- Yer sharining harakati
- Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi. Yer shari o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa tomon aylanadi. U o‘z o‘qi atrofini 23 soat 56 daqiqa 4 sekundda bir marta to‘la aylanib chiqadi. Yeming yana shu o‘z o‘qi tevaragida aylanib chiqish vaqti sutka deb aytiladi. Sutka yaxlit qilib 24 soat deb olingan.Yer aylanishining burchak hisobidagi tezligi uning hamma qismida teng, u bir soat vaqt ichida 15° siljiydi (360°:24°=150). Lekin yer aylanishining masofa hisobidagi tezligi bir yil emas, turli parallellar uchun turlichadir. Agar ekvator atrofida u sekundiga 464 m tezlikda aylanib katta doira hosil qilsa, undan har ikkala qutbga borgan sari aylanish tezligi sustlashadi va kichik aylana yasaydi. Yer o‘qining uchida joylashgan ikki nuqta (shimoliy qutb va janubiy qutb) Yeming sutkalik harakati jarayonida bir joyda harakatsiz turadi, ya’ni Yeming boshqa nuqtalari singari aylana yasamaydi.Kishilar yer harida yashasalar ham uning aylanishini sezmaydilar. Buning sababi shundaki, Yerdagi hamma arsa - havo ham, kishi ham, yer bilan birga bir xil tezlikda aylanadi. Lekin bizga go‘yoki osmon ismlari aylanayotgandek tuyuladi. Aslida esa osmon jismlari emas, balki Yer harakat qiladi. Natijada kecha va kunduz almashinib turadi, ya’ni Yeming quyoshga qaragan tomonida kunduzi, teskari qismida esa kechasi bo‘ladi.Yer sharining o‘z o‘qi atrofida aylanishining quyidagi isbotlari va undan kelib chiqadigan geografik oqibatlari mavjud.1) Fuko tajribasi. Fransuz fizigi Fuko 1851-yili Yer sharining sutkalik harakatini birinchi bo‘lib tajribada isbotlagan. U Parijdagi eng baland bino - Panteonda quyidagicha tajriba o‘tkazgan: binoning gumbaziga uzun, ingichka sim osib, simning uchiga og‘ir mis shar bog‘lagan va bu mayatnikning tagiga doira yasab qum sepib qo‘ygan. So‘ngra mayatnik uchini qumga tegizib, harakatga keltirgan. Biroz vaqt o‘tgach, mayatnikning qumga tekkan uchi bir necha iz (chiziq) qoldirgan. Bunday bir-biridan burchak bilan farq qiluvchi chiziqlar (yo‘llar) hosil bo‘lishiga sabab mexanikadan ma’lumki, erkin harakat qilayotgan jism (mayatnik)ga tashqaridan tazyiq bo'lmasa o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi. Demak, mayatnik yo‘nalishini o‘zgartirgan emas, balki uning tagidagi tekislik g‘arbdan sharqqa tomon aylanmoqda: natijada mayatnikning dastlabki izi bilan keyingi izlari orasida farq (burchak) hosil bo‘lgan. Mayatnik bir soatda 15°, 24 soatda esa 360° hosil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |