6-modul: fandagi yangiliklar, fanni o'qitishning dolzarb masalalari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1029456
  1   2   3   4   5
Bog'liq
t4wnZSSeJKsJnrXbsuPeov7pqUq0Fi6v8eYpWjbm




6-MODUL: FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O'QITISHNING 
DOLZARB MASALALARI 
6.2-Mavzu: Kimyo fanini o’qitishdagi ilg’or xorijiy tajribalar. 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu ma’ruzada O’zbekistonda maktab ta’limini rivojlantirish. 
Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar 
dasturi. Xalqaro baholash dasturlari va ularda O’zbekiston Raspublikasining 
xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishi. Rivojlangan Germaniya, Yaponiya
Xitoy va Finlandiya davlatlarda kimyo fanini o’qitilishi haqida ma’lumotlar 
keltirilgan.
 
REJA: 
1.  O’zbekistonda maktab ta’limini rivojlantirish. 
2.  O’zbekistonning xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtiroki. 
3.  Rivojlangan Germaniya, YaponiyaXitoy va Finlandiya davlatlarda kimyo 
fanini o’qitilishi 
 
1. 
O’ZBEKISTON 
RESPUBLIKASIDA 
MAKTAB 
TA’LIMINI 
RIVOJLANTIRISH. 
Maktab ta’limi – jahon tajribasiga tayanib 2018–2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar 
dasturi (5.09.2018 yildagi PQ-3931-son qaror) tasdiqlandi.
HUJJAT BESHTA BO’LIMDAN IBORAT. 
I. Qonun hujjatlarini takomillashtirish. 
II. Ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish. 
III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jorish etish 
IV. Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish 
V. Moddiy-texnik ta’minotni yaxshilash



 
II Ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish
bo`limida yangi davlat ta’lim standartlari va umumiy o’rta ta’lim o’quv 
dasturlarini, shu jumladan STEAM usulini bosqichma-bosqich joriy etish va 
takomillashtirish ko’zlangan. 
Xalq ta’limi muassasalari ilg’or jahon tajribasiga tayanib, ta’lim sifatini 
takomillashtiradilar. Respublikaning quyidagi xalqaro baholash dasturlarda ishtirok 
etishi bunda yordam beradi:
PISA – 15 yoshli o’quvchilarning ta’limiy yutuqlrini baholash xalqaro 
dasturi 
PIRLS – Boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish 
darajasini baholash 
TIMSS – 4 ва 8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi 
fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash 
TALIS – Rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim 
muassasalarida o’qitish va ta’lim olish muhitini hamda o’qituvchilarning ish 
sharoitlarini o’rganish uchun 




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling