfera sirkulyasiyasidan ajratib bólmaydigan, nam aylanishi. Sanab ótilgan omillarning har biri joyning geografik órniga bog’liq (kengligi, dengiz sathidan balandligi va x.z).
«Umum yer» iqlimining bosh omili Quyosh radiasiyasi hisoblanadi, qaysiki uning miqdori ushbu xududning joylashishiga kóra keskin farq qiladi. Yer yuzasiga oqib keladigan umumiy issiqlik radiasion balans bilan R, kDj/ (sm2 yil) ólchanadi.
R=(Q + q ) (1 - A)-E
Bunda: Q- tik radiasiya; q – yoyilgan radiasiya; A – albedo(birlikning qismlarida); E – yuzadan samarali parlanish.
Tuproq yuzasida singdirilgan va undan nurlanadigan Quyosh radiasiyasining kirimi va sarfiga radiasiya balansi (Rb)deyiladi.
Quyosh energiyasi (Quyosh doimiyligi) ning kosmik oqimi atmosferaning yuqori chegarasida 8,4 kDj/ (sm2. min) ni tashkil qiladi. Ammo Yer yuzasiga Quyosh energiyasining 50 foizidan kami yetib keladi, chunki uning taxminan 30 foizi atmosferadagi kosmosga qaytariladi, 20 foizi atmosferadagi suv bug’lari va changlar tomonidan yutiladi va qolgan qismi yoyilgan radiasiya holida Yer yuzasiga yetib keladi. Qutbdan (shimoliy kenglik) Ekvatorga tomon Quyosh energiyasining tushishi qonuniy ravishda ortib boradi.
Yer yuzasiga issiqlikning tushishiga kóra planetaning termik mintaqa (poyas)lari shakllanadi.
Iqlim - tuproq paydo bólishiga ta’sir etuvchi shart-sharoitlardan biri – iqlim hisoblanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omil bólgan iqlim, ósimliklarning ósib rivojlanishida katta rol óynaydi. Ósimliklar qoplamining zonal tarqalishi va tuproqdagi biologik jarayonlar energiyasi iqlimga bog’liq. Iqlim elementlaridan hisoblangan temperatura va atmosfera yog’inlari tuproq paydo bólishida bevosita ishtirok etib, tuproqning issiqlik va suv rejimlarini belgilaydi. Ammo muayyan maydonlardagi iqlim bilan bog’liq bólgan suv, issiqlik rejimi ósimliklar qoplami ta’sirida keskin ózgaradi. Natijada tuproqning óziga xos gidrotermik rejimi yuzaga keladiki, unga tuproq iqlimi deyiladi. Tuproq iqlimi tuproqda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning tezligiga hamda nurash va ishqorsizlanish jadalligi singari jarayon va xodisalarga bevosita ta’sir etadi. Bu ózgarishlar ósimlik tiplari, tuproqning mexanik tarkibi, ona jinslar xarakteriga kóra turlichadir.
Iqlim sharoitlari qishloq xójaligi, jumladan dehqonchilikda juda katta rol óynaydi. Shuning uchun ham iqlim, respublikamizning tabiiy resurslaridan biridir. Qishloq xójaligini olib borish sistemasi, bir yilda bir necha marta hosil olish imkoniyatlari, ekinlarning tanlab ekilishi singarilar iqlim sharoitlariga kóra belgilanadi.
Termik va tuproqning namlanish sharoitlariga qarab, iqlim gruppalari ajratiladi. Bunda geografik kengliklar bóyicha xaroratning bir xilda bólmasligi e’tiborga olinadi. Termik gruppalardagi asosiy kórsatkich vegitasiya davridagi 100Sdan yuqori bólgan órtacha sutkalik harorat hisoblanadi. Ana shu kórsatkichga kóra iqlimning quyidagi asosiy gruppalari ajratiladi.
29 - jadval

Iqlim gruppalari

Órtacha yillik temperatura, 0C

100C dan yuqori bólgan xarorat yig’indisi

Radiasiya balansi kDj (sm2 yil)

Sovuq (qutb) iqlimi

-23 -15

6000 dan kam - -

21-42

Mótadil sovuq (boreal)

-4 +4

6000 – 20000 - - -

42-84

Mótadil iliq (subboreal)

+10

20000 – 3800 - - -

84-210

Iliq (subtropik)

+15

3800 – 80000 - - -

210-252

Issiq (tropik) iqlim

+32

80000 dan kóp

252-336

Iqlimning termik gruppalari yer sharida mintaqalar tarzida tarqalgani uchun, ularni bioiqlim yoki tuproq biotermik mintaqalari deb ataladi.
Iqlimning termik gruppalari bilan tuproqning issiqlik rejimi, kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar tezligi xamda namlikka kóra ósimliklarning biologik mahsuldorligining turlicha bólishiga bog’liq.
Yog’inlar bilan namlanish sharoitlariga kóra iqlimning quyidagi 6 asosiy gruppalari ajratiladi:
30 – jadval



Iqlim gruppalari

Órtacha yillik yog’in miqdori, mm

G.N.Visoskiy – N.I.Ivanov bóyicha namlik koeffisiyenti.

Juda nam (ekstragumid)

3000-5000

1,33 dan kóp

Nam (gumid)

1500-2000

1,33-1

Yarim nam (semigumid)

500-800

1-0,55

Yarim quruq (semiarid)

200-400

0,55-0,33

Quruq (arid)

50-150

0,33-0,12

Juda quruq (ekstraarid)

10-20

0,12 kam

Iliq mintaqalarda sovuq mintaqalarga nisbatan yog’inlar kóp bólib, ammo bu qonuniyat atmosfera sirkuliyasiyasi, quruqlik va okeanlarning tarqalish nisbati, joyning relyefi, dengiz sathiga nisbatan balandligi, dengiz oqimi singarilarga qarab ózgarishi mumkin.
Gidrotermik rejimga qarab iqlimning eng kóp ózgarish farqi ósimlik qoplamiga, biologik va tuproq jarayonlarining xususiyatlariga va nihoyat qishloq xójaligining geografik tiplariga bog’liq.
Tuproq iqlimining shakillanishida joyning relyef sharoitlari juda muhim rol óynaydi.

Download 51.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling