6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja


Tuproq unumdorligini limitlovchi omillar va ularni boshqarish


Download 51.28 Kb.
bet11/11
Sana17.10.2023
Hajmi51.28 Kb.
#1705529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-lektsiya

Tuproq unumdorligini limitlovchi omillar va ularni boshqarish. Yuqorida aytilgandek, tuproqning barcha fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari uning unumdorligining omillari hisoblanadi. Shuni e’tiborga olish muhimki, tuproqning u yoki bu xossalari, ularning sifat va miqdor jihatdan namoyon bólishiga kóra tuproqning potensial yoki effektiv (samarali) unumdorligi darajasiga ham ijobiy, va ham salbiy (limitlovchi) ta’sir etishi mumkin.
Agronomiya va agrokimyoda "Minimum qonuni" azaldan ma’lum, ushbu qonunga asosan ósimliklarning hosildorligi ayni paytda qaysi omil minimumda turgan bólsa, ana shu omil bilan belgilanadi: azot va fosforning miqdori yetarli bólgan sharoitda, masalan tuproqda, kaliy yoki aytaylik, kalsiy yoki temir yetishmaydi, barcha oziqa elementlari bilan tóliq ta’minlangan sharoitda suv yetishmasligi mumkin, yoki oziqa va suv optimal (maqbul) darajada bólganda issiqlik yetishmasligi mumkin va h.k.
Tuproqshunoslikda boshqacha yondoshuv qabul qilingan. Ósimliklar hayotidagi tuproq faktorlari optimal holatni yoki tuproq unumdorligining elementlari bilan ta’minlash vazifasi qatorida tuproqni tubdan meliorasiyalash va agrotexnik tadbirlar yordamida tuproq unumdorligini limitlovchi faktorlarni bartaraf etish yoki minimallashtirish vazifalari qóyilmokda hamda amalda yechilmoqda. 31-jadvalda tuproqning asosiy limitlovchi faktorlari va ularni maxsus meliorasiyalash usullari keltirilgan.
Download 51.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling