muvaffaqiyatsizlik, uzilish va xatoning hech bir holini sinchiqlab tahlil qilmasdan qoldirmaslik; - muvaffaqiyatsizlik, uzilish va xatoning hech bir holini sinchiqlab tahlil qilmasdan qoldirmaslik;
- ishda uchta “maslik”: jaxl chiqmaslik, sabr-toqatni yo’qotmaslik, sho’’baishib ketmaslikka amal qilish;
- o’zini kechikishi yoki tadbirni tayyorlanmaganligi uchun ishni boshlanishini kechiktirish sheriklar, qo’l ostidagilarga nisbatan hurmat- sizlikning yuqori darajasidir;
- odamlarning kamchiliklariga, agar bu kamchiliklar biznesga halaqit bermasalar, chidamli bo’lish;
- shuni esdan chiqarmaslik kerakki, odamni nafaqat so’z bilan haqoratlash mumkin, imo-ishoralar, mimika, gavdaning turishi ham ifodaliroq bo’ladi;
- odamning ishga doir sifatlariga, ayniksa sizning u bilan muno- sabatingiz yomon bo’lsa, adolatli bo’lish;
- iqtidorli xodimlardan qo’rqmaslik;
- xodimlarga tashkilotning maqsadlariga erishish uchun ko’proq erkinlik berish;
- odamlar oldida maqtash, yakkama yakka qolganda qoyimoq;
4. Ishbilarmonlik etikasi Ishbilarmonlig etikasi- bu yaxshilik va yomonlik, ma’naviylik va ahloqiylik, insonni jamiyatdagi ma’lum o’rni va hayoti va faoliyatining ma’nosi haqidagi tushunchalarga mos keluvchi inson hulqining ta’limi va amaliyotidir. Ishbilarmonlik etikasi o’z ichiga menejer, har qanday ishbilarmon kishi qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun suyanadigan ideallarni oladi. Ishbilarmonlik etikasi faoliyatining u yoki bu sohasida tavakkalli, novatorli, halol, omilkor va qonuniy biznesni olib borishga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyatining xili va uning alohida turlaridan qat’iy nazar, ishbilarmonlik etikasi, ya’ni milliy etnik an’analarini va undan kelib chiquvchi qoidalarni hisobga olishi kerak. Ishbilarmonlik etikasi menejerning xarakteri, uning qalbi, aqlining xususiyatlari, motivatsiya, ma’lumoti va bilimlarining darajasi, uning jamoada, jamiyatdagi insonlarga nisbatan hulqi bilan chambarchars bog’langandir. Obru, faxr, halollik, izzattalablik, oliyjanoblik, muloyimlik menejer ishbilarmonlik etikasining “arsenaliga” kiradi, uni ijobiy ta’riflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |