6-modul: fandagi yangiliklar, fanni o'qitishning dolzarb masalalari


Oʻrta maktab kimyo taʻlimining asosiy yoʻnalishlari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1029456
1   2   3   4   5
Bog'liq
t4wnZSSeJKsJnrXbsuPeov7pqUq0Fi6v8eYpWjbm

Oʻrta maktab kimyo taʻlimining asosiy yoʻnalishlari:  
1. Kimyoviy bilim, koʻnikma, qobiliyatni rivojlantirish
2. Mafkuraviy vaziyatlarni shakllantirish
3. Ilmiylikka yoʻnaltirish
4. Ilmiy metodlardan foydalanish
Xitoyda kimyo fani «ikkinchi ingliz tili» sifatida ulugʻlanadi. 
Kimyo materiya tarkibi, tuzilishi, tabiatdagi oʻzgarishlarni oʻrganuvchi fan deb 
qaraladi.
Oʻzbekiston kimyo taʻlimi kabi havo, suv, metallar, metallmaslar, oksid, 
asos, kislota, tuzlar, organik moddalar, uglevodorodlarning tabiiy manbalari haqida 
bilimlar beriladi.



Tabiiy moddalar va sanoatda olinadigan sintetik moddalar: gʻisht, tsement, 
shisha, keramika, plastmassa, sintetik kauchuk, mineral oʻgʻitlar, boʻyoqlar, 
dezinfektsiyalovchi vositalar haqida BKM shakllantiriladi.
Kimyoning inson hayotini moddiy boyitish bilan bir qatorda uning sogʻligʻi, 
tabiatga zarariga alohida toʻxtalib oʻtiladi.
FINLANDIYA TA‘LIM TIZIMI 
Finlandiyada ta’lim ko’rsatkichi dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan 
biri hisoblanadi. Ular sayyoradagi eng ko’p o’qiydigan bolalar, deb tan olingan. 
Finlandiya bolalar uchun har qanday boshqa mamlakatga nisbatan ko’proq kitob 
nashr etadi. Fin davlati o’rtacha mablag’ sarflab bunchalik yuqori natijalarga 
erishgani barchani qoyil qoldirmoqda. 
Uni turli davlatlarning pedagoglari topishga harakat qilmoqda. Finlar hech narsani 
yashirmaydilar, o’z davlatida ham butun dunyo bo’yicha ham seminarlar 
uyushtirib, bajonidil tajriba almashadilar. 
Fin ta’lim tizimining o’ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 
ta’limning individuallashuvi, insoniylik (o’quvchilarga izzat-hurmat bilan 
muomala qilish), 
 
FINLYANDIYA TA’LIM TIZIMINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI. 
1. Ta’limning individuallashuvi, insoniylik (o’quvchilarga izzat-hurmat bilan 
muomala qilish), 
2. Qattiy yosh.Maktabga borish uchun bola to’liq 7 yoshga to’lishi va maktabga 
piyoda borishi
3. Bola qiziqishiga qarab fanni o’zi tanlash huquqiga ega.O’quvchilar daftarga 
qalamda yozadilar.
4. Bola 6 yil bahosiz o’qiydi.
5. O’qituvchilarning kunlik dars o’tish soati 4 soat. Har bir o’qituvchi haftada 2 
soat malaka kursida o’qiydi. 



6. Barcha o’qituvchilar magistr darajasida bo’lishi shart. O’qituvchilarni 
tabaqalanmaydi.
7. O’quvchilarga uyga vazifa berilmaydi.O’zlashtiraolmagan bolaga nisabatan 
alohida ishchi dastur yaratiladi va ular bilan a’lohida shug’ullanadilar. 
8. Jamoaviy sport mumkin emas. 
9. Finlayndiyada hususiy maktablar yoq va barcha ta’lim xukumat tomonidan 
qo’llab quvvatlanadi. Pulli ta`lim qattiq taqiqlangan.Ta’lim bu- biznes emas deb 
qarashadi. 
10. Rivojlantirish printsipi, yuqori tayyorgarlik darajasi va pedagoglar mehnatiga 
munosib to’lov
Direktor oyligi qorovul oyligi bilan bir xil. Faqat katta o’qituvchi 15 yil ish staji 
bo’lsagina oyligi 2% yuqoriroq bo’ladi. 
11. Jismoniy tarbiya fani yigit-qizlari uchun a’lohida o’tiladi.
 
TAYANCH IBORALAR. 
PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, o’qish, mатematik, tаbiiy fanlar, kомpyuter 
mоliyaviy savodxonlig 
 
NAZORAT SAVOLLARI. 
1. 2018–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada 
takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi (5.09.2018 yildagi PQ-3931-son 
qaror) mazmun mohiyatini izohlang.
2. O’zbekiston qaysi xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etadi?
3. Germaniya, Yaponiya, Xitoy va Finlandiyada ta’lim tizimi qanday?

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling