6-mavzu. Valikli va zarbli harakatlanuvchi maydalagichlar
Download 1.27 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3–rasm. SM-170V modelli 1300×1600 mm o‘lchamli bir rotorli bolg‘ali maydalagich chizmasi.
- Bolg‘ali maydalagich konstruksiyasi
Zamonaviy SM-170V modelli 1300×1600 mm o‘lchamli bir rotorli bolg‘ali maydalagich
SM-170V modelli 1300×1600 mm o‘lchamli bir rotorli bolg‘ali maydalagich mustahkamligi 120 MPa dan oshmaydigan sinuvchan, mo‘rt materiallarni maydalash uchun mo‘ljallangan (3–rasm). Kolosnikli panjarada yopishmaydigan nam tog‘ jinslari (mayda donador qattiq materiallar)ni maydalashi mumkin. Kolosnikli panjarasini va sindiruvchi plitalar holatini boshqarish mumkin. Ushbu maydalagichga uncha ko‘p bo‘lmagan metall sarflangan. Ishlab chiqarish samaradorligi juda yuqoridir. Elektr energiyasi ko‘p sarflanmaydi. Bir rotorli maydalagich iqtisodiy tejamli va ishlatilishi oddiy hisoblanadi. Yuqori ishonchli va mustahkamligi zamonaviy talablarga javob beradi. 3–rasm. SM-170V modelli 1300×1600 mm o‘lchamli bir rotorli bolg‘ali maydalagich chizmasi. SM-170V modelli 1300×1600 mm o‘lchamli bir rotorli bolg‘ali maydalagichning texnik tavsifi Bir rotorli maydalagichning ko‘mir ishlab chiqarish samaradorligi, m3/s 200 Yuklanadigan materialning mumkin bo‘lgan chegaraviy o‘lchami, sm 40 Rotor o‘lchami, sm: diametri 130 uzunligi 160 Material kiradigan eni, sm 1 Olinadigan materialning o‘lchami, sm 1 Rotorning nominal (hisoblashda hisobga olinadigan) chastotasi, s-1 750 Elektrodvigatel quvvati, kvt 260 Maydalagich o‘lchamlari, m: uzunligi 2,40 eni 2,80 balandligi 1,90 Maydalagichning og‘irligi (elektr jihozlari og‘irligi hisobga olinmagan holda), t 11,0 Bolg‘ali maydalagich konstruksiyasi Konstruktiv jihatdan bir va ikki rotorli bolg‘ali maydalagichlar reversiv (harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga imkon beradigan) va noreversiv, kolosnik panjarali va panjarasiz bo‘ladi. Maydalagichda mavjud bo‘lgan panjara maksimal donalar bo‘yicha tayyor mahsulot yirikligini boshqarishga imkon beradi. Maydalagichda kolosnikli panjara mavjud bo‘lmaganda materialni juda yuqori namlikda maydalashi mumkin, shuningdek materialni qaytada maydalashi mumkin. Yuqori namlik bilan turli materiallarni maydalash uchun yoki maydalagichda qaytaradigan plita o‘rniga sezilarli miqdorda yopishqoq qo‘shilganda og‘ir tipdagi plastinkasimon konveyrlar orasiga o‘rnatiladi. 1–rasmda noreversiv bir rotorli maydalagich ko‘rsatilgan bo‘lib, u rotor (1), korpus (2), sindiruvchi plitalar (6), sindiruvchi to‘sin (7), osmali (8) va suriladigan (9) ikki kolosnikli panjaradan tashkil topgan. Rolikli podshipniklarda (5) o‘rnatilgan rotor aylanishi elastikli mufta (3) orqali elektrodvigateldan (4) amalga oshiriladi. Payvandli korpus (2) gorizontal tekislikda rotor o‘qi bo‘yicha ajratgichga ega. Ajratgich qismlari – stanina va yuqori qismi – o‘zaro boltlar bilan qotiriladi. Korpusning ichki devorlari yeyilmaydigan chidamli materialdan almashadigan plitalari futerlangan. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling